Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
38 Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: “Ha, ularni maloikalar do‘zaxga haydab kelishar ekan. Ularning yuzlari qoraymas ekan, ko‘zlari ko‘karmas ekan, og‘zilari muhrlanmas ekan, shayton bilan birga olib kelinmas ekan. Ularga temir arqon va zanjirlar solinmas ekan”. Fotima roziyallohu anho aytdi: “Yo Allohning elchisi! Maloikalar qanday olib keladilar?” Rasululloh aytdilar: “Erkaklarni soqollari bilan, ayollarni kokillari bilan olib kelishadi. Ummatimning soch-soqoli oqarganlarining ko‘pchiligi soqollaridan ushlanadi, keyin do‘zaxga yuboriladi. U baqiradi: “Ey qariligim, ey zaifligim”, deb. Qancha yigitlar soqollaridan ushlanib, do‘zaxga tashlanadi. Ular yig‘lab baqiradiki: “Ey yoshligim, ey chiroyli ko‘rkamligim!” deb. Ummatimdan qancha xotinlar peshonalaridan ushlanib, do‘zaxga haydaladi va baqiradiki: “Ey sharmandaligim!” deb, hattoki ular do‘zaxning boshlig‘i Molikning oldiga keltirilganlarida, Molik aytar ekan: “Bular kimlar, bularga o‘xshagan qavm hali mening oldimga kelmagan edi. Bularning yuzlari qora bo‘lmaganida, ko‘zlari ko‘karmaganidan, og‘zilari berki-tilmagandan, shaytonga yaqinlashtirilmaganligidan, bo‘yinlarida temir arqon va zanjirlar solinmaganidan ajablanyapman”. Maloikalar aytishar ekan: “Biz mana bu holatda bularni senga olib kelishga buyurildik”. Molik aytar ekan: “Ey baxtsizlar jamoasi, kim bo‘lasizlar?” “Xabarda kelishicha, maloikalar haydab kelishayotganda: “Voh! Muhammado!” deb baqirib turishar ekan. Molikni ko‘rgandan keyin uning kattaligidan Muhammadning (s.a.v.) ismlarini unutishar ekan. Molik so‘rar ekan: “Kimsizlar?” Ular: “Bizlar Qur’on tushirilgan va ramazonlar (ro‘zasi)ni tutganlardanmiz”, deb javob berar ekanlar. Molik aytar ekan: “Qur’on faqat Muhammadning (s.a.v.) ummatiga tushgan”. Ular Muhammadning (s.a.v.) ismlarini eshitib, qichqirar ekanlar: “Bizlar Muhammadning (s.a.v.) ummatidanmiz”. Molik “Qur’onda Alloh taologa gunoh qilishdan qaytarguvchi oyatlar yo‘q edimi?” deydi. Ularni do‘zaxning chetida to‘xtatishadi. Do‘zaxga va uning xodimlariga qaraydilar va aytadilar: “Ey Molik, bizga o‘zimizning holimizga yig‘lashga izn bergin!” Ularga ruxsat beriladi. Ko‘z yoshlarini to‘kishadi. Undan hech narsa qolmagandan keyin qon yig‘lar ekanlar. Molik aytadi: “Bu qanday ham yaxshi yig‘i bo‘lar edi, agar dunyoda bo‘lganida. Bas, agar sizlar bu yig‘ini Allohdan qo‘rqib qilganlaringizda edi, bu kunda bu yerda turmas edingizlar”. Keyin Molik zaboniyalarga: “Ularni do‘zaxga tashlanglar!” deb buyruq beradi. Shu paytda hammalari: «La ilaha illalloh!» deb baqirishadi. Ulardan do‘zax qaytadi, so‘ngra Molik aytadi: “Ey do‘zax, ularni olgin”. Do‘zax “Ularni qanday o‘zimga olayin? Ular: “La ilaha illalloh” deb turibdilar-ku” deydi. Molik aytadiki: “Ha arshning Egasi buyurdi, olasan ularni”. Ularni o‘ziga olar ekan. Bir xillarini oyoqlaridan, bir xillarini tizzalaridan, bir xillarini bellaridan, bir xillarini kindigidan olarkan. Do‘zaxning olovi ularning yuziga yopishsa, Molik: “Ularning yuzlarini yondirmagin, ular bu yuz bilan Allohga sajda qilganlar, qalblarini yondirmagin, ular ko‘pincha Ramazon oyida chanqoq bo‘lganlar”. So‘ngra Alloh xohlagancha turishar ekan, aytar ekanlar: “Yo Alloh, yo Mannon! Rahm qilguvchilarning rahmlirog‘i!” Keyin Alloh taolo hukmini bajargandan keyin aytadi: “Ey Jabroil! Muhammadning (s.a.v.) gunohkor ummatlari nima qilindi?” Jabroil: “Alloh o‘zing bilguvchiroqsan ularning ishini”, der. Alloh aytadi: “Borgil, ularning holiga qaragil!” Jabroil alayhissalom do‘zaxning o‘rtasida o‘tdan qilingan minbarda o‘tirgan Molikning oldiga jo‘naydi. Molik Jabroilni ko‘rib, o‘rnidan turadi va: “Ey Jabroil! Nimaga kirdingiz?” deb so‘raydi. “Muhammadning (s.a.v.) ummatlaridan gunohkorlarini nima qilding?” Molik: “Ularning ahvollari naqadar yomon, ularning turgan joylari naqadar tor. Ularning badanlari yondirilyapti, go‘shtlari yeyilyapti, yuzlari, qalblari esa imon bo‘lgani uchun |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling