Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
yuzida zulm-tajovuzkorlik qilgan bo‘lur edilar”
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
yuzida zulm-tajovuzkorlik qilgan bo‘lur edilar” (Sho‘ro surasi, 27), degan oyati
haqida aytadilar: “Alloh taolo agar bandalariga kasb-hunarsiz rizq-ro‘z berganida, ular ishsiz qolib, oqibatda buzilib ketardilar. Lekin buzg‘unchilikka bo‘sh vaqt topmasinlar, deya ularni kasblar bilan shug‘ullantirib qo‘ydi”. Sa’d ibn Musayyab aytdilar: “Molini haloldan topmagan, undan haqlarni chiqarib turmagan, u bilan obro‘-sharafini saqlamagan kishida yaxshilik yo‘qdir”. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi dedilar: “Ey kambag‘allar jamoasi, boshlaringni ko‘taringlar, savdogarlik qilinglar, albatta, yo‘lingiz ravshan bo‘ladi. Boshqalarning qo‘liga qarab qolmanglar”. Umarning (r.a.) ozod qilgan quli Abu Solih (r.a.) rivoyat qiladilar: “Umar bizga uch kishining sherikchilik qilishini buyurdilar: bittasi yig‘adi, boshqasi sotadi va uchinchisi Alloh yo‘liga chiqadi”. Avvom aytadilar: “Abu Solih sohilda qo‘riqchilik qilayotganida menga: “Biz uch kishimiz. Bu kun g‘azotda mening navbatim”, deb aytgan edi”. Faqih Abu Ja’far (r.a.) deydilar: “Abu Muborakning: “Kim bozorni tashlasa, muruvvati ketib, xulqi yomon bo‘ladi”, deganini eshitdim”. Ibrohim ibn Yusuf (Alloh rahmat qilsin) Muhammad ibn Salamaga: “Bozorni mahkam tut, chunki u egasiga kuch-quvvat beradi”, deb nasihat qilganlar. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 280 700. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim bir daraxt yoki ekin eksa, shu ekkanidan inson, hayvon yoki qush yo yirtqich yesa, mana shu (eganlari) uning uchun sadaqadir”. 701. Anas ibn Molik (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Birortangiz qo‘lida ko‘chatni tutib turgan holida qiyomat qoyim bo‘lib qolsa, uni ekishga imkoni bo‘lsa, eksin”. 702. Makhul (r.a.) Payg‘ambarimizning (s.a.v.): “G‘iybatchi, maddoh, ta’na qiluvchi yoki o‘likka o‘xshab yuruvchi kishilar bo‘lishdan saqlaninglar”, degan hadislaridagi “o‘likka o‘xshab yuruvchilar”ni kasb bilan shug‘ullanmaydigan kishilar, deb izohlaganlar”. 703. A’mash (rahmatullohi alayh) Abu Maxoriqdan rivoyat qiladilar. U kishi xabar beradilarki, Payg‘ambar (s.a.v.) sahobalari bilan o‘tirganlarida, yosh a’robiy yigit o‘tib qoldi. Abu Bakr va Umar (roziyallohu anhumo) deyishdi: “Agar u yigitligiyu kuch- quvvatini Alloh yo‘lida sarflaganida, katta ajr olgan bo‘lardi”. Shunda Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Agar qarib qolgan ota-onasiga yordam berishga harakat qilsa, u Alloh yo‘lidadir. Kichkina bolalari uchun harakat qilsa, u Alloh yo‘lidadir. Agar u o‘z nafsi uchun, odamlardan behojat bo‘laman, deb harakat qilsa, u Alloh yo‘lidadir. Agar odamlar ko‘rsin va eshitsin, deb harakat qilsa, u shayton yo‘lidadir”. 704. Ibn Umar (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot (s.a.v.) aytdilarki: “Alloh taolo har bir kasbi bo‘lgan kishini yaxshi ko‘radi, o‘zi sog‘-salomat bo‘lib, yo oxiratning ishi bilan, yo dunyo ishi bilan shug‘ullanmaydigan kishini yomon ko‘radi”. 705. Ja’far ibn Muhammad otalaridan rivoyat qiladilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) bozorga chiqib, oila ahllari uchun kerakli narsalarni sotib oldilar. Bu qilgan ishlarining sababini so‘rashganida: “Menga Jabroil (alayhissalom), odamlarning qo‘liga qarab qolmasligi uchun ahli oilasi yo‘lida harakat qilgan kishining Alloh yo‘lida ekani xabarini berdi”, deb javob qildilar”. 706. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: “Bir kishi Rasulullohning (s.a.v.) oldilariga kelib, o‘ziga kerakli narsani so‘radi. Payg‘ambar (s.a.v.) undan: “Uyingda biror bir narsang bormi?” deb so‘radilar. “Ha, bor, ey Allohning elchisi, bir namatimiz bor. Ammo uning ba’zi joylari kuygan. Bizlar uning ustida o‘tiramiz, yotamiz, bir chetini ustimizga yopamiz, bir chetini tagimizga to‘shaymiz. Yog‘och tovog‘imiz ham bor, unda ovqat yeymiz, suv ichamiz va boshlarimizni yuvamiz”, dedi haligi kishi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Ikkovini ham menga olib kel”, dedilar. U kishi namat bilan tovog‘ini olib kelganidan so‘ng, Payg‘ambar (s.a.v.) u narsalarni qo‘llariga olib: “Bu ikkalasini kim sotib oladi?” dedilar. Bir kishi: “Men bir dirhamga sotib olaman”, dedi. Nabiy (s.a.v.): “Bunga yana bir dirham qo‘shib sotib oladigan kishi yo‘qmi?” dedilar. Boshqa kishi: “Men ikkovini ikki dirhamga sotib olaman”, dedi. Rasuli Akram (s.a.v.) u odamga namat va tovoqni berib, ikki dirhamni oldilar va molning egasiga topshiraturib: “Bir dirhamiga ovqat sotib olib, uyingga olib bor. Bir dirhamiga esa, bolta xarid qil va mening oldimga kel”, dedilar. Haligi kishi keyin bolta sotib olib qaytib keldi, Payg‘ambar (s.a.v.) unga: “Borib, o‘tin terib, bozorda sot. So‘ng o‘n besh kundan keyin mening oldimga kel”, dedilar. Keyin u kishi ketdi, o‘tin sotib, o‘n dirham ishladi. Pulining bir qismiga taom, ozrog‘iga kiyim sotib oldi. Payg‘ambar (s.a.v.) unga aytdilar: “Bu ishing senga qiyomat kuni yuzingda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling