Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
273 Islomda ulushi bo‘lgan kishi ulushi bo‘lmagan kishi kabi emas; kishi yaxshi ko‘rgani bilan birgadir. Shuningdek, to‘rtinchi narsa ham borki, agar unga qasam ichsam, adashmagan bo‘laman: Alloh taolo biron bandaning gunohini bu dunyoda yashirsa, oxirat kuni ham yashiradi”. Abu Hurayra (r.a.) bir kuni bozorga kirib: “Ey odamlar, sizlar bu yerda yuribsizlar, masjidda esa Muhammadning (s.a.v.) meroslarini tarqatishyapti”, dedilar. Odamlar bozorni tashlab, masjidga yugurishdi. Bir pasdan so‘ng qaytib kelishib: “Ey Abu Hurayra, biz meros tarqatilayotganini ko‘rmadik”, deyishdi. U kishi : “Nimani ko‘rdinglar?” deb so‘radilar. “Bir qavm Allohni zikr qilayotganini, Qur’on o‘qiyotganini ko‘rdik”, deyishdi. Abu Hurayra aytdilar: “O‘sha narsalar Muhammadning (s.a.v.) meroslaridir”. Alqama ibn Qays aytadilar: “Bir qavm oldiga Alloh taolo haqida so‘ramoqqa yoki ular mendan so‘ramoqlari uchun borishim Alloh yo‘lida jihod qilishimdan mahbubroqdir”. 686. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilinadi: “Bir qavm Allohni zikr qilish uchun o‘tirsa, osmondan ularga: “Qoim bo‘linglar, sizlarning gunohlaringiz yaxshilikka almashtirildi va hamma gunohlaringiz kechirildi”, deb nido qilinadi. Yer ahli Allohni zikr qilish uchun o‘tirsa, ular bilan farishtalar guruhi ham birga o‘tiradi”. Shaqiq Zohid (rahmatullohi alayh) aytadilar: “Insonlar majlisdan uch sinf bo‘lib turadilar: haqiqiy kofir, haqiqiy munofiq, haqiqiy mo‘min.Chunki men Qur’onni tafsir qilaman, Allohdan va Payg‘ambardan gapiraman. Kim mening so‘zlarimni tasdiqlamasa, u haqiqiy kofirdir. Kimning qalbi bu gaplardan siqilsa, u haqiqiy munofiqdir. Kimki qilib qo‘ygan gunohlaridan pushaymon bo‘lsa va bundan keyin gunoh qilmaslikka niyat bog‘lasa, u haqiqiy mo‘mindir”. Faqih aytadilar: «Kim sakkiz kishi bilan o‘tirsa, sakkiz narsa ziyoda qilinadi: 1. Boylar bilan o‘tirsa, Alloh unda dunyoga muhabbat va rag‘batni ziyoda qiladi. 2. Faqirlar bilan o‘tirsa, shukr va Allohning taqsimotiga rozilikni ziyoda qiladi. 3. Podshohlar bilan o‘tirsa, kibr va qalbi qattiqlikni ziyoda qiladi. 4. Xotinlar bilan o‘tirsa, ilmsizlik va shahvatni ziyoda qiladi. 5. Bolalar bilan o‘tirsa, o‘yin va masxara bo‘lishni ziyoda qiladi 6. Fosiqlar bilan o‘tirsa, gunoh va osiylikka jur’ati oshadi. So‘ng gunohlarga bemalol boradi va tavba qilishni kechiktiradi. 7. Solih kishilar bilan o‘tirsa, ibodatlarga rag‘batini kuchaytiradi. 8. Olimlar bilan o‘tirsa Alloh unda ilm va taqvoni ziyoda qilad». Aytishlaricha, Alloh taolo uch paytdagi uyqu va uch joydagi kulguni yomon ko‘radi: zikr majlisi paytidagi uyqu, bomdoddan keyingi va xuftondan oldingi uyqu, farz namozi vaqtidagi uyqu; tobutning ortidan kulish, ilm majlisida kulish, qabristonda kulish. Abu Yahyo Varroq aytadilar: “Musibat to‘rtta:--jamoat namozida birinchi takbirdan kechikish; ilm majlisini o‘tkazib yuborish; dushmanga qulay hujum fursatini boy berish; Arofat tog‘idagi vuquf vaqtining o‘tib ketishi”. Aytishadiki, olimlar majlisi – dinning islohi, fosiqlar majlisi esa, din uchun jarohatdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling