www.ziyouz.com kutubxonasi
356
va ipakdan kiyim kiyish ko‘rinsa, o‘sha ishlar bo‘laveradi”, dedilar Nabiy (s.a.v.).
Ubay ibn Ka’b (r.a.) Alloh taoloning:
“Ayting (ey Muhammad), u sizlarga ustingizdan yo oyoqlaringiz ostidan azob
yuborishga yoki sizlarni guruh-guruh qilib aralashtirib yuborib (jangu
jadallarda) ayrimlaringizga ba’zilaringizning zararini torttirib qo‘yishga qodir
bo‘lgan Zotdir” (An’om, 65-oyat), degan oyati haqda aytadilar: “Oyatda aytiladigan
to‘rtta sifatdir. Ularning bo‘lishi aniq. Ikkitasi Payg‘ambar (s.a.v.) vafotlaridan yigirma
besh yil o‘tib keldi: guruh-guruh bo‘lib ketishdi va ayrimlari ba’zilariga zarar yetkazishdi.
Ikkitasining bo‘lishi ham shubhasizdir. Ular oyning tutilishi va zilzilalar”.
938. Rivoyat qilinishicha, yuqoridagi oyat tushganida Payg‘ambar (s.a.v.) duo qilib,
ikkitasidan – oy tutilishi va keyingi o‘zgarishlardan salomat bo‘lgan ekanlar.
Masruq aytadilar: “Bir kishi masjidda gapirib turgan edi. U: “Qiyomat kuni bo‘lsa,
osmondan tutun tushadi. U munofiqlarning quloq va ko‘zlarini oladi. Mo‘minlarni esa
tumov ko‘rinishida ushlaydi”, dedilar.
Masruq keyin Abdulloh ibn Mas’udning (r.a.) oldlariga kirib, boyagi gapni aytdilar.
Abdulloh ibn Mas’ud suyanib turgan edilar, o‘tirib oldilar va: “Ey odamlar, sizlarning
birontangizdan bilgan narsasi haqida so‘ralsa, uni aytsin. Kimda ilm bo‘lmasa, “Alloh
biluvchiroq”, deb aytsin. Alloh taolo payg‘ambariga dedi:
“(Ey Muhammad, ularga) ayting: Men (Qur’onni sizlarga yetkazganim uchun)
sizlardan biron ajr-haq so‘ramayman va men soxtakorlardan (ya’ni, yolg‘ondan
payg‘ambarlikni da’vo qilguvchi kimsalardan) ham emasman” (Sod, 86-oyat).
939. Quraysh Payg‘ambarni (s.a.v.) yolg‘onchiga chiqarganida, u zot aytdilar: “Ey
Parvardigoro, zolimlarga bosimingni qattiq qil. Ey Parvardigoro, ularga Yusuf
zamonlarida bo‘lib o‘tgan qahatchilikni yubor”. So‘ng ularga ochlik keldi. Ular
qiynalganlaridan suyak, o‘laksalarni yedilar. Hattoki ochlikdan ularga osmondagi narsa
tutundek ko‘rina boshladi. Alloh taolo aytdi:
Do'stlaringiz bilan baham: |