Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Abu Zarr G‘ifforiy (r.a.) hadislari
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
Abu Zarr G‘ifforiy (r.a.) hadislari
940-hadis. Zaif. Ibn Hibbon, Abu Na’im rivoyat qilgan. 941-hadis. Isnodi noma’lum. 942-hadis. Isnodi zaif. 943-hadis. Zaif. 944-hadis. Abu Na’im rivoyat qilgan. 945-hadis. Ahmad, Ibn Hibbon rivoyat qilgan. SAKSON SAKKIZINCHI BOB TOATDA JIDDU JAHD QILISH 946. Faqih aytadilar. Maoz ibn Jabal (r.a.) Payg‘ambarimizning (s.a.v.) bunday deganlarini rivoyat qilganlar: “Sizlarga yaxshilik eshiklarini ko‘rsatib qo‘yaymi?” “Ha”, dedim. Aytdilar: “Ro‘za qalqondir, sadaqa xujjatdir, bandaning yarim kechada qoim bo‘lishi hamma xatolarini o‘chiradi”. 947. Faqih (r.a.) Abu Ubaydadan (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.): “Ro‘za, agar uni buzmasalar, qalqondir”, dedilar. Uni buzish g‘iybat bilan bo‘ladi”. Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: “To‘rt narsa oxirat zahiralaridan: nafsning sihhati bo‘lgan ro‘za, egasi va do‘zax orasini to‘suvchi sadaqa, bandani Rabbiga yaqinlashtiruvchi namoz, xatolarni o‘chiruvchi ko‘z yoshi”. Faqih (r.a.) aytadilar, “Toatning asli uch narsa- dir: qo‘rqinch, umid va yaxshi ko‘rish. Qo‘rqinchning alomati harom qilingan narsalarni tark qilish. Umidning alomati taotga rag‘bat qilish, yaxshi ko‘rishning alomati shavq va tazarru’dir. Gunohning asli uchta narsadir: kibr, hirs va hasad. Kibr shayton sajda qilishga buyurilganida, bosh tortganida ko‘rindi. Keyin u mal’unga aylandi. Hirs Odamning (alayhissalom) ishlarida namoyon bo‘ldi. Ya’ni, u kishi jannatda abadiy qolish uchun mevani tanavvul qildilar va jannatdan chiqarildilar. Hasad esa, Odamning (alayhissalom) o‘g‘li Qobilning ishida zohir bo‘ldi. Ya’ni, u o‘z inisini o‘ldirdi va do‘zaxga kiritildi. Har bir kishi mana shu gunohlardan tiyilmog‘i, toatga ko‘p harakat qilmog‘i va toatni Alloh taoloning roziligi uchun xolis bajarmog‘i vojibdir”. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 361 948. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilinadi: “Kim Alloh uchun ibodatni xolis qilsa, qalbidan tiliga hikmatlar oqadi”. Aytishlaricha, uch nafar kishi o‘zlariga nisbatan odamlarda nafrat uyg‘otadi, g‘azabni vojib qiladi va qurgan narsalarini buzadi. Ular: odamlarning ayblari bilan shug‘ullanuvchi; o‘z nafsiga mag‘rurlanuvchi; amali bilan riyo qiluvchi. Uch nafar kishi qalblarda muhabbat ekib, salomatlik va osmon ahlidan darajalarni meros qilib oladilar. Ular: yaxshi xulq egasi; amalida ixlos qiluvchi; mutavoze’. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: “Hisob-kitob qilinmasingizdan oldin o‘zlaringizni sarhisob qilinglar. Zero, shu ish (qiyomatda) hisob berishingizni oson va yengil qiladi. Amallaringizni o‘lchab ko‘ringlar. Katta namoyish uchun tayyorlaninglar. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling