Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
“Ayting: har kim o‘z holicha amal qilur”
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
“Ayting: har kim o‘z holicha amal qilur” (Isro, 84-oyat), degan so‘zini niyatiga ko‘ra,
ya’ni amalning sihhati niyat bilan, deb tushuntirganlar. 749. Nabiy (s.a.v.) aytadilar: “Mo‘minning niyati uning amalidan yaxshidir”. Ahli ilmlarning ba’zilari bu hadis haqida shunday deyishadi: “Chunki kishi niyatining yaxshiligi uchun savob olaveradi, garchi amal qilmagan bo‘lsa ham. Amaliga esa niyatsiz savob ololmaydi”. Bir olim kishi aytadi: “Mo‘minning niyati amalidan yaxshidir. Chunki niyati ko‘p amali kam. U tirik ekan yaxshi amal qilishni niyat etadi, ammo u o‘lgunicha, yaxshi amalni davom ettira olmaydi”. Ba’zilar deyishadi: “Chunki niyat qalbning amalidir. Qalb ma’rifatning makoni. Nimaiki ma’rifat makonidan bo‘lsa, boshqasidan afzaldir”. 750. Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) bunday deganlarini rivoyat qiladilar: “Qiyomat kuni bir bandani keltirishadi. Uning yaxshiliklari katta tog‘lar kabi bo‘ladi. Keyin nido qiluvchi: “Kim mana bu odamdan zulm ko‘rgan bo‘lsa, kelib, undan haqqini olsin”, deb nido qiladi. Odamlar kelib, uning yaxshiliklaridan olishadi. Hattoki yaxshiliklaridan hech narsa qolmaydi. Banda hayron turganida, Rabbi unga: “Mening oldimda sening bir xazinang bor. Uni farishtalarimga ham, maxluqlarimga ham ko‘rsatmaganman”, deydi. Banda: “Ey Rabbim, u nima?” deb so‘raydi. Alloh taolo Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 297 aytadi: “U sening niyatlaring. Sen bir yaxshilikni niyat qilsang, unga yetmishdan oshirib, (savob) yozar edim”. Xabarda rivoyat qilinadi: “Bani Isroil obidlari ichida bir kishi bor edi. Bir kuni u katta qum uyumi oldidan o‘tdi. Shunda ko‘ngliga, agar bu qum uyumi unga aylanib qolsa, och yotgan Bani Isroil xalqini to‘yg‘izardim, degan o‘y keldi. Shunda Alloh taolo ularning payg‘ambariga: “Bu obidga ayt, Men unga unni sadaqa qilgandek ajr berdim”, deb vahiy qildi”. 751. Yana bir xabarda rivoyat qilinishicha, qiyomat kuni banda keltiriladi va oldiga nomai a’moli qo‘yiladi. Amal kitobida haj, umra, jihod, zakot va sadaqani ko‘rib, banda o‘zicha, bulardan hech birini qilgan emasman-ku, bu mening kitobim emas, deydi. Shunda Alloh taolo aytadi: “O‘qi, bu sening kitobing, sen bechora holda yashab, agar menda mol bo‘lganida, albatta, haj qilardim, agar menda mol bo‘lganida, zakot berardim, deb aytar eding. Men sening niyatingda sodiqligingni bildim va bularning hammasini savobini berdim”. Faqih Abu Lays aytadilar: “Kishi ozgina narsasini qizg‘onmasa, niyatining to‘g‘riligi ma’lum bo‘ladi. Masalan, yo‘lda qolgan hojini ko‘rib, menda ham mol bo‘lganida, haj qilardim, ammo imkoniyatim yo‘q, faqat ikki dirhamimgina bor, ularni shu kishiga beray, desa, yoxud qiynalib qolgan g‘oziyni ko‘rib, menda ham mol bo‘lganida, albatta, shunday qilardim, ammo imkonim yo‘q, faqat ozgina pulim bor, ularni mana shu muhtoj g‘oziyga yoki miskin qo‘shnimga beray, desa va bersa, niyatining xolisligi ko‘rinadi. Ammo ozgina narsasini ham qizg‘anib, baxillik qilsa (oziga baxillik qilgan kishining ko‘piga ham baxillik qilishini Alloh biladi), uning uchun haj qilay, yordam beray, degan niyatlarida savob yo‘q. Bir kishi: “Agar Qur’onni yodlaganimda, kechayu kunduz o‘qir edim”, desa va yodlagan bittagina surasini kechayu kunduz o‘qisa, Alloh taolo uning Qur’onni to‘la yod olganida, hammasini o‘qishini biladi va Qur’onning qolganini ham yodlashni nasib qiladi. Agar o‘zida bor narsani ham o‘qimasa, o‘z-o‘zidan uning niyati xolis emasligi bilinadi”. 752. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Mo‘minning niyati amalidan yaxshi, munofiqning amali esa, niyatidan afzal”. 753. Muhammad ibn Ali Nabiydan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot aytadilar: “Kim bir kishini, garchi uning do‘zaxi ekani Allohning ilmida bitilgan bo‘lsa ham, adolatliligi uchun Alloh yo‘lida yaxshi ko‘rsa, Alloh taolo uni sevganga ahli jannatni sevgandek ajr beradi. Kim bir kishini Allohning ilmida jannati bo‘lsa ham, zolimligi uchun yomon ko‘rsa, Alloh taolo uni yomon ko‘rishiga xuddi ahli do‘zaxni yomon ko‘rgandek ajr beradi”. Xabarda rivoyat qilinadi: Alloh taolo Musoga (alayhissalom) dedi: “Ey Muso, Men uchun biror amal qildingmi?” Muso (alayhissalom) aytdilar: “Ey Allohim, Sen uchun namoz o‘qidim, Sen uchun ro‘za tutdim, Sen uchun sadaqa qildim va Seni zikr qildim”. Alloh taolo dedi: “Namozing sen uchun dalil, ya’ni hujjatdir, ro‘za – to‘siq, sadaqa – soya, zikr nurdir. Ammo Men uchun biron kishini do‘st tutdingmi yoki Men uchun biron kishini dushman bildingmi?” Shundan keyin Muso (a.s.) amallarning afzali Alloh yo‘lida yaxshi ko‘rish va Alloh yo‘lida yomon ko‘rish ekanini bildilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling