Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Ilmga amal qilish bobi hadislari
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
Ilmga amal qilish bobi hadislari
678-hadis. Mavzu’. “Al-mavzu’ot”ga qarang. 679-hadis. Ibn Javziy bu hadisni ham “Al-mavzu’ot”ga kiritgan va uni “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so‘zi emas”, degan. 680-hadis. Zaif. 679-hadis. Hasan. Dorimiy rivoyat qilgan. 680-hadis. Zaif. Dorimiy rivoyat qilgan. 681-hadis. Hasan. Dorimiy rivoyat qilgan. ELLIK TO‘QQIZINCHI BOB ILM AHLI BILAN O‘TIRISHNING FAZILATI 682. Faqih Abu Lays Samarqandiy rivoyat qiladilar. Abu Voqid Laysiy aytadilarki: “Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) bir kuni sahobalari bilan o‘tirganlarida, uch kishi keldi. Ulardan biri davrada bo‘sh joyni ko‘rib, o‘sha yerga o‘tirdi. Ikkinchisi esa, odamlarning orqasida o‘tirdi. Uchinchisi (o‘tirmasdan) qaytib ketdi. Payg‘ambar (s.a.v.) so‘zlarini tugatganlaridan keyin aytdilar: “Sizlarga bu uch kishi haqida xabar beraymi? Birinchisi Allohdan boshpana so‘radi, Alloh unga boshpana berdi. Ikkinchisi odamlarga ziyon berishda Allohdan uyaldi, Alloh taolo ham undan uyaldi. Uchinchisi yuz o‘girdi, Alloh ham undan yuz o‘girdi”. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 271 Luqmoni Hakim o‘g‘liga shunday nasihat qilganlar: “Ey o‘g‘lim, agar Allohni zikr qilayotgan qavmni ko‘rsang, ular bilan birga o‘tir. Chunki olim bo‘lsang, ilmingga foyda beradi, ilmsiz bo‘lsang, senga ilm o‘rgatadilar. Shoyad, Alloh taolo ularga rahmatini in’om etganida, senga ham bu rahmatdan yetsa. Allohni zikr qilmaydigan qavmni ko‘rsang, ular bilan birga o‘tirma. Chunki olim bo‘lsang, ilmingni ko‘paytirmaydi, ilmsiz bo‘lsang yo‘l ko‘rsatmaydi. Tag‘in Alloh ularga g‘azab qilganida, senga ham g‘azabidan yetib qolmasin”. 683. Abu Said Xudriy (roziyallohu anhu) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) dedilar: “Alloh taoloning yer yuzini kezib yuradigan farishtalari bordir. Agar ular Allohni zikr qilayotgan qavmni ko‘rishsa: “Sizlar izlayotganlar bu yerda, bu yoqqa kelinglar”, deyishadi. Ular kelishadi va zikr ahlini o‘rab olishadi. Keyin osmonga ko‘tarilishganda, Alloh taolo ularga: “Bandalarimni qanday holatda tark qildinglar?” deydi. Holbuki, Uning o‘zi yaxshiroq biladi. Farishtalar: “Ularni Senga hamd aytayotgan, Seni nuqsonlardan poklayotgan, Seni zikr qilayotgan hollarida tark etdik”, deyishadi. Alloh aytadi: “Ular nimani istaydilar?” Maloikalar: “Jannatni”, deb javob berishadi. Alloh azza va jalla: “Ular jannatni ko‘rishganmi?” deb so‘raydi. “Yo‘q”, deyishadi. Alloh: “Agar ko‘rganlarida qanday talab qilishar edi?” deydi. Farishtalar: “Agar uni ko‘rgan bo‘lganlarida, yanada qattiqroq talab qilar edilar”, deb javob qilishadi. So‘ngra Alloh taolo: “Qaysi narsadan panoh istaydilar?” deb so‘raydi. Farishtalar: “Do‘zaxdan panoh so‘rashmoqda”, deb javob qilishadi. Alloh taolo: “Ular uni ko‘rishganmi?” deydi. Farishtalar: “Yo‘q”, deb aytishadi. Alloh: “Agar do‘zaxni ko‘rganlarida, qanday bo‘lardi?” deb so‘raydi. Farishtalar aytishadi: “Agar uni ko‘rganlarida, undan qochishlari va qo‘rqishlari qattiqroq bo‘lar edi”. So‘ngra Alloh taolo shunday deydi: “Ey farishtalarim, sizlarni guvoh qilib aytamanki, Men ularning gunohlarini kechdim”. Farishtalar aytishadi: “Ularning ichida bir xatokor kishi bor, u zikr qilish uchun kelmagan, balki ularga ishi tushib kelgan”. Alloh: “Bu qavm shunday qavmki, ular bilan birga o‘tirgan kishi baxtsiz bo‘lmaydi”, deydi”. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Solih kishi bilan o‘tirmoq mushkni ko‘tarib yuruvchi bilan o‘tirmoq kabidir. Senga mushkdan bermagan taqdirda ham, hidi kelib turadi. Yomon kishi bilan o‘tirmoq temirchi bilan o‘tirmoq kabi. Kiyimingga o‘t tushmaganda ham, tutuni dimog‘ingga urib turadi”. Ka’bul Ahbor (rahmatullohi alayh): “Alloh taolo butun mavjudodni yaratmasidan oldin ikki kalimani yozib, arshning tagiga yozib qo‘ygan. Ularda nima yozilganini maloikalar bilishmaydi, ammo men bilaman”, dedilar. U kishidan: “Ey Abu Ishoq, ularda nima yozilgan?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “Bittasida, bir kishi solihlarning amalini qilib, keyin fojirlar bilan suhbatda bo‘lsa, uning amallarini gunohga aylantiraman va qiyomat kuni fojirlar bilan birga tiriltiraman, deb yozilgan. Ikkinchisida, bir kishi barcha yomonlarning ishini qilib, keyin yaxshilar va solihlar bilan suhbatdosh bo‘lsa, ularni yaxshi ko‘rsa, uning gunohlarini yaxshilikka aylantiraman va qiyomat kuni yaxshilar qatorida tiriltiraman, deb bitilgan”. Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar: “Kim olimning oldiga kelib, u bilan birga o‘tirsa, uning ilmini egallashga qodir bo‘lmasa ham, unga yettita yaxshilik bordir: Birinchidan, ta’lim oluvchilarning fazilatiga erishadi. Ikkinchidan, olim bilan birga o‘tirishda davom etsa, gunoh va xatolardan xoli bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling