Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Kasb qilish va haromdan hazar etish bobi hadislari
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
Kasb qilish va haromdan hazar etish bobi hadislari
707-hadis. Isnodi zaif. 708-hadis. Juda zaif. Uqayliy rivoyat qilgan. 709-hadis. Boshqasiga ko‘ra, sahih. “As-sahih”ga qarang. 710-hadis. Shohidlariga ko‘ra, sahih. Ibn Moja rivoyat qilgan. 711-hadis. Juda zaif. Bayhaqiy rivoyat qilgan. 712-hadis. Boshqasiga ko‘ra, hasan. Abu Dovud rivoyat qilgan. 713-hadis. Hasan. Hokim, Bayhaqiy rivoyat qilgan. 714-hadis. Zaif. 715-hadis. Sahih. Ahmad, Hokim rivoyat qilgan. “Sahihul-jame’”ga qarang. 716-hadis. Mavzu’ marfu’. Asbahoniy “At-tarhibu vat-tahib”da keltirgan. OLTMISH UCHINCHI BOB TAOM BERISh VA HUSNI XULQ FAZILATI 717. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) aytadilar: “Bizga Muhammad ibn Abdulvahhob ibn Muhammad Ahmad ibn Alidan, u kishi Abu Sobitdan, Abu Sobit Abu Bakr ibn Amrdan, u Jarirdan, Jarir A’mashdan, u zot Atiyya Avfiydan Jobir ibn Abdullohning (Alloh otabola ikkovidan ham rozi bo‘lsin) shunday deganlarini rivoyat qiladi: “Ey Atiyya, mening vasiyatimni yoding da tut. Menimcha, sen bilan boshqa hamsuhbat bo‘lmasak kerak. Muhammad (s.a.v.) oilasini va sahobalarini yaxshi ko‘r, Muhammadning (s.a.v.) oilasini yaxshi ko‘rganlarni ham yaxshi ko‘r. Garchi gunoh va xatolar qilgan bo‘lsalar ham. Muhammad (s.a.v.) oilasini yomon ko‘rganlarni yomon ko‘r, garchi kunduzlari ro‘za tutib, kechalarida namozga qoim bo‘lsalar ham. Ochlarga taom ber, salomni yoy, odamlar uxlaganda namoz o‘qi. Men Payg‘ambarning (s.a.v.): “Alloh taolo Ibrohimni (alayhissalom) ochlarga ovqat berganlari, salomni oshkora etganlari, odamlar uxlaganda namoz o‘qiganlari uchun o‘ziga do‘st qilib oldi”, deganlarini eshitganman”. 718. Faqih (rahmatullohi alayh) G‘ayron ibn Harisning shunday deganlarini rivoyat qiladilar: “Bir kishi Ibn Abbosning (r.a.) oldilariga kelib: “Anavi muhojirlar va ansorlar bizlarda hech bir amal yo‘q, deb aytishyapti, dedi. Ibn Abbos (r.a.): “Yo‘q, agar namoz o‘qisang, zakot bersang, ro‘za tutsang, Allohning uyini xaj qilsang, mehmon kutsang, jannatga kirasan”, dedilar. Abu Shurayh Xuzo’iy aytadilar: “Payg‘ambarning (s.a.v.): “Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirsa, mehmonini ikrom qilsin, uning joiz bo‘lgani bir kun, ziyofati uch kundir. Undan keyingilari sadaqadir”, deb aytganlarini eshitganman”. Ato (rahmatullohi alayh) rivoyat qiladilar: “Ibrohim (alayhissalom) ovqatlanishni xohlasalar va ovqatlanishga sherik topmasalar, bir-ikki mil yurib, birga ovqatlanish uchun sherik izlab kelardilar”. Ikrima ( r.a.) aytadilar: “Ibrohimni (alayhissalom) mehmonlarning otasi, deb atashardi. U kishining uylarida to‘rt eshik bor edi, qaysi eshikdan biror kishi kelarkan, deb qarab o‘tirardilar”. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) deydilar: “Bir-ikki so’ bug‘doydan taom tayyorlab, birodarimni chaqirishim men uchun bozorlaringizga chiqib, qul ozod qilishimdan mahbubroqdir”. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling