Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
“O‘sha kunda sizlar (hisob-kitob uchun Allohga) ro‘para qilinursizlar
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
“O‘sha kunda sizlar (hisob-kitob uchun Allohga) ro‘para qilinursizlar.
Sizlarning biron siringiz maxfiy qolmas” (Al-haqqa, 18-oyat)”. Yahyo ibn Maozdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: “Odamlar uch sinfdir. Bir kishini oxirati dunyosidan mashg‘ul qilib qo‘yadi. Bir kishini dunyosi oxiratidan mashg‘ul qilib qo‘yadi. Va bir kishi ikkalasi bilan ham shug‘ullanadi. Birinchisi ajr-mukofot oluvchilar darajasi. Ikkinchisi halok bo‘luvchilar darajasi. Uchinchisi xatardagilar darajasi”. Hotam Zohid aytadilar: “To‘rt narsaning qadrini to‘rt kishi biladi. Yigitlikning qadrini qarilar biladi, ofiyatning qadrini balolanganlar biladi, salomatlik qadrini kasallar biladi, hayotning qadrini o‘liklar biladi”. 949. Faqih aytadilar: “Hotamning gapi Payg‘ambar (s.a.v.) aytgan hadisdan olingan. U zot: “Besh narsani beshta narsadan oldin g‘animat bil”, deb aytganlar. Inson hayotning qadriga yetishi, uning har soatini g‘animat bilishi lozim. “Bir soatdan so‘ng holim qanday bo‘ladi?” deb o‘ylashi, o‘tganlarning nadomatlari haqida tafakkur qilishi kerak. Axir, ular emasmi ikki rak’at namoz o‘qish yoki “la-a ilaha illalloh” so‘zini aytish miqdoricha hayot berilishini orzu qiladiganlar?! Senda shu fursat bor, hasrat va nadomat vaqti kelmasidan oldin Allohning ibodatida jiddu jahd qil. Hotamdan: “Qaysi narsa ustiga amalingizni bino qildingiz?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “To‘rt narsa ustiga: - boshqalarning rizqi menga o‘tmaganidek, mening rizqim ham mendan boshqaga o‘tib ketmaydi, deb bildim va shunga ishondim; - bo‘ynimda farzlar bor va bu farzlarni o‘zimdan boshqa hech kim ado qilmaydi, deb bildim va ularning adosi bilan mashg‘ul bo‘ldim; - bildimki, Rabbim meni har vaqt ko‘rib turadi, men Undan uyalaman; - ajalim menga shoshib kelayotganini bildim va men ham unga shoshildim”. Faqih aytadilar: “Ajalga shoshilish – unga solih amallar bilan tayyorlanish, Alloh qaytargan ishlardan qaytish, Alloh taolodan shu holatda sobitqadam etishini va uning oqibatini yaxshi qilishini so‘rab tazarru’ etishdir”. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 362 Hakimlar aytishadi: “Kishi amalga niyat va shukr bilan kirishmagunicha, qo‘rqinch bilan amal qilib, ixlos bilan topshirmagunicha ibodat mazasini topmaydi. Chunki niyat bilan kirsa, albatta, Alloh taolo uni ushbu amalga muvaffaq qiladi. Allohga shukr bilan amalga kirishsa, Alloh unga yanada ziyoda etadi. Chunki Alloh taolo: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling