Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet307/423
Sana25.08.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1670329
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   423
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn

Shukr bobi hadislari 
688-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy, Ahmad rivoyat qilgan. 
689-hadis. Isnodi zaif. Ibn Abu Dunyo rivoyat qilgan. 
690-hadis. Zaif. Tabaroniy, Ibn Abu Dunyo, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 
691-hadis. Sahih. Buxoriy, Termiziy rivoyat qilgan. 
692-hadis. Juda zaif, marfu’. “Tanzixush-shari’a”ga qarang. 
693-hadis. Hasan. Bayhaqiy rivoyat qilgan. “Sahihul-jomi’a”ga qarang. 
694-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan. 
695-hadis. Zaif. Ibn Muborak, Termiziy, Bag‘oviy rivoyat qilgan.
 
OLTMISH BIRINCHI BOB 
KASB-HUNAR FAZILATI HAQIDA 
696. Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar: “Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat etilishicha, 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Kimki dunyoni tilanchilikdan saqlangan holda, ahli 
uchun harakat qilib, qo‘shnisiga muloyimlik bilan halol talab etsa, Alloh taolo qiyomat 
kuni uning yuzini badr kechasidagi (to‘lin) oydek qilib tiriltiradi. Kimki dunyoni halol 
yo‘llar bilan ko‘paytirib, (lekin) faxrlanish va riyo qilish uchun talab etsa, qiyomat kuni 
Alloh taoloning g‘azabiga yo‘liqadi”.
Ba’zilar aytishadi: “Dovud (alayhissalom) odamlar tanimaydigan suratda chiqib
mamlakat ahlidan, o‘zlari haqida so‘rar edilar. Bir kuni u kishiga Jabroil (alayhissalom) 
odam qiyofasida ko‘rindi. Dovud (alayhissalom) aytdilar: “Ey yigit, Dovud haqida nima 
deysan?” “U yaxshi odam, lekin bir yomon xislati bor – musulmonlar xazinasidan istifoda 
etadi. Bandalarining ichida Allohga sevimlirog‘i o‘z mehnati bilan topib yeydiganlardir”, 
dedi Jabroil. Shundan so‘ng Dovud (alayhissalom) mehroblariga qaytib, yig‘lab-yig‘lab, 
tazarru’lar qilib aytdilar: “Ey Rabbim, menga bir hunar o‘rgatgin, mo‘minlarning molidan 
o‘zimni behojat etay”. Alloh taolo u kishiga temirchilikni o‘rgatdi. Temirlar u kishining 
qo‘lida xuddi xamirdek yumshoq bo‘lib qolardi. Ish vaqtlaridan bo‘shaganlaridan keyin 
sovut yasardilar. So‘ngra uni sotib o‘zi va ahlining ehtiyojlariga sarflar edilar. 
Bu xususda Alloh taolo dedi:

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling