“Albatta: “Parvardigorimiz Allohdir”, deb, so‘ngra (yolg‘iz Alloh taologa toat-
ibodat qilishda) to‘g‘ri – ustivor bo‘lgan zotlar” (Fussilat, 31-oyat), degan oyatini
eshitmaganmisan?”
Hakimlar aytishadi: “Mustaqim (to‘g‘ri yo‘lda yurgan) kishi toqqa o‘xshaydi. Tog‘da to‘rt
alomat bor: u issiqda erimaydi; sovuqda muzlamaydi; shamolda qimirlamaydi; sel
oqizib ketolmaydi.
Shuningdek, mustaqim kishida ham to‘rtta alomat bordir: unga bir inson yaxshilik qilsa,
shu yaxshilik sababidan u insonga nohaq narsada moyil bo‘lmaydi; unga bir inson
yomonlik qilsa, shu yomonlik uni nohaq narsani aytishga olib bormaydi; havoyi nafsi uni
Alloh taoloning buyrug‘idan chekkaga chiqara olmaydi; dunyo matolari uni Alloh taolo
toatidan to‘xtatolmaydi”.
Aytishlaricha, yetti narsa yaxshilik xazinasidan. Ularning har biri Alloh kitobi ila vojib
bo‘lgandir:
1. Ibodatda ixlosli bo‘lish. Alloh taolo aytadi:
“Holbuki, ular faqat yagona Allohga, u Zot uchun dinni xolis qilgan, to‘g‘ri
yo‘ldan og‘magan hollarida ibodat qilishga buyurilgandirlar” (Bayyina, 5-oyat).
2. Ota-onaga yaxshilik qilish. Alloh taolo aytadi:
“Sen menga va ota-onangga shukr qil! Yolg‘iz O‘zimizga qaytajaksan!”
(Luqmon, 14-oyat).
3. Qarindoshchilikni bog‘lash. Alloh taolo bu haqda aytadi:
“Oralaringizdagi savol-javoblarda o‘rtaga nomi olinadigan Allohdan qo‘rqingiz
va qarindosh-urug‘laringiz bilan ajralib ketishdan saqlaningiz” (Niso, 1-oyat).
4. Omonatni ado qilish. Alloh taolo aytadi:
“Albatta, Alloh taolo sizlarni omonatlarni egalariga topshirishga buyuradi”
(Niso, 58-oyat).
5. Gunoh ishlarda hech kimga itoat qilmaslik. Alloh taolo aytadi:
“Bir-birovlarimizni Allohdan o‘zga xudo qilib olmaylik” (Oli Imron, 64-oyat).
6. Havoyi nafsi bilan amal qilmaslik. Alloh taolo aytadi:
“Endi kim (hayoti-dunyodalik paytida qiyomat kuni mahshargohda)
Do'stlaringiz bilan baham: |