Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
285 Abdulloh ibn Umar (ikkovlaridan ham Alloh rozi bo‘lsin) biron ovqat tayyorlatsalar, ko‘chadan hay’atli kishi o‘tsa, chaqirmasdilar, miskin o‘tsa, chaqirar edilar va: “Ovqatga ishtahasi yo‘q kishini chaqirib, ovqatga muhtoj bandani tark qilasizlarmi?” derdilar. 719. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.): “Odamlarni ko‘proq jannatga kiritadigan narsa nima?” deb so‘rashdi. U zot: “Allohdan qo‘rqish va yaxshi xulq”, dedilar. So‘ng do‘zaxga odamlarni ko‘proq kirgizadigan narsa haqida savol berishdi. “Ikki bo‘sh (qo‘yilgan) narsa – og‘iz va farj hamda yomon xulq”, deb javob qildilar. Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: “Yaxshi xulq, yaxshi qo‘shnichilik va qarindoshlar bilan bog‘lanib turish yurtlarni obod etadi, umrlarni ziyoda qiladi, garchi qavm fojir bo‘lsa ham 720. Ibn Umar (r.a.) aytadilar: “Men Nabiy (s.a.v.) masjidlarida Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Abdurahmon, Ibn Mas’ud, Maoz, Huzayfa, Abu Said Xudriylar (Alloh hammalaridan rozi bo‘lsin) bilan birga o‘tirgan edim. Madinalik bir yigit kelib, Payg‘ambarga (s.a.v.) salom berdi. So‘ng o‘tirib: “Mo‘minlarning qaysisi afzal?” deb savol qildi. Nabiy (s.a.v.): “Xulqi yaxshirog‘i”, dedilar. Keyin: “Mo‘minlarning qaysisi ziyrakroq?” deb so‘radi. “O‘limni ko‘p eslaguvchilar va o‘lim kelmasidan oldin unga hozirlik ko‘ruvchilar, ana o‘shalar ziyrakdirlar”, deb javob qildilar Rasuli Akram (s.a.v.). Yigit boshqa hech narsa so‘ramadi. So‘ngra Payg‘ambar (s.a.v.) bizlarga yuzlanib aytdilar: “Ey muhojirlar va ansorlar jamoasi, beshta xislat borki, men ularni sodir etishlaringizdan Allohdan panoh tilayman: qaysi qavmda fohisha ish oshkoralik darajasigacha borsa, oralarida bo‘lmagan vabo kasalligi va ochlik yoyiladi, tarozi va o‘lchovdan urib qolsalar, qahatchilik bilan jazolanadilar va ularga zolim podsho sultonlik qiladi, mollarining zakotini bermasalar, osmonning yomg‘iridan mahrum qilinadilar, agar hayvonlar bo‘lmasa edi, ularga yomg‘ir yog‘masdi, Alloh va Uning rasuliga bergan ahdlarini buzsalar, Alloh taolo dushmanlarini ulardan ustun qilib qo‘yadi, agar imomlari Allohning kitobi bilan hukm qilishni tark etsalar, oralarida ixtilof paydo qiladi”. 721. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot aytadilarki: “Sizlar odamlarni mol -dunyoingiz bilan yig‘a olmaysizlar. Balki yaxshi xulq va ochiq yuz bilan (atrofingizga) to‘play olasizlar”. 722. Abdurahmon ibn Jubayr otasidan, otasi Navos ibn Sam’on Ansoriydan (r.a.) rivoyat qiladi. U kishi aytadilar: “Payg‘ambardan (s.a.v.) yaxshilik va yomonlik to‘g‘risida so‘radim. “Yaxshilik – go‘zal xulqdir. Gunoh –ko‘nglingda paydo bo‘lib, uni odamlarga oshkor qilishni yomon ko‘rgan narsangdir”, deb javob qildilar”. 723. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizning (s.a.v.) shunday deganlarini rivoyat qiladilar: “Kishining saxovati – uning dini, muruvvati – aqli, nasl-nasabi – xulqidir 724. Abu Sa’laba Xoshaniy Nabiydan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Menga sizlarning sevimlirog‘ingiz va oxiratda menga eng yaqin turadiganingiz xulqi go‘zal bo‘lganlaringizdir. Menga yoqimsizingiz va oxiratda mendan uzoq turadiganingiz xulqi yomonlaringizdir”. Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: “Yaxshi xulq quyosh qorni eritganidek, xatolarni eritadi, yomon xulq ham asalni sirka buzganidek, amalni buzadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling