Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


“Bas, Allohning “makridan” faqat ziyon ko‘rguvchi qavmgina xotirjam bo‘lur”


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet409/423
Sana25.08.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1670329
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   423
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

“Bas, Allohning “makridan” faqat ziyon ko‘rguvchi qavmgina xotirjam bo‘lur” 
(A’rof, 99-oyat). 
9. Allohning rahmatidan umid uzmaslik. Alloh aytadiki: 
“Allohning rahmat-marhamatidan noumid bo‘lmangiz! Albatta, Alloh (o‘zi 
xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag‘firat qilur. Albatta, Uning 
o‘zigina mag‘firatli, mehribondir” (Zumar, 53-oyat). 
10. Alloh bergan dunyoviy narsalarga xursand bo‘lmaslik va qo‘lidan ketgan narsaga 
xafa bo‘lmaslik. Alloh taolo bu haqda deydi: 
“Toki sizlar qo‘llaringizdan ketgan narsaga qayg‘urmagaysizlar va (Alloh) ato 
qilgan narsa bilan shodlanib (havolanib) ketmagaysizlar” (Hadid, 23-oyat). 
Chunki banda yaxshilik yo‘qotilgan narsadami yoki topilganda, bilmaydi. Shuning uchun 
ikki holatga ham birdek bo‘lish lozim. Mo‘minning misoli doim bir xil turadigan o‘simlikka 
o‘xshaydi. U issiqda ham, sovuqda ham bahordagidek yashnab turadi. Munofiq esa, sal 
sovuq tushsa, qovjirab qoladigan gulga o‘xshaydi, unga kichkinagina ofat kelsa ham, 
ahvoli o‘zgaradi. Mo‘minning holati yengillik va qiyinchilik paytlarida bir xil bo‘ladi. U 
hamisha Allohning taqsimotiga rozi bo‘ladi. Ammo munofiq Alloh o‘lchab bergan narsaga 
rozi bo‘lmaydi. Ne’mat bor paytida haddidan oshadi, qiyinchilik vaqtida betoqatlik qiladi. 
Mo‘min odam payg‘ambarlar va zohidlarning fe’llariga ergashmog‘i, kofir va munofiq 
kimsalar ishiga ergashmasligi lozim. 
Tavfiq Allohdandir. 
 
TO‘QSON BIRINCHI BOB 
MAV’IZA 
956. Faqih rivoyat qiladilar. Abu Said Xudriy (r.a.) aytdilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) 
bizlarga asrdan keyin, quyosh botmasidan oldin xutba qildilar. Bu xutbani yodlaganlar 
yodladi, unutganlar unutdi. Aytdilarki: “Ogoh bo‘linglar, dunyo yaxshi, shirin, Alloh 
sizlarni bunda xalifa qilib qo‘ydi va U zot nima qilishlaringizni kuzatuvchidir. Ogoh 
bo‘linglar, dunyodan taqvo qilinglar, xotinlaringdan ham taqvo qilinglar. Odam bolalari 
turli tabaqalarda yaratildi. Ulardan qaysi birlari mo‘min bo‘lib tug‘iladi, mo‘min bo‘lib 
yashaydi va mo‘min bo‘lib o‘ladi. Ulardan yana biri mo‘min bo‘lib tug‘iladi, mo‘min bo‘lib 
yashaydi, kofir bo‘lib o‘ladi. Yana ulardan biri kofir bo‘lib tug‘iladi, kofir bo‘lib yashaydi 
va kofir bo‘lib o‘ladi. Yana bir toifasi kofir bo‘lib tug‘iladi, kofir bo‘lib yashaydi, mo‘min 
bo‘lib o‘ladi. Ogoh bo‘linglar, g‘azab cho‘g‘dir. U odam bolasi qalbini yondiradi. G‘azab 
kelganida, ikSSki ko‘zning qizarganini, yuzlarning shishib ketganini ko‘rmaysizlarmi? 
Kimning g‘azabi kelsa, o‘tirib olsin. Ogoh bo‘linglar, albatta, kishilarning yaxshisi g‘azabi 
sekin kelib, tez ketadigan kishidir. Agar g‘azabi tez kelib, tez ketsa ikkovi tengdir. Ogoh 
bo‘linglar, kishilarning yomoni g‘azabi tez kelib, sekin ketadigan kishidir. Agar g‘azab 
sekin kelib, sekin ketsa, ikkalasi barobardir. Ogoh bo‘linglar, savdogarlarning yaxshisi 
olishi ham, sotishi ham chiroyli bo‘lganidir. Agar olishi chiroyli, sotishi yomon bo‘lsa, 
unisi bunisini yopibdi. Ogoh bo‘linglarki, savdogarlarning yomoni olishi ham, sotishi ham 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   405   406   407   408   409   410   411   412   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling