Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
“Hali qiyomat kunida ayrimlaringiz (ya’ni peshvolaringiz) ayrimlaringizdan
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mag‘rurlanish bobi hadislari 760-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan. OLTMISH TO’QQIZINCHI BOB HAJNING FAZILATI
“Hali qiyomat kunida ayrimlaringiz (ya’ni peshvolaringiz) ayrimlaringizdan
(ergashuvchilaridan) tonur, ayrimlaringiz ayrimlaringizni la’natlar” (Ankabut, 25-oyat), deb aytgani kabi u ham qavmini la’natlaydi. So‘ngra ularga: “Bilib qo‘yinglar, hammalaringiz xuddi mana shu holga tushasiz”, deb aytadi”. Masruq (r.a.) aytadilar: “Kishining olim bo‘lishiga Alloh taolodan qo‘rqishi, ilmsiz qolishiga esa, amaliga mag‘rurlanishi kifoya qiladi”. 760. Mujohid (r.a.) aytadilar: “Said ibn Os Usmonning (r.a.) huzurlariga bir qavmni yubordi. Ular kelib Saidni maqtashdi. Shunda ularning yuziga tuproq sochdilari va: “Men Payg‘ambarning (s.a.v.): “Agar maddohlarni ko‘rsanglar, ularning yuziga tuproq sochinglar”, deganlarini eshitganman”, dedilar”. _____________ Mag‘rurlanish bobi hadislari 760-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan. OLTMISH TO’QQIZINCHI BOB HAJNING FAZILATI 761. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) rivoyat qiladilar: "Bizlar Payg‘ambar (s.a.v.) Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 302 bilan birga edik. Yamandan bir toifa kelib: "Ota-onamiz sizga fido bo‘lsin, bizga hajning fazilatlarini aytib bering", deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "Kim yurtidan haj yoki umra qilish uchun chiqsa, har bir qadamini ko‘tarib bosganida, badanidan gunohlari daraxg yaproqlari to‘kilgandek to‘kildi. Agar Madinaga kirib, men bilan salomlashsa, maloikalar unga salom berishadi. Agar Zul Hulayfaga tushsa va yuvinsa, Alloh taolo uni gunohlardan poklaydi. Qachon ikki yangi kiyim kiysa, Alloh taolo unga yaxshiliklarni yangilaydi. "Lab-baykallohumma, labbayk", desa, Alloh taolo: "Bi-labbayka va sa’dayka. So‘zingni eshityapman. Seni ko‘rib turibman", deydi. Agar Makkaga kirib tavof qilsa, Safo va Marva orasida sa’y qilsa, Alloh unga yaxshiliklarni yog‘diradi. Agar hojilar Arafotda to‘xgasalar, hojatlarini so‘rab, ovozlari ko‘tarilsa, Alloh taolo yetga osmon farishtalariga faxrlanib aygadi: ' Farishtalarim va osmonda turuvchilar, Mening bandalarimni ko‘rmaysizlarmi? Ular Menga turli yo‘l va daralardan o‘tib, chang- g‘uborlarni bosib, mollarini sarflab, tanalarini charchatib kelshtsdi. Izzatim va ulug‘llgimga qasamki, ularning yaxshilari sababli yomonlariga ham yaxshilik beraman va ularni onasidan yangi tug‘ilganidek, gunohlaridan poklayman". Agar tosh otsalar, sochlarini oldirsalar, Baytullohni ziyorat qilsalar, nido qiluvchi arshdan nido "Gunoharingiz kechirilgan holda qaytib, amallaringnzni yangidan boshlanglar". 762. Ali ibn Abu Tolib (karramallohu vajhahu) aytadilar: "Allohning uyini Paygambar (s.a.v.) bilan birga tavof qilayottan edim. Shunda u zotdan: "Ota-onam sizga fido bo‘lsin, bu uy qanaka uy?" deb so‘radim. Nabiy (s.a.v.): "Ey Ali, Alloh taolo bu dunyo hovlisida ummatimning gunohlariga kafforat bo‘lish uchun bino qildi", dedilar. "Ota- onam fido bo‘lsin, Hajarul asvad nima?" deb so‘radim keyin. "Bu tosh jannatda javhar edi. Alloh taolo uni yer yuziga quyosh shu’lasi kabi shu’lali holda tushirdi. Mushriklar qo‘llari bilan ushlagani uchun u qorayib, rangi o‘zgarib ketdi", dedilar Rasululloh (s.a.v.)". 763. Abbos ibn Mardos rivoyat qiladilar: "Nabiy(s.a.v.) arafa kuni oqshomida ummatga rahmat va mag‘firat so‘rab, Alloh taologa uzoq vaqg duo qildilar. Alloh taolodan: "Men shunday qiltanman (yabnii, rahmat va mag‘firat etganman), ammo ular bir-birlariga zulm qiladilar", degan javob keldi. Payg’ambar (s.a.v.) aytdilar: "Ey Rabbim, sen mazlumga zulm ko‘rgani uchun savob berishta, shuningdek, zolimni ham kechirishga qodir zotsan". O’sha kecha Allohstaolo javob bermadi. Ergasi kuni Nabiy (s.a.v.) Muzdalifada shu duni yana takrorladilar. Keyin Alloh: "Men ularni kechyardim", deb javob qildi. So‘ngra Payg‘ambar (s.a.v.) tabassum qildilar. Sahrbalarning ba’zilari: "Yo Rasulalloh, oldinlari hech tabassum qilmagan soatda tabassum qildingiz?" deb savol so‘rashdi. Rasululloh: “Allohning dushmani shaytonga kuldim. U mening ummatim uchun qilgan duoim mustajob bo‘lg‘anini bilib, o‘zini yerga otdi, nafsimga vayl va halokat bo‘lsin, deb boshiga tuproq sochdi", dedilar. 764. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdal (s.a v) rivoyag qiladilar. U kishi (s.a.v.) aytdilar: "Kim Alloh uyini hij qilsa, haj davomida yomon gaplarni gapirmasa, fosiqdik qilmasa, (uyiga) onasidan yangi tug‘ilgandek (pok holda) qaytadi" Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: "Kim bu uyga Allohni xohlab kelsa va tavof qilsa, onasidan yangi tug‘ilgandek pok bo‘ladi". 765. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: "Shaytonni arafa kunidagidek zaifroq, haqirroq, g‘azablanganroq xolda hech qachon ko‘rmagan. Buning sababi faqatgina Allohning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling