Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tasbeh aytish bobi hadislari
www.ziyouz.com kutubxonasi
252 sollallohu alayhi vasallamning oldilarida o‘tirgan edilar. U kishi lablarini qimirlata boshladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Lablaringni qimirlatib nima deyapsan?" dedilar. Abu Umoma Bohiliy aytdilar: "Ey Allohning elchisi, odamlarning sadaqa qilayotganini ko‘ryapman, menda sadaqa uchun hech narsa yo‘q, shu bois ichimda subhanalloh valhamdulillah va la-a ilaha illallohu vallohu akbar, deb aytyapman". Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: "Ey Abu Umoma, bu kalimalarni aytish sen uchun miskinlarga bir mud tillo saqada qilganingdan yaxshidir". ___________ Tasbeh aytish bobi hadislari 615-hadis. Muttafaqun alayh. 616-hadis. Sahih. Nasoiy, Bayhaqiy rivoyat qilgan. Hokim sahih sanagan. 617-hadis. Sanadida zaiflik bor. Ibn Abbosdan rivoyat qilingan keyingi hadisning sanadi noma’lum. 618-hadis. Hasan. Hokim, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 619-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy rivoyat qilgan. 620-hadis. Sahih. Muslim, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 621-hadis. Sahih. Ahmad, Nasoiy rivoyat qilgan. ELLIK TO‘RTINCHI BOB PAYG’AMBAR (S.A.V.)GA SALOVOT AYTISHNING FAZILATI 622. Faqih aytadilar: Muhammad ibn Abdurahmon Payg‘ambardan sollallohu alayhi vasallam rivoyat qiladilar: "Sizlardan qaysi biringiz vafot etganimdan so‘ng menga salom bersa, Jabroil oldimga kelib: "Ey Muhammad, falonchining o‘g‘li falonchi sizga salom aytdi", deydi. Shunda men: "Unga ham salom, Allohning rahmati va barakoti bo‘lsin", deb javob beraman", dedilar. 623. Sa’d ibn Musayyab (r.a.) aytadilar: Umar (r.a.): "Eshitdimki, duo yer va osmon orasida turib qoladi, to Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot o‘qimagunigacha ko‘tarilmaydi". 624. Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam minbarga ko‘tarilayotib, amin, dedilar, keyin yana ko‘tarilib, amin, dedilar, keyin yana ko‘tarilib, amin, dedilar. Keyin o‘rnashib o‘tirdilar. Maoz ibn Jabal shunda: "Ko‘tarilayotib uch marta amin, dedingiz?" dedilar. U zot sollallohu alayhi vasallam: "Jabroil mening oldimga kelib, ey Muhammad, kim ramazon oyiga yetsa, ammo gunohlari mag‘firat qilinmasa, keyin o‘lsa, do‘zaxga kiradi va Alloh uni uzoqlashtiradi, dedi. Men, amin, dedim. Keyin kimning ota-onasi yoki ikkovlaridan bittasi bo‘lsa-yu, ularga yaxshilik qilmasdan o‘lsa, do‘zaxga kiradi va Alloh uni uzoq qiladi, dedi, men yana amin, dedim. So‘ng kimning oldida sizning ismingiz zikr qilinsa-yu, u sizga salovot aytmasa, so‘ng o‘lsa, do‘zaxga kiradi va Alloh uni uzoq qiladi, dedi, men yana amin, dedim", dedilar". 625. Jobir ibn Abdulloh (r. a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam rivoyat qiladilar: U zot aytdilar: "Kim menga har kunda yuz bor salovot aytsa, Alloh taolo uning yuzta hojatini ravo qiladi. Yetmishtasi oxiratda va o‘ttiztasi shu dunyodadir". 626. Said ibn Umayr Ansoriydan rivoyat qilinadi. U kishi Badr g‘azotida qatnashganlar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning bunday deganlarini xabar qiladilar: "Menga ummatimdan kimki ixlos qilgan holda bir marta salovot aytsa, Alloh taolo unga o‘nta |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling