Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
283 (r.a.) uni qaerdan topganini so‘rab bilmagunlaricha yemas edilar. Bir kuni xizmatkor bir joydan ovqat olib keldi. U zot odatlariga qarshi taomni surishtirmasdan turib, bir luqma oldilar. G‘ulom: “Har kuni mendan so‘rar edingiz, bu safar so‘ramadingiz”, dedi. Abu Bakr (r.a.) shunda aytdilar: “Sening holingga voy. Meni ochlik chalg‘itdi. Endi xabar ber-chi, bu taomni qaerdan keltirding?”Xizmatkor: “Men johiliyat davrida bir necha kishilarni dam solib davolagan edim. Ular menga ish haqimni berishni va’da qilgan edilar. Bugun ularning uylariga borib, o‘sha va’dalarini eslatdim. Ular mana shu taomni berishdi”, dedi. Abu Bakr (r.a.) shu zahoti qo‘llaridagi taomni tashladilar va qayt qila boshladilar. Qiynalib bo‘lsa-da, o‘sha yutganlari birgina luqmani chiqarib tashlashga harakat qildilar. Ammo unga erisha olmadilar. Hatto ko‘karib, qorayib ketdilar. So‘ngra harakat qilib, yana qodir bo‘lmadilar. Shu yerda ahvolni ko‘rib turgan kishilar: “Ustidan bir kosa suv iching”, deyishdi. So‘ng u kishiga bir idishda suv olib kelishdi. Abu Bakr Siddiq (r.a.) suvni ichib, keyin qayt qildilar. Yeganlarining barchasini chiqarib tashlamagunlaricha to‘xtamadilar. Odamlar: “Bir luqma uchun shuncha azobmi?” deyishdi. Shunda u zot (r.a.) aytdilar: “Payg‘ambarning (s.a.v.): “Alloh taolo harom narsalar bilan ozuqlangan har bir jasadni jannatdan mahrum qiladi”, deb aytganlarini eshitganman”, dedilar”. Faqih aytadilar: “Kim kasbini yaxshi qilishni istasa, beshta narsani o‘zida saqlasin: kasbi tufayli Allohning farzini orqaga surmaslik va kamaytirmaslik, kasbi tufayli Allohning bironta maxluqiga ozor bermaslik, kasbi bilan oilasining iffatini saqlashni niyat qilish va uni mol-dunyo jam qilishga, ko‘paytirishga vosita etmaslik, nafsini kasbi sababidan juda qiynab yubormaslik, rizqini kasbidan emas, balki Allohdan bilib, kasbini sabab ko‘rish”. 712. Payg‘ambarimizning (s.a.v.) shunday deganlari rivoyat qilingan: “Kim mol-dunyoni gunoh yo‘llar bilan topsa, so‘ngra undan sadaqa qilsa yo u bilan qarindoshchilikni bog‘lasa yoki Alloh yo‘lida ishlatsa, qilganlarining hammasi jamlanib, do‘zaxga tashlanadi”. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: “Alloh taolo ribo, poraxo‘rlik, xiyonat, g‘ulul yoki o‘g‘irlik orqasidan haj qilgan kishining haj va umrasini, jihodini, sadaqasini, qul ozod qilishini va nafaqasini qabul qilmaydi”. Keyin: “Besh narsa besh narsa bilandir”, deb qo‘ydilar. 713. Ibn Mas’ud (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.): “Agar banda haloldan kasb qilib, undan sadaqa va infoq qilsa, ajr va barakotga erishadi. Ammo haromdan mol topib, bu ishlarni (sadaqa, infoq) qilsa yoki uni (topganini) ortidagilarga qoldirsa, unga faqatgina do‘zax olovi ziyoda bo‘ladi. Albatta, Alloh taolo yomonlikni yomonlik bilan emas, yaxshilik bilan o‘chiradi”. 714. Hasan Basriydan (Alloh rahmat qilsin) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Albatta, haqiqiy mol narsalarni tashib keltirib sotganning molidir. Tijoratchilaringizning yomoni oralaringizda muqim turib, (ya’ni, safar qilmay) sizlar bilan talashib-tortishadiganlaridir”. 715. Payg‘ambar (s.a.v.) yaxshi kasb to‘g‘risida so‘ralganlarida shunday deganlar: “Kishining o‘z qo‘li bilan qilgan mehnati va har bir mabrur savdo», ya’ni, shubha va xiyonat bo‘lmagan savdo. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 284 716. Qatoda (Alloh u zotdan rozi bo‘lsin): “Aytishlaricha, rostgo‘y tijoratchi qiyomat kunida arshning soyasi ostida bo‘ladi”, dedilar. ________________ Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling