Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
“Albatta, mana shu Mening to‘g‘ri yo‘limdir. Bas, shu yo‘lga ergashinglar!
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Yomon makr-hiyla esa, faqat o‘z egalarini o‘rab halok qilur”
“Albatta, mana shu Mening to‘g‘ri yo‘limdir. Bas, shu yo‘lga ergashinglar!
Allohga bergan ahdingizga vafo qilinglar! Shoyadki, eslatma (nasihat) olursizlar deb sizlarni mana shu narsaga buyurdi” (An’om surasi, 153-oyat). Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 293 Muhammad ibn Ka’b Quraziy aytadilar: “Agar uchta narsani qoldirmasdan qilishga qodir bo‘lsang, hech qoldirma: biror kimsaga zo‘ravonlik qilma. Chunki Alloh taolo aytadi: “Ey odamlar, bu zo‘ravonligingiz faqat o‘zingizning ziyoningizdir” (Yunus, 23- oyat). Hech kimga makr qilma, chunki Alloh taolo: “Yomon makr-hiyla esa, faqat o‘z egalarini o‘rab halok qilur” (Fotir, 43-oyat). Ahdingni hech qachon buzma, chunki Alloh taolo bu haqda: “Endi kim (qasamyodini) buzsa, bas, u faqat o‘z ziyoniga bo‘lur”, deb aytgan (Fath, 10-oyat). Ibrohim ibn Adham aytadilar: “Zuhd uch xil bo‘ladi: zuhdi farz, zuhdi fazl va zuhdi salomat. Zuhdi farz haromda zuhd qilish. Zuhdi fazl halolda zuhd qilish. Zuhdi salomat shubhalarda zuhd qilishdir”. So‘ng yana aytdilar: “Taqvo ikki xildir: farz taqvosi, saqlanish taqvosi. Farz taqvosi – Alloh taologa ma’siyat-gunoh qilishdan taqvo qilish, saqlanish taqvosi – shubhalardan taqvo qilish. G‘am ham ikki xildir: biri foyda beradi, boshqasi zarar. Foydali bo‘lgan g‘am oxirat g‘amidir. Zararli bo‘lgan g‘am dunyo va uning ziynatlari uchun uyg‘ongan g‘am”. Faqih aytadilar: “Xolis taqvo ko‘zni xaromdan, tilni g‘iybat va yolg‘ondan tiyish, barcha a’zolarni haromdan saqlashdir”. Umar ibn Xattobga (r.a.) Shom shahridan zaytun yog‘i keltirishdi. Yog‘ bir necha idishga solingan edi. Umar (r.a.) uni odamlarga qadah bilan taqsim qila boshladilar. U yerda sochi o‘sib ketgan bir yigit ham bor edi. Bo‘shagan idishning yog‘ini boshiga surtardi. Shunda Umar (r.a.) u yigitga: “Soching musulmonlarning yog‘iga rag‘batli ekanini ko‘ryapman”, dedilar va qo‘lidan tutib, sartaroshga sochini oldirishga jo‘natdilar. Yigit sochini oldirdi. Umar (r.a.) unga: “Mana shu ish senga yengilroqdir”, dedilar. Ibrohim ibn Adhamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi Ummonga borayotganlarida bir hayvonni ijaraga oldilar. Ketayotib, qamchilari tushib qoldi. Shunda u zot ulovdan tushdilar, uni bog‘ladilar, keyin ortga piyoda qaytib, qamchini olib keldilar. U kishiga: “Ulovingizning boshini burib, qamchini olsangiz bo‘lmasmidi?” deyishdi. Shunda Ibrohim ibn Adham aytdilar: “Men uni faqat borish uchun ijaraga olganman, qaytish uchun olganim yo‘q”. 739. Maoz ibn Jabal (r.a.) hikoya qiladilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) bilan birga edim. U kishi egarlangan eshakning ustida o‘tirgan edilar. Menga: “Ey Maoz, bandalarning ustidagi Allohning haqqi nima?” dedilar. “Alloh va Uning rasuli biluvchiroq”, deb javob berdim. “Allohga hech narsani shirk keltirmasdan, Ungagina ibodat qilmoq”, dedilar. So‘ng aytdilar: “Bularni qilgandan keyin Allohning zimmasidagi bandalarning haqqi nima?” Yana: “Alloh va rasuli biluvchiroq”, dedim. “Ularni jannatga kirgizish”, dedilar Nabiy (s.a.v.). _____________ Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling