Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


“Butlardan iborat najosatdan yiroq bo‘lingiz va yolg‘onchilikdan yiroq bo‘lingiz”


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/423
Sana25.08.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1670329
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   423
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

“Butlardan iborat najosatdan yiroq bo‘lingiz va yolg‘onchilikdan yiroq bo‘lingiz” 
(Haj, 30). 
Va aytildiki: “G‘iybat ma’lum kimsalarga qaratilgandagina g‘iybat bo‘ladi. Agar bir shahar 
xalqi yomon deb zikr qilinsa ham, bu g‘iybat bo‘lmaydi. Chunki ularda yaxshilari ham, 
yomonlari ham bor. Bundan u odam hammani xohlamagani bilinadi. Ammo bu ishni ham 
qilmaslik afzaldir. 
Zohidlarning biridan zikr qilinishicha, bir odam xotini uchun paxta sotib oldi. Xotini esa 
eriga: “Paxta sotuvchilar yomon odamlar, ular sizga xiyonat qilibdilar”, dedi. Bu gapi 
uchun zohid xotiniga taloq aytdi. U zohiddan buning sababini so‘rashishdi. U: “Men 
rashkchi kishiman qiyomat kunida barcha paxta sotuvchi kishilar dushman bo‘lib 
qolishidan qo‘rqaman. Falonchining xotiniga paxta sotuvchilar osilib olishdi, deyilishidan 
qo‘rqaman. Shuning uchun men xotinimni taloq qildim”, dedi. 
Aytildiki, uch kishini gapirsa, g‘iybat bo‘lmaydi: 
1. Zolim podshohni gapirsa, g‘iybat bo‘lmaydi. 
2. Ochiq gunoh qiluvchini gapirsa, g‘iybat bo‘lmaydi. 
3. Bid’at sohibini gapirsa, g‘iybat bo‘lmaydi. Ya’ni ularning ishlari va yo‘llarini gapirsa 
bo‘ladi. Agar ularning badanidagi biror aybi aytilsa, g‘iybatdir. Lekin odamlar ularning 
fe’llarini va yo‘llarini insonlarni ogohlantirish uchun zikr qilsa, buning zarari yo‘q. 
212. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi. Aytdilarki: “Fojirda bor narsalarni zikr 
qilinglar, odamlar undan hazar qilishi uchun”. 
Faqih aytadiki, g‘iybatning to‘rt tomoni bor: 
1) kufr tomoni; 
2) nifoq tomoni; 
3) gunoh tomoni
4) muboh tomoni. 
Kufr tomoni musulmonni g‘iybat qilmog‘idir. Unga aytiladi: “G‘iybat qilmagin”, deb. U 
javob qiladi: “Bu g‘iybat emas, bu narsaga sodiqman (ya’ni rost aytayapman)”, deb. Bu 


Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling