Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
298 754. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taolo sizlarning suratlaringizga, mollaringizga va ahvollaringizga qaramaydi. Balki amallaringizga va qalblaringizga qaraydi”. 755. Oyisha onamiz ham (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot (s.a.v.) aytdilar: “Kim odamlarning g‘azabidan (qo‘rqmay) Allohning roziligini izlasa, Alloh ham, odamlar ham undan rozi bo‘ladi. Kim Allohning g‘azabidan (qo‘rqmay) odamlarning rizoligini izlasa, Alloh taolo ham, odamlar ham unga g‘azab qiladi”. 756. A’mash Abu Amr Shayboniydan, u kishi Abu Mas’ud Ansoriydan (hammalaridan Alloh rozi bo‘lsin) rivoyat qiladilar: “Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga urushga chiqishni xohlagan bir kishi kelib, shunday dedi: “Ey Rasululloh, menga ulov bering”. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Falonchiga bor, senga ulov beradi”. O‘shanga borgan edi, tuya berdi. So‘ngra Payg‘ambarga (s.a.v.) kelib, buning xabarini aytdi. Shunda Nabiy (s.a.v.): “Kim yaxshilikka dalolat qilsa, unga uni qilgan kishining ajri kabi ajr bor”, dedilar. Boshqa bir hadisda: “Yaxshilikka dalolat qiluvchi uni bajaruvchi kabidir”, deyilgan. 757. Huzayfa ibn Yamon (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) zamonlarida bir tilanchi kelib, narsa so‘radi. Qavm jim qoldi. Keyin bir kishi unga bir narsa berdi. Keyin boshqalar ham unga berdi. Nabiy (s.a.v.) shunda aytdilarki: “Kim bir yaxshilikni joriy qilsa yoki unga sabab bo‘lsa, u ishning savobi va unga ergashganlarning savoblari hech kamaytirilmasdan unga ham beriladi. Kim bir yomonlikni joriy qilsa yoki unga sabab bo‘lsa, uning gunohi va unga ergashganlarning gunohi hech kamaytirilmagan holda unga ham yoziladi”. 758. Tamim Doriy Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Kim qiyomat kuni beshta xislat bilan kelsa, jannatdan adashmaydi. Alloh uchun, rasuli uchun, kitobi uchun, musulmonlarning imomlari uchun va butun omma uchun samimiy-beg‘araz bo‘lgan (holda kelsa)”. 759. Boshqa xabarda rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Ogoh bo‘linglarki, din samimiyatdir”, dedilar. “Ey Rasululloh, kim uchun samimiyat?” deb so‘rashdi. Alloh uchun, rasuli, kitobi va jamiki musulmonlar uchun samimiyat”, deb javob qildilar. Faqih aytadilar: “Alloh uchun samimiyat Allohga iymon keltirmog‘ing, odamlarni ham iymonga chaqirmog‘ing va odamlarning hammasini mo‘min bo‘lishini orzu qilmog‘ing. Payg‘ambar (s.a.v.) uchun samimiy bo‘lish esa, u kishiga Alloh taolo tomonidan nima kelgan bo‘lsa, tasdiqlashing, sunnatlarga amal qilishing va odamlarni ham bu ishga boshlashing. Kitobi uchun samimiyat – uni o‘qimog‘ing, unda bor narsalarga amal qilmog‘ing va odamlarning hammasi o‘qishini hamda amal qilishini orzu etmog‘ing. Musulmonlarning imomlariga samimiyat – ularning buyurganlariga itoat qilishing, qaytarganlaridan qaytishing, ularni yaxshilikka undab, yomon ishlardan qaytarishing va ularga qilich bilan qarshi chiqmasligingdir. Musulmonlar uchun samimiy bo‘lish – o‘zing yaxshi ko‘rgan narsalarni ularga ham yaxshi ko‘rmog‘ing, o‘zing yomon ko‘rgan narsani ularga ham ravo ko‘rmasliging, ular orasida do‘stlik va inoqlik bo‘lishini xohlamog‘ing”. Faqih (r.a.) yana aytadilar: “Qancha uxlayotganlar bor, ularga namoz o‘qiyotganning ajri |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling