Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
282 Ali ibn Abu Tolib (r.a.) aytadilar: “Savdogar din ilmida faqih bo‘lmasa, riboga botibdi, riboga botibdi, riboga botibdi”. Umar ibn Xattob (r.a.) dedilar: “Kim dinda faqih bo‘lmasa, bozorlarimizda savdo qilmasin”. Sufyoni Savriy (r.a.) aytadilar: “Bozor ahlining kiyimlariga aldanmanglar. U kiyimlarning ichida bo‘rilari bordir”. Yana Sufyoni Savriy aytadilar: “Boylarning qo‘shnisi, bozorlarning qorisi va amirlarning olimi bo‘lishdan saqlaninglar”. Muhammad ibn Abu Shamol bozorga kirib aytar edilar: “Ey bozor ahllari, bozorlaringiz kasod, sotishlaringiz fasod, qo‘shnilaringiz hasad qiluvchi va joylaringiz do‘zax (bo‘lib qolmasin)”. Ibn Abbos (r.a.) aytdilarki: “Halol kasb qilish tog‘ni toqqa ko‘chirishdan og‘irdir”. Yunus ibn Ubayd (r.a.) dedilar: “Bugungi kunda infoq qilinayotgan dirhamlarning pokizasi juda kam, bajarilayotgan amallarning islomiyi tansiq, sunnatga amal qiluvchi olimlar juda oz. Dunyo kamchilliklari ichida bulardan-da ozini bilmayman. Ular ko‘paymaydilar, ko‘paysa ham, ozgina ko‘payadi. Agar halol dirham topganimizda, dardlarimizni davolagan bo‘lardik”. 709. Maoz ibn Jabal (r.a.) aytadilar: “Har bir banda qiyomat kuni Alloh taologa ro‘baro‘ qilinadi va qadami uzilmasdan to‘rt narsa – jasadini nimaga urintirgani, umrini nima bilan o‘tkazgani, ilmiga qanday amal qilgani va mol-dunyosini qaerdan topib, qaerga sarflagani haqida so‘raladi”. Hakimlardan biri aytadi: “Munofiq kishi dunyoni hirs bilan oladi, shubha qilib, (zakotni) man’ etadi, riyo bilan sadaqa beradi. Uzoqni ko‘zlovchi mo‘min dunyoni qo‘rqinch bilan oladi, shukr qilib saqlaydi, Alloh taolo uchun xolis sarflaydi». Yahyo ibn Maoz (r.a.) aytadilar: “Toat Allohning xazinasida saqlab qo‘yilgandir. Uning kaliti duo. Kalitning tishlari halol luqma. Ibn Shabrama deydilar: “Ajabo, shunday kishilar borki, kasallikdan qo‘rqib, haloldan tiyiladi. Nima uchun do‘zaxdan qo‘rqib, haromdan saqlanmaydi”?! 710. Jobir (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Ey odamlar, hech biringiz rizqingizni mukammal olmaguningizcha o‘lmaysiz. Rizqda shoshilmanglar, Allohdan qo‘rqinglar, chiroyli talab etinglar. Sizlarga nima halol qilingan bo‘lsa, uni olinglar va Alloh harom etgan narsani tashlanglar”. Hakim aytadilar: “Odamlar kasb-korlariga qarab, besh toifadir. Birinchi toifa rizqni kasbdan deb biladi. Ular kofirlardir. Ikkinchisi Allohdan va kasbdan deb biladi. Ular mushrikdir. Uchinchi toifa unga rizq beriladimi yoki yo‘qmi, bilmaydi. Ular munofiqlardir. To‘rtinchi toifa rizqni Allohdan biladi. Ammo kasbi tufayli gunoh qiladi va uning haqqini ado etmaydi. Ular fosiqlardir. Beshinchi toifa rizqni Allohdan deb bilib, kasbni sabab ko‘radi, haqqini ado etadi va Allohga osiylik qilmaydi. Ular ixlosli mo‘minlardir”. 711. Zayd ibn Arqamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: “Abu Bakr Siddiqning (r.a.) bir xizmatkorlari bo‘lib, u topgan pulidan har kuni taom keltirardi. Abu Bakr Siddiq |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling