Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
ELLIK SAKKIZINCHI BOB ILMGA AMAL QILISH 677. Faqih Abu Lays Samarqandiy (rahmatullohi alayh) aytadilar: "Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilishlaricha, u zot aytdilarki: "Ulamolar payg‘ambarlarning Alloh bandalari ustidagi aminlaridir. Modomiki, sultonlarga aralashmasalar va dunyoga berilmasalar. Agar dunyoga kirsalar, payg‘ambarlarga xiyonat qilgan bo‘ladilar. Bas, unda ulardan uzilinglar va saqlaninglar". Abu Dardo (r.a.) aytadilar: "Ta’lim olmay olim bo‘lmaydi. Ilmiga amal qilmasdan ham olim bo‘lolmaydi". Abu Dardo (r.a.) aytadilar: "Bir marta vayl bo‘lsin kim bilmagan bo‘lsa, yetti marta, vayl bo‘lsin bilib, unga amal qilmagan bo‘lsa". Yana u kishidan (r.a.) rivoyat qilinadi: "Menga qiyomat kuni: "Ey Uvaymir, nima o‘rganding?" deb aytilmog‘idan qo‘rqmayman. Lekin qiyomat kuni mendan: "Ey Uvaymir, bilgan narsangga qanday amal qilding?" deb so‘ralmog‘idan qo‘rqaman". Iso ibn Maryam (alayhumassalom) aytgan ekanlar: "Kim bilsa, amal qilsa va o‘rgatsa, uni osmon saltanatida azim deb chaqiriladi". Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat. U kishi Abdulloh ibn Salomdan (r.a.) so‘radilar: "Ilmning egalari kimlar?". "Unga amal qiluvchilar", dedilar. "Kishilarning qalbidan ilmni nima chiqaradi?" deb so‘radilar. "Tama’", deb javob qildilar. Iso ibn Maryam (alayhumassalom) aytganlar: "Chiroq ko‘tarib yurgan ko‘r kishining chirog‘i boshqalarga nur taratishidan unga nima foyda? Tashqarida turgan chiroqdan qorong‘u uyga nima foyda? Amal qilmaganingizdan keyin hikmatni gapirib Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 268 yurishingizdan nima foyda?" Yana Iso alayhissalomdan rivoyat: "Daraxtlar ko‘p, lekin hammasi ham mevali emas. Ulamolar ko‘p, ularning hammalari yo‘l ko‘rsatuvchi emas. Mevalar ko‘p, ularning hammasi birday shirin emas. Ilmlar ko‘p, ularning hammasi ham foydali emas". Avzoiy aytadilar: "Kim bilgan narsasiga amal qilsa, bilmagan narsalariga ham muvaffaq bo‘ladi". 678. Sahl ibn Abdulloh aytadilar: "Olimlardan tashqari hamma odamlar o‘likdir, olimlarning ilmiga amal qilayotganidan tashqari hammasi mastdir. Amal qiluvchilarning muxlislaridan (ixlosmandlaridan) boshqa hammasi g‘ururga ketgandir. Ixlos bilan amal qilganlar xatardadir". 679. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Hamma olimlarning ham oldida o‘tiravermanglar, agar beshta narsadan beshta narsaga chaqirsa, o‘tiringlar. Gumondan ishonchga, kibrdan tavozu’ga, dushmanlikdan nasihatga, riyodan ixlosga, rag‘batdan zohidlikka". Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: "Agar olim ilmiga amal qilmasa, johil undan ilm olishdan o‘zini tortadi. Chunki olim ilmiga amal qilmasa, ilm o‘ziga ham, boshqaga ham foyda bermaydi, agarchi ilmni sandiqlarda yig‘sa ham, chunki bizlarga yetdiki, Bani Isroildan bir kishi sakson sandiqqa ilmni jam qilgan ekan. Alloh taolo o‘sha olimning Payg‘ambariga vahiy qilibdiki, bu hakimga ayt, agar yana bunga o‘xshashini yig‘sa ham, mana bu uch narsaga amal qilmasa, foyda bermaydi. 1. Dunyoni yaxshi ko‘rmaslik, chunki u mo‘minlarning uyi emas. 2. Shayton bilan do‘stlashmaslik, chunki u mo‘minlarga yo‘ldosh bo‘lmagan. 3. Mo‘minlarga aziyat bermaslik, chunki bu mo‘minlarning kasbidan emas". Sufyon ibn Uyayna (r.a.) aytadilar: "Ilmsizlik kishiga husn emas. Kim bilgan narsasiga amal qilsa, u odamlarning olimrog‘idir. Kim bilgan narsasiga amal qilmasa, u johildir. Shuning uchun ham, olimning bitta gunohi kechirilguncha, johilni yetmishta gunohi kechiriladi, deyilgan". Xabarda keladiki, maloikalar uch narsaga taajjublanar ekan: Fosiq olimga, odamlarga gapirib o‘zi amal qilmaydi. Ganju g‘ishtdan bino qilingan fojirning qabriga va fojirning tobutidagi naqshga. Aytilishicha, hasratning eng qattig‘i qiyomat kunida uchta ekan: Bir kishiki, uning solih quli bo‘lib, u jannatga kiradi, o‘zi esa, do‘zaxga tushadi. Yana bir kishi mol to‘playdi, lekin Allohning haqqini (zakotni) bermaydi, so‘ng o‘ladi va merosxo‘rlari u moldan infoq qilib, do‘zaxdan qutulib qoladi, molni to‘plagan kishi esa, do‘zaxga tushadi. Yomon olim, u odamlarga gapirib yuradi. Odamlar uning ilmi bilan najot topishadi. U esa, do‘zaxga ketadi. Hasan Basriyga (r.a.) bir kishi aytdi: "Bizlarning faqihlar bu-bu gaplarni aytyapti". Hasan Basriy hazratlari aytdilar: "Hech bir faqihni ko‘rganmisan? Faqih dunyoda zohid, oxiratga rag‘bat qiluvchi, dinida zakiy va Rabbiga ibodatda davomli bo‘lgan kishidir". |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling