Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
“Bas (Ey Muhammad), siz osmon ochiq (ya’ni, barchaga ko‘rinadigan) kunga
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
“Bas (Ey Muhammad), siz osmon ochiq (ya’ni, barchaga ko‘rinadigan) kunga
ko‘z tuting. Uning (tutuni barcha) odamlarni o‘rab olur. Bu alamli azobdir” (Duxon, 10-oyat). _________________ Qiyomat alomatlari bobi hadislari 926-hadis. Zaif. Termiziy rivoyat qilgan. 927-hadis. O‘zidan avvalgi hadisga qarang. 928-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan. 929-hadis. Zaif. Ibn Hammod rivoyat qilgan. 930-hadis. Sahih. Ahmad rivoyat qilgan. 931-hadis. Muttafaqun alayh. 932-hadis. Zaif. 933-hadis. Muttafaqun alayh. 934-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan. 935-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan. 936-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan. 937-hadis. Sahih. Tabaroniy rivoyat qilgan. 938-hadis. Ibn Kasir tafsirida keltirgan. 939-hadis. Muttafaqun alayh. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 357 SAKSON YETTINCHI BOB ABU ZARR G‘IFORIY (R.A.) HADISLARI 940. Abu Zarr (r.a.) rivoyat qiladilar: “Masjidga kirganimda Payg‘ambar (s.a.v.) yolg‘iz o‘tirgan edilar. Payg‘ambar (s.a.v.) faqat vahiy tushayotganida yoki biror ish uchun shunday yakka o‘tiradilar, deb o‘yladim. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Menga yaqinroq o‘tir, ey Jondab”. U kishi bilan yolg‘iz qolganimni g‘animat bilib, yaqinroq o‘tirdim. So‘ngra aytdimki: “Ey Rasululloh, bizga tahoratni buyurdingiz. Tahorat nima o‘zi?” “Ey Abu Zarr, – dedilar, – namoz tahoratsiz durust emas. Tahorat oldingi gunohlarga kafforat bo‘ladi”. Aytdim: “Ey Allohning elchisi, bizlarni namozga buyurdingiz. Namoz nima?” “Namoz buyurilgan ishlarning yaxshisidir. Banda xohlasa kamaytirsin, hohlasa, ko‘paytirsin”, dedilar Nabiy. So‘ng aytdim: “Ey Allohning elchisi, bizga zakotni buyurdingiz, zakot nima?” “Ey Abu Zarr, – dedilar, – omonatdor bo‘lmaganning iymoni yo‘q. Zakotni ado qilmaganning namozi yo‘q. Alloh taolo boylarga mollaridan kambag‘allarning hojatlariga yarashasini zakot qilib chiqarishni farz etdi. Alloh taolo boylardan zakot haqida so‘raydi va ado qilmaganlari uchun ularni azoblaydi. Ey Abu Zarr, zakot berish bilan mol kamaymaydi. Mol qurg‘oqchilik yoki sel sababidan emas, faqat zakotni man’ qilish sababidan zoe’ bo‘ladi. Ey Abu Zarr, faqat mo‘mingina molining zakotini chin ko‘ngildan ado etadi va mushrikkina zakotni man’ qiladi”. Keyin: “Ey Allohning rasuli, bizlarni ro‘zaga buyurdingiz, ro‘za nima?” deb so‘radim. Aytdilar: “Ro‘za qalqon, Allohning huzurida mukofotdir. Ro‘zador uchun ikki xursandchilik bor: biri iftor qilganidagi xursandchiligi, yana biri Rabbiga yo‘liqqanidagi xursandchiligi. Ro‘zadorning og‘zidan keladigan hid Allohning nazdida mushkning hididan ham yaxshiroqdir. Qiyomat kunida insonlar uchun dastuxon yoziladi. Undan birinchi bo‘lib ro‘zadorlar yeydilar”. So‘ngra: “Ey Allohning rasuli, bizni sabrga buyurdingiz, u nima?” deb so‘radim. “Sabrning misoli xaltasida mushk solingan kishi kabidir. U odamlar ichida bo‘lgan paytida hamma uning hidi kelib turishini yoqtiradi”, dedilar Nabiy. “Ey Allohning rasuli, – dedim keyin, – bizlarni sadaqaga buyurdingiz, u nima?” Aytdilar: “Ofarin, ey Abu Zarr, maxfiy qilingan sadaqa Parvardigorning g‘azabini ketkazadi. Oshkor qilingan saqada sohibidan yetti yuzta yomonlikni o‘chiradi. Sadaqa xatolarni yuvadi. 941. Abu Zarr rivoyat qiladilar: “Masjidga kirsam, Payg‘ambarning (s.a.v.) o‘zlari o‘tirgan ekanlar. U kishi yolg‘iz paytlarida foydalanib qolay dedim. Ammo band qilib qo‘ymay, deb ham o‘yladim. Oxiri oldlariga kelishga qaror qildim. Kelib salom berdim. U zotning huzurlarida o‘tirdim. Menga gapirmadilar, o‘tirishim og‘ir botgan bo‘lsa kerak, deb o‘yladim. So‘ng: “Ey Abu Zarr, ikki rak’at namoz o‘qidingmi? dedilar. “Yo‘q, o‘qimadim”, dedim. Aytdilar: “Turib rak’at namoz o‘qi. Har narsaning salomi bo‘ladi. Masjidning salomi ikki rak’at namoz o‘qishdir”. Turib ikki rak’at namoz o‘qidim. So‘ng kelib, u kishining oldlarida uzoq o‘tirdim. So‘ng u zot: “Ey Abu Zarr, toshbo‘ron qilingan shaytondan Alloh taolodan panoh so‘ra, inson va jin shaytonlaridan ham (panoh so‘ra)”, dedilar. “Ey Rasululloh, insonlarning ham shaytonlari bo‘ladimi?” deb so‘radim. “Alloh taoloning: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling