Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilm ahli bilan birga o‘tirish fazilati bobi hadislari
www.ziyouz.com kutubxonasi
274 687. Payg‘ambar (s.a.v.) aytgan ekanlar: «Otaning yuziga qarash – ibodat, Ka’baga qarash – ibodat, Mushafga qarash – ibodat, olimning yuziga qarash – ibodat». Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: «Olimlar yulduzlarga o‘xshaydi. Agar ko‘rinib tursa, odamlar ular bilan yo‘l topishadi. Agar ko‘zdan yo‘qolib, zulmatda qolsa, qayoqqa yurishni bilmay, hayron qolishadi. Olimning o‘limi bilan Islomda bo‘shliq paydo bo‘ladi. Vaqt o‘tsa-da, bu bo‘shliqni biror narsa to‘ldira olmaydi”. __________________ Ilm ahli bilan birga o‘tirish fazilati bobi hadislari 682-hadis. Muttafaqun alayh. 683-hadis. Muttafaqun alayh. 684-hadis. Zaif. Daylamiy rivoyat qilgan. 685-hadis. Muttafaqun alayh. 686-hadis. Hasan. Ahmad, Tabaroniy rivoyat qilgan. 687-hadis. Zaif. Daylamiy rivoyat qildilar. “Kashful xofa”ga qarang. Hadisning oxirgi jumlasi sahih deb hisoblanmagan. OLTMISHINCHI BOB SHUKR HAQIDA 688. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) sahih sanad orqali Anas ibn Molikdan (r.a.), u kishi Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy (s.a.v.) aytdilarki: “Alloh taolo yeb- ichganidan keyin Unga hamd aytgan bandasidan rozi bo‘ladi”. 689. Asmo binti Yazid aytadilar: “Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitdim. U zot aytdilarki: “Qachon Alloh taolo avvalgiyu oxirgilarini yig‘sa, bir nido qiluvchi kelib: “Bugun hamma kim hurmatga loyiq ekanini biladi. Yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lganlar tursinlar”, deb nido qiladi. Uni butun xaloyiq eshitadi. Ular turishadi, lekin ular ozdir. Keyin yana nido qiladi: «Allohning zikridan tijorat ham, oldi-sotdi ham chalg‘itolmaganlar tursinlar». Ular ham turishadi, ular ham ozdirlar. So‘ng yana nido qiladi: “Alloh taologa xursandlikda ham, xafalikda ham hamd aytganlar tursinlar”. Ular ham turishadi, ular ham kamchilik bo‘ladi. Shundan keyin boshqa odamlar hisob-kitob qilinadi”. Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: “Muso (alayhissalom) Allohdan: “Ey Rabbim, inson qanday qilib Senga shukr qila oladi? Uni qo‘ling bilan yaratding, ruhingdan og‘ziga puflading, jannatingdan joy berding, farishtalaringni unga sajda qilishga buyurding”, deb so‘radi. Alloh taolo: “Ey Muso, odam u narsalar hammasi Mendan ekanini bildi, so‘ngra Menga hamd aytdi. Bu aytgan hamdu sanosi yaratgan narsalarimning shukri bo‘ldi”, deb javob qildi”. 690. Qatoda (rahmatullohi alayh) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: “To‘rt narsa kimga berilgan bo‘lsa, dunyo va oxirat yaxshiligi berilibdi: zikr qiluvchi til, shukr etuvchi qalb, sabrli badan va mo‘mina soliha xotin”. Aytishlaricha, Dovudning (alayhissalom) duolaridan biri bunday bo‘lgan ekan: “Ey Parvardigor, men Sendan to‘rt narsani so‘rayman va to‘rt narsadan panoh tilayman. So‘raydiganlarim: zikr qiluvchi til, shukr etuvchi qalb, sabrli badan va dunyoyu oxiratimda yordam beradigan soliha xotin. Ammo menga xo‘jayinlik qiladigan farzanddan, sochim oqarishni boshlamasdan oq tushiradigan xotindan, menga azob beradigan moldan va mening yaxshiligimni yashiradigan, yomonligimni oshkorqiladigan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling