Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
“Qilib o‘tgan amallaringiz sababli sizlarga meros qilib berilgan janat mana
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
“Qilib o‘tgan amallaringiz sababli sizlarga meros qilib berilgan janat mana
shudir” (Zuxruf, 72). Boshqa bir oyatda: “Ana o‘shalar jannat egalari bo‘lib, u joyda mangu qolurlar. (Bu) umr qilib o‘tgan amallarining mukofotidir” (Ahqof, 14). Albatta, nimaga erishsalar, toatda ijtihod bilan erishiladi. To‘rtinchisi: Yaxshilik ahllarini va solihlarni do‘st tutmoqligi, sevmoqligi, ular bilan qo‘shilib ketmoqligi, ular bilan o‘tirmoqligi kerak bo‘ladi. Albatta, ularning bittasi, uning gunohlari kechirilsa, do‘stlariga va og‘aynilariga shafoatda bo‘ladi. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilinganidek: “Do‘stlarni ko‘paytiringlar. Albatta, qiyomat kunida har bir birodar uchun shafoat qilish bordir”. Beshinchisi: Duoni ko‘paytirish, Alloh taolodan jannat bilan rizqlantirishni va uning oxirini yaxshilikka olib borishini so‘rashlikdir. Ba’zi hakimlar aytishadi: Savoblarni bilib turib, dunyoga tayanish ilmsizlikdir, amallardagi savobni bilib turib, o‘sha amallarda harakatni tashlashlik ojizlikdir. Jannatda rohat bor, unga bu dunyoda rohati bo‘lmagan yetishadi. Jannatda boylik bor, unga dunyoning haqir narsalarini tark etgan kishi yetadi va dunyoning ozginasiga qanoat qilgan kishigina topadi. Zikr qilinadiki: “Bir zohid nonsiz, tuz bilan ko‘kat yeyayotgan edi. Bir kishi aytdi: “Shu narsaga qanoat qilasanmi?” Aytgan ekan: “Men dunyoni jannat uchun qildim, sen dunyoni axlat uchun qilding!” Ya’ni yaxshi narsalar yeysan, axlatga aylanadi. Men toat-ibodatga quvvatim yetganchalik yeyman, shoyadki jannati kishiga aylansam!” Ibrohim ibn Adhamdan, Alloh rahmat qilsin, zikr qilinadi. U kishi hammomga kirmoqchi bo‘ldi. Hammomga u kishini qo‘yishmadi. “Pulini to‘lasang, keyin kirasan”, deyishdi. Ibrohim Adham yig‘ladi va aytdiki: “Yo Alloh, meni shaytonlarning uyiga pulsiz kirgani qo‘yishmayapti, qanday qilib men nabiylar va siddiqlar uyiga to‘lovsiz kiraman?!” Zikrda keladi: “Ba’zi nabiylarga Alloh bu so‘zlarni tushirgan: “Ey Odam farzandi! Do‘zaxni qimmat pulga sotib olasan-u, jannatni arzon pulga ham olmaysan”. Buning tafsiri: Albatta, bir fosiq boshqa bir fosiqni ziyofat qilishni xohlasa, ko‘pincha o‘shanga 100-200 dirham pul sarflaydi. U bu bilan do‘zaxni qimmat pulga sotib oladi. Agar ziyofatni Alloh taolo uchun qilib, 1-2 dirham sarf etsa, muhtoj kishilarni chaqirsa, shu qilgan ishi jannat puli bo‘ladi. Rivoyat qilindi Abu Hozimdan: “Agar dunyodagi yaxshi narsalarni tark etib, shu bilan jannatga kirish mumkin bo‘lsa, bu narsalar janatga yetishish yo‘lida yengillik bo‘ladi. Agar do‘zaxdan najot topish uchun dunyoning barcha musibatlarini ko‘tarib bo‘lsa ham najot topsa, bu tomondan yengillik bo‘ladi. Endi mingta yaxshi ko‘rgan narsalaringdan bittasini tashlab, jannatga kirsang-u, senga makruh bo‘lgan narsadan bir bo‘lagini olib do‘zaxga kirsang. qanday bo‘ladi?!” Yahyo Ibn Maoz ar-Roziy aytadi: «Dunyoni tark etish qiyindir, jannatni tashlash undan ham qiyinroqdir, albatta, jannatning mahri dunyoni tashlashdir». |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling