“Sizlar o‘zingiz uchun yaxshi bo‘lgan narsani yoqtirmasligingiz va siz uchun
yomon bo‘lgan narsani yaxshi ko‘rishingiz mumkin. Alloh bilur, sizlar
bilmassiz” (Baqara, 216-oyat), ya’ni, sizlarga taqdir qilingan narsaga rozi bo‘linglar,
zero, sizlar nafsingizni nima isloh qilishini bilmaysizlar.
Hakimlardan biri aytadi: “Manzil to‘rtta: dunyoda yashaymiz; qabrda yotamiz;
mahshargohda to‘planamiz; yaratilishimiz sababi bo‘lgan abadiyatga qaytamiz. Dunyoda
yashashimiz hojilarning ovqatlanishiga o‘xshaydi, ular xotirjam o‘tirmaydilar, ulovlaridan
yuklarini tushirmaydilar, chunki bu manzildan tezda o‘tib ketishlari kerak. Qabrda
yotishimiz karvonsaroyga tushishlariga o‘xshaydi. Hojilar u yerda yuklarini tushiradilar,
bir-ikki kun dam oladilar, so‘ng jo‘nab ketadilar. Mahsharga to‘planishimiz hojilarning
Makkada to‘planishiga o‘xshaydi. Ular haj ruknlarini bajaradilar, So‘ng o‘ng va chap
tomonlarga ajralib ketadilar. Shuningdek, qiyomat kuni ham hisob-kitobdan keyin bir
firqalari jannatga, bir firqalari do‘zaxga ajraladi”.
Shaqiq ibn Ibrohim (r.a.) aytadilar: “Yetti yuzta olimdan beshta narsa to‘g‘risida
so‘radim. Ularning javoblari bir xil bo‘ldi. “Oqil kim?” deb so‘radim. “Oqil dunyoni yaxshi
ko‘rmagan kishidir”, deyishdi. “Ziyrak kim?” deb so‘radim. “Dunyoga aldanib qolmagan
kishi”, deyishdi. “Boy kim?” deb so‘radim. “Allohning taqsimotiga rozi bo‘lgan kishi”,
deyishdi. “Kambag‘al kim?” deb so‘radim. “Qalbi to‘ymaydigan kishi”, deyishdi. “Baxil
kim?” deb so‘radim. “Molidan Allohning haqqini (ya’ni, zakotni) bermaydigan kishi”,
deyishdi”.
Aytdilarki, Alloh bandaga uch narsada g‘azab qiladi:
1. Alloh taolo buyurgan ishni nuqsonli qilsa.
2. Alloh taoloning taqsimotiga rozi bo‘lmasa.
3. Bir narsani so‘rab, so‘ng unga yetisholmay, Rabbiga g‘azab qilganida.
Ba’zi hakimlar aytadi: “Allohning:
“O‘g‘ri erkakning ham, o‘g‘ri ayolning ham qilmishlariga jazo bo‘lsin uchun,
Do'stlaringiz bilan baham: |