Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
275 qo‘shnidan panoh tilayman”. Muoviya ibn Abu Sufyondan (r.a.) rivoyat qilinishicha, u kishi suhbatdoshlaridan: “Sizlar uchun dunyoning yaxshiligi nimada?” deb so‘radilar. Ularning har biri fikrini aytishdi. Shunda Muoviya dedilar: “Ofiyat kishi uchun uch narsadadir: boshpana bo‘larlik uy, qoniqtirarlik yashash sharoiti, rozi qiladigan xotin. Bizlar ularni bilmaymiz”. O‘sha paytda u zot xalifa edilar. Sufyoni Savriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi deydilar: “Alloh taolo sizni ikki ne’mat bilan rizqlantirgan – sultonning va tabibning eshigiga borishdan saqlagan bo‘lsa, Unga hamd ayting va shukr qiling”. Bakr ibn Abdulloh Mazaniy aytadilar: “Kim musulmon bo‘lib, badani ham sog‘lom bo‘lsa, unda dunyo va oxirat ne’matlarining kattasi jamlanibdi. Chunki dunyo ne’matlarining sayyidi – salomatlik, oxirat ne’matlarining sayyidi – Islom”. 691. Ibn Abbos (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Ikki ne’mat bor. Ko‘p odam ularning qadriga yetmaydi. Bu ikki ne’mat salomatlik va bo‘sh vaqtdir”. Ba’zi tobe’inlardan (r.a.) rivoyat qilinadi: “Kimda ne’matlar ko‘rinish berib ko‘paysa, Allohga hamd va zikrni ko‘paytirsin. Kimning g‘amlari ko‘paysa, istig‘forni ko‘paytirsin. Kimga kambag‘allik yopishsa, “la-a havla va la-a quvvata illa-a billahil ‘aliyyil ‘aziym”ni ko‘p aytsin”. 692. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilarki: “Agar taomda to‘rt narsa bo‘lsa, mukammal bo‘ladi: haloldan bo‘lsa, yeyilayotganida Alloh nomi zikr qilinsa, shu taomdan yeydigan qo‘llar ko‘p bo‘lsa, yeyilgandan so‘ng Allohga hamd aytilsa”. 693. Hasan Basriy Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot aytdilar: “Alloh bandaga xoh kichik, xoh katta bo‘lsin, bir ne’mat bersa va banda Allohga hamd aytsa, batahqiq, unga olganidan ham afzalroq narsa berilibdi”. 694. Rasululloh (s.a.v.) aytadilar: “Mo‘minning ishi ajoyib. Uning hamma ishi o‘ziga foyda. Agar bir yaxshilik yetsa, unga shukr qiladi va u uchun yaxshi bo‘ladi. Agar yomonlik yetib, sabr qilsa, bu ham yaxshilik bo‘ladi”. Makhuldan (r.a.) Alloh taoloning: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling