Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taom berish va husni xulq fazilati bobi hadislari
www.ziyouz.com kutubxonasi
286 725. Maoz ibn Jabal (Alloh u zotdan rozi bo‘lsin): “Menga Rasulullohning (s.a.v.) oxirgi vasiyatlari oyog‘imni otning uzangisiga qo‘yayotganimda aytgan gaplaridir”, deb ushbu hadisni rivoyat qildilar: “Odamlar bilan (muomalada) xulqingni chiroyli qil, ey Maoz ibn Jabal”. 726. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Nabiy (s.a.v.) aytadilar: “Yaxshi xulq kishining burnidagi Allohning rahmatidan bo‘lgan jilovdir. Jilov esa, farishtaning qo‘lida, uni yaxshilikka yetaklaydi, yaxshilik o‘z navbatida jannatga boshlaydi. yomon xulq esa, Allohning azobidan bo‘lgan jilovdir. Jilov shaytonning qo‘lida. Shayton uni yomonlikka boshlaydi, yomonlik do‘zaxga qarab tortadi”. 727. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) rivoyat qiladilar. Nabiy (s.a.v.) aytdilarki: “Albatta, bu dinni nafsim uchun qabul qildim. U ikki narsa bilan to‘g‘ri bo‘ladi: saxiylik va yaxshi xulq. Dinni u ikki sifat bilan qodir bo‘lganingizcha mukarram qilinglar”. Aytiladiki, agar kishi mehmon chaqirsa, uy egasiga ham, mehmonga ham uchtadan narsa vojib bo‘ladi. Uy egasiga vojib bo‘ladigani quyidagilar: mehmonni toqati yetmaydigan narsaga taklif qilmaslik va mehmondorchilikni sunnatdan oshirib yubormaslik, mehmonga faqat haloldan taom qo‘yish, mehmonga namoz vaqtlarini eslatib turish. Mehmon uchun vojib narsalar: ko‘rsatilgan joyga o‘tirish, keltirilgan taomga rozi bo‘lish, chiqayotganda uy ahlining barakoti uchun duo qilish. 728. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Kim molining zakotini ado qilsa, mehmon kutsa va musibat vaqtida qavmiga saxovat qilsa, nafsini baxillikdan saqlabdi”. _______________ Taom berish va husni xulq fazilati bobi hadislari 717-hadis. Sanadida zaiflik, uzilish bor. 718-hadis. Muttafiqun alayh. 719-hadis. Hasan. Ahmad, Termiziy, Ibn Mojjalar rivoyat qilgan. 720-hadis. Hasan. Ibn Mojja, Abu Na’im, Hokim rivoyat qilgan. “As-sahiha”ga qarang. 721-hadis. Juda zaif. Abu Ya’lo, Bazzor, Abu Na’im, Hokim, Asbahoniy rivoyat qilgan. 722-hadis. Sahih. Muslim, Termiziy, Ahmad rivoyat qilgan. 723-hadis. Zaif. Ahmad, Ibn Hibbon, Hokim, Bayhaqiy, Qazoiy rivoyat qilgan. 724-hadis. Sahih. Ahmad, Bayhaqiy rivoyat qilgan. “As-sahiha”ga qarang. 725-hadis. Sahih. Molik, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 726-hadis. Bayhaqiy rivoyat qilgan. 727-hadis. Zaif. Tabaroniy rivoyat qligna. 728-hadis. Abu Ya’lo, Tabaroniy rivoyat qilgan. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling