Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amal va niyat birligi bobi hadislari
- OLTMISH SAKKIZINCHI BOB MAG‘RURLANISH
www.ziyouz.com kutubxonasi
299 beriladi. Qanchalab uyg‘oq namozxonlar bor, ular uyquda, deb yoziladi. Kishi sahar vaqtida turib, tahorat qilib, so‘ng bomdod vaqti chiqqunicha namoz o‘qishga odatlangan bo‘lsa, ammo bir kecha o‘sha niyat bilan yotib, ertalabgacha uxlab qolsa, keyin uyg‘onib ketib, namozni o‘tkazib yuborganiga xafa bo‘lsa va istirjo’ aytsa, uni namozni vaqtida o‘qigan, deb yoziladi va niyati bilan uning savobiga erishadi. Yana bir kishi kechasi turib, namoz o‘qishga odatlanmagan, ammo kechasida tong otdi, deb gumon qilib, turib tahorat olib, masjidga kirsa, hali tong otmagan bo‘lsa, so‘ng bomdod namozi vaqti kirishini kutib, o‘ziga-o‘zi, hali bomdod namozi vaqti bo‘lmaganini bilganimda, o‘rnimdan turmasdim, desa, shu niyati uchun uyg‘oq bo‘lsa ham, uxlovchilardan deb yoziladi”. ________________ Amal va niyat birligi bobi hadislari 749-hadis. Juda zaif. Bayhaqiy, Qazoiy rivoyat qilgan. 750-hadis. Avvali Buxoriy va Muslimning hadislarida kelgan. So‘ngining isnodi noma’lum. 751-hadis. Isnodi noma’lum. 752-hadis. Juda zaif. Bayhaqiy, Qazoiy rivoyat qilgan. 753-hadis. Isnodi noma’lum. 754-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan. 755-hadis. Sahih. Termiziy, Ibn Hibbon, Abu Na’im rivoyat qilgan. 756-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 757-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan. 758-hadis. Ibn Najjor rivoyat qilgan. 759-hadis. Sahih. Muslim, Nasoiy, Ahmad rivoyat qilgan. OLTMISH SAKKIZINCHI BOB MAG‘RURLANISH Faqih Abu Lays Samarqandiy rivoyat qiladilar. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.): “Najot ikki narsada: taqvo bilan niyatdadir. Halokat ham ikki narsada: umidsizlik ila mag‘rurlanishda”, dedilar. Vahb ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Sizlardan avvalgilarning ichida Allohga yetmish yil ibodat qilgan kishi bor edi. Haftada bir kun, ya’ni shanbada og‘zi ochiq bo‘lardi. Qolgan kun ro‘zador edi. U Allohdan bitta hojatini so‘radi. Ammo hojati ravo bo‘lmadi. Shunda nafsiga, agar senda yaxshilik bo‘lganida, hojating bajarilar edi, ammo oldin gunoh ishlar qilgansan, dedi. Shu zahoti bir farishta tushib: “Ey odam farzandi, o‘zingni haqir hisoblaganing oldin qilgan yetmish yillik ibodatingdan yaxshidir”, dedi. Sha’biy aytadilar: “Bir kishiga bulutlar soya solib yurardi. Buni ko‘rgan boshqa bir kishi: “Albatta, uning soyasida yuraman”, dedi. Shunda haligi birinchi kishi g‘ururlanib: “Mana bunga o‘xshashlar mening soyamda yuradi”, deb o‘yladi. Vaqti yetib, ular ajralishganida esa, soya ikkinchi kishi bilan ketdi”. Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: Tavbangning to‘g‘ri bo‘lishi gunohingni bilish, amalingning to‘g‘ri bo‘lishi mag‘rurlikdan voz kechishing bilandir”. Umar ibn Abdulazizdan (r.a.) zikr qilinadi. U kishi xutba qilayotganlarida mag‘rurlanib qolishdan qo‘rqsalar, xutbalarini to‘xtatardilar, yozayotganlarida ham mag‘rurlanishdan xavfsirasalar, varaqni yirtib tashlardilar va: “Ey Parvardigor, Sendan nafsimning yomonligidan panoh tilayman”, derdilar”. Mutarrif ibn Abdulloh aytadilar: “Kechasi uxlab qolib, pushaymon holda tong ottirishim |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling