Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
291 Fuzayl ibn Iyoz (r.a.) aytadilar: “Beshta narsa baxtning alomatidan: qalbdagi qat’iy ishonch, dindagi taqvo, dunyoning ichida turib, undan yuz o‘girish –zuhd, ikki ko‘zdagi hayo va badandagi qo‘rqinch. Beshta narsa badbaxtlik alomatidan: qalbning qattiqligi, ikki ko‘zning quruqligi (ya’ni, Allohdan qo‘rqib yig‘lamaslik. – Muharrir), hayoning ozligi, dunyoga rag‘bat etish, uzun orzu qilish”. Umar ibn Xattob (r.a.): “Bizlar o‘nta halolning to‘qqiztasini shubha yoki haromga tushib qolamiz, degan qo‘rqinchda tark qildik”, deydilar. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) ham shunga o‘xshash gapni aytganlar. Yana hakimlardan biri deydilar: “Dunyoning ishlari ajib, lekin men g‘ururlangan odam bolasining beshta narsasiga ajablanaman: 1) dunyosi ko‘p bo‘lgan kishining ortiqcha molini muhtoj bo‘ladigan kuni (ya’ni, oxirati) uchun ishlatmaganiga hayronman; 2) gapiruvchi tilning Alloh zikridan, Qur’on tilovat qilishdan qolganiga ajablanaman; 3) salomat bo‘lgan, lekin ro‘za tutmasdan yurgan odamga hayronman. Qanday qilib oyda uch kun ro‘za tutmaydi va ro‘za tutsa, ro‘zasining mukofoti qanday bo‘lishi haqida fikr yuritmaydi; 4) tonggacha uxlaydigan kishiga ajablanaman. Nega kechasidagi ikki rak’at namozning fazli haqida fikrlamaydi, fikr yuritib, bir soatgina qoim bo‘lmaydi; 5) Allohga isyon qilishga jur’at etgan kishiga hayron bo‘laman. Alloh qaytargan, gunoh ishlarni qiyomat kuni Unga ro‘baro‘ bo‘lishini bilaturib qiladi. Qilgan ishi xususida fikr yuritmaydi, yomonlikdan qochmaydi”. Ibn Muborak (r.a.) aytadilar: “Haromdan topilgan bir so‘mni tark etish yuz ming so‘mni sadaqa qilishdan afzaldir”. Abdulloh ibn Muborak haqida bunday rivoyat ham bor. U kishi Shom shahrida hadis yozayotgan edilar, yozayotgan qalamlari sinib qolib, bir kishidan qaytarib berish sharti bilan qalamini oldilar. Yozib bo‘lgach, qaytarish yodlaridan ko‘tarilib, qalamdonga solib qo‘ydilar. So‘ng Marv shahriga kelganlarida, qalamni ko‘rib qoldilar va uni qaytarishni unutgani yodlariga tushdi, so‘ng qalamni egasiga yetkazish uchun yana Shom safariga hozirlandilar. 736. Sha’biy (r.a.) No‘’mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qiladilar. U kishi aytadilar: Payg‘ambarning (s.a.v.) bunday deganlarini eshitdim: “Harom va halol narsalar bayon etildi. Ikkovining o‘rtasida ko‘p shubhali narsalar bor. Ularni ko‘pchilik insonlar bilishmaydi. Kim harom narsalardan saqlansa, dini va nomusini pok saqlabdi. Kim shubhali narsalarga tushib qolsa, harom narsalarga yo‘liqadi. Bu hol cho‘pon qo‘ylarni ta’qiqlangan joy yaqinida boqqanida, unga o‘tib ketishi mumkinligiga o‘xshaydi. Ogoh bo‘linglarki, har bir podshohning ta’qiqlari bordir. Allohning ta’qiqlari harom qilgan narsalaridir. Ogoh bo‘linglarki, jasadda bir parcha go‘sht bor. Agar u to‘g‘ri bo‘lsa , butun jasad to‘g‘ri bo‘ladi, agar buzilsa, butun jasad buziladi. Ogoh bo‘linglar, u qalbdir”. Abu Muso Ash’ariy (r.a.) aytadilar: “Har bir narsaning chegarasi bo‘ladi. Islom chegaralari quyidagilar: taqvo, kamtarlik, shukr, sabr. Taqvo ishlarning asosidir, kamtarlik kibrdan uzoq bo‘lish, sabr do‘zaxdan najot topish, shukr jannat bilan mukofotlanishdir”. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 292 737. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Agar sizlar egilib qolguningizgacha namoz o‘qib, torga o‘xshab qolguningizgacha ro‘za tutsalaringiz ham, faqat taqvo bilangina ular sizga foyda beradi”. Faqih aytadilar: “Taqvoning alomati o‘nta narsada bilinadi: 1. Tilni g‘iybatdan saqlash. Alloh taolo aytadi: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling