Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
“(Jannat) soyalari ular yaqin va mevalari ham (uzib tanovul qilish oson bo‘lishi
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
“(Jannat) soyalari ular yaqin va mevalari ham (uzib tanovul qilish oson bo‘lishi
uchun) egib qo‘yilgan bo‘lur” (Inson, 14). Ya’ni, uning mevalari yaqin qilinib, uni yotib ham, turib ham, o‘tirib ham yeyilaveradi. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Qur’onni Muhammad sallallohu alayhi vasallamga tushirgan Zotga qasamki, jannat ahllarining chiroylari va husnlari ziyodalashib boraveradi, mana bu dunyoda qarilik ziyodalashganidek”. 63. Faqih aytadi: Suhaybdan rivoyat qilinadiki, Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Jannat egalari jannatga, do‘zax egalari do‘zaxga kirgach, chaqirguvchi nido qiladi: “Ey jannat egalari! Alloh taolo sizlarga va’da qilgan narsalarni bermoqni xohlaydi. Aytdilar: “U nimadir? Axir, tarozularimizni og‘ir qilmadimi, ko‘zimizni oq (yorug‘) qilmadimi? Do‘zaxdan chiqarib, jannatga kirgizmadimi? Yana nima beradi?” So‘ngra aytdi: “Hijobni ochadi, unga qaraydilar, mening jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, ularga berilgan narsalarning eng yaxshirog‘i Allohning yuziin ko‘rmoqlikdir”. 64. Anas ibn Molik, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: “Jabroil Payg‘ambarning (s.a.v.) oldilariga oq oyna olib keldi. Unda bitta qora nuqta bor edi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Yo Jabroil, bu qanday oq oyna?” dedilar. Aytdi: “Bu jumadir, qora nuqta - jumada qoyim bo‘ladigan vaqt. Bu sizga va qavmingizga oldingi qavmlardan ortiq qilingan jumadir! U oldingilar nosaro va yahudlardir. Shu jumada bir soat bor. Shu soatda mo‘min banda Allohdan nimaiki so‘ralsa, Alloh istijob qiladi va har qanday yomonlikdan panoh tilasa, o‘shandan panoh beradi. Bu juma mening nazdimda ziyoda qilingan kundir!” Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ziyodalashgan kun nimadir?” Jabroil aytdi: “Albatta, Rabbingiz firdavsda bir vodiyni olgan. Unda mushkdan tepalik bor. Juma kuni bo‘lsa, payg‘ambar nuridan bo‘lgan minbarlar bilan qoplanadi. Nur minbarlari tillo minbarlardir. Yoqut va zabarjadlar bilan o‘ralgan. Unda siddiqlar, shahidlar, solihlar turadilar. Qur’on ahli xonalaridan chiqadilar. O‘sha mushkli tepalikda sohiblaridan keyin kelib o‘tirishadi. Rabbilari oldiga to‘planishadi. Allohga hamd o‘qiydilar, sano aytadilar. Alloh taolo ularga: “Mendan so‘ranglar!” deydi. Aytishadiki: “Sendan roziligingni so‘raymiz!” Alloh: “Sizlardan roziman! Sizlarga jannatni, uyimni ziynatladim, sizlarga barcha ne’matlarimni yetkazdim!” Keyin ularga o‘zining ravshanligini ko‘rsatdi va Alloh taolo bergan kunlarning ichida eng yaxshirog‘i juma bo‘lib qoldi, saxovatdan ziyoda qilgani uchun”. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling