Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
300 kechani uxlamay o‘tkazib, mag‘rurlanib tong ottirishimdan yaxshiroqdir”. Oyishadan (r.a.) bir kishi: “Muhsin bo‘lganimni qachon bilaman?” deb so‘radi. Qachon gunohkorligingni bilsang”, deb javob qildilar. Kishi: “Qachon gunohkorligimni bilaman? deb savol qildi. Oyisha onamiz aytdilar: “Qachonki, o‘zingni muhsin bilsang”. Zikr qilinadiki, Bani isroillik bir yigit dunyodan yuz o‘girdi, odamlardan uzoqlashdi, chet joylarda ibodat qila boshladi. Bu yo‘ldan qaytarish uchun qavmining ikki ulug‘i uning uyiga kelishdi. Keyin: “Ey yigit, sabring yetmaydigan qattiq ishni ushlading”, deyishdi. Yigit: “Odamlarning Alloh huzurida turishi mening bu turishimdan qattiqroqdir”, deb javob qildi. So‘ng: “Qarindoshlaring bor, ibodatingni ularning orasida qilganing afzal”, deyishdi. Yigit aytdi: “Agar mendan Alloh rozi bo‘lsa, boshqa hamma do‘st-qarindoshlar rozi bo‘lishadi”. Ikki shayx: “Sen hali yoshsan, ko‘p narsani bilmaysan, bizlar bu ishda tajriba orttirganmiz va sening bu yo‘lda mag‘rurlanib ketishingdan qo‘rqamiz”, deyishgan edi, yigit: “Kim o‘zini bilsa, mag‘rurlanish unga zarar qilmaydi”, deb javob berdi. Shayxlar shunda bir¬-biriga qarab: “Turdik, ketamiz. Bu yigit jannatning hidini topibdi. Endi bizning so‘zimizni qabul qilmaydi”, deyishdi. Xabarda zikr qilinishicha, Dovud (alayhissalom) dengiz bo‘yiga chiqib, Parvardigorga to‘la bir yil ibodat qildilar. Bir yil o‘tganidan so‘ng: “Ey Rabbim, qaddim bukildi, ko‘zlarim zaiflashdi, diydamda yosh qolmadi. Mening bu ibodatim nima bo‘lishini bilmayman”, dedilar. Alloh taolo qurbaqaga: “Bandam Dovudga javob bergin”, deb vahiy qildi. Qurbaqa aytdi: “Ey Allohning payg‘ambari, siz bir yil Allohga ibodat qilganingizni minnat qilyapsizmi? Sizni haq payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, men o‘ttiz-oltmish yildan beri qamishlar orasida yashab, Unga tasbeh, hamd aytaman. Muskullarim Allohdan qo‘rqqanimdan qaltiraydi”. Dovud (alayhissalom) bu gaplarni eshitib yig‘ladilar. Zikr qilinishicha, ushbu holat Muso (alayhissalom) bir qibtiyni o‘ldirib qo‘yganlarida ham yuz bergan ekan. Faqih aytadilar: “Kim g‘ururini sindirmoqchi bo‘lsa, to‘rtta narsa qilishim kerak bo‘ladi: 1. Tavfiqni (muvaffaqiyatni) Alloh taolodan bilish. Shunda shukr qiladi, nafsiga mag‘rurlanmaydi. 2. Alloh taolo bergan ne’matlarga ibrat ko‘zi bilan qarash. Bunda ham shukr bilan mashg‘ul bo‘ladi, amalini kam sanaydi va qilgan ishiga mag‘rurlanmaydi. 3. Amalining qabul bo‘lmay qolishidan qo‘rqish. Shunda xavfi kuchayadi, nafsiga mag‘rurlanmaydi. 4. Oldingi qilgan gunohlariga qarash. Agar gunohlarining yaxshiliklaridan og‘ir kelishidan qo‘rqsa, nafsiga bo‘lgan g‘ururi sinadi. Inson qiyomat kuni nomai a’molidan nimalar chiqishini bilmay turib, qanday g‘ururlanadi?! Albatta, g‘ururlanish va xursandchilik amal kitobini o‘qigandan keyin aniq bo‘ladi”. Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: “Alloh taoloning: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling