Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Erning xotini ustidagi haqlari bobi hadislari
- YETMISH TO‘RTINCHI BOB XOTINNING ERI USTIDAGI HAQQI
www.ziyouz.com kutubxonasi
316 farishtalari to qaytgunicha unga la’nat o‘qishadi”, dedilar. Ka’bul Ahbor aytadilar: “Qiyomat kuni xotindan birinchi so‘raladigan narsa namoz, so‘ng erining haqqi bo‘ladi”. 813. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Agar xotin erining uyidan qochib ketsa, qaytgunicha va qo‘lini erining qo‘liga qo‘yib, nima qilsang, qil, degunicha namozi qabul qilinmaydi. Agar xotin namoz o‘qib, eri uchun duo qilmasa, eriga duo qilmagunicha namozi qabul bo‘lmaydi”. 814. Qatoda (r.a.) aytadilar: “Bizlarga Payg‘ambarning (s.a.v.) Minodagi xutbalarida shunday deganlari zikr qilindi: “Ey odamlar, albatta, sizning xotinlaringizda haqqingiz va xotinlaringizning sizlarda haqqi bor. Ularning ustidagi sizlarning haqlaringiz – ular sizlarning to‘shaklaringizni muhofaza qilmoqlari va sizlar yomon ko‘radigan kishilarning uyingizga kirishiga ruxsat bermasliklari, yomon ish qilmasliklari. Agar ular yuqoridagi ishlarni qilsalar, ularni zarar yetkazmasdan urishlaringiz halol bo‘ladi. Ularning sizning ustingizdagi haqqi – ularni kiyintirishingiz, yaxshilik bilan nafaqa qilishingiz”. 815. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Agar xotin besh vaqt namozini o‘qisa, ramazon oyi ro‘zasini tutsa, avratini saqlasa va eriga itoat qilsa, jannat eshigining xohlaganidan kiradi”. 816. Payg‘ambar (s.a.v.) yana aytganlar: “Agar erni ikki burnining biridan qon va biridan yiring oqsa, uni xotini artsa, bu bilan ham erining haqqini ado qilolmaydi”. _________________ Erning xotini ustidagi haqlari bobi hadislari 811-hadis. Zaif. 812-hadis. Zaif. 813-hadis. Zaif. 814-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Mojjalar rivoyat qilgan. 815-hadis. Sahih. “Sahihul-jome’”ga qarang. 816-hadis. Zaif. Bazzor, Hokim rivoyat qilgan. YETMISH TO‘RTINCHI BOB XOTINNING ERI USTIDAGI HAQQI 817. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) aytadilar: “Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambardan (s.a.v.): “Qaysi mo‘minlarning iymoni mukammalroq?” deb so‘rashdi. Nabiy (s.a.v.): “Ahllari bilan yaxshi xulqda bo‘lganlari”, deb javob qildilar“. 818. Ibn Umar (r.a.) Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Hammalaringiz boshliqsiz va hammalaringiz qo‘l ostingizdagilardan so‘ralasiz. Odamlarga boshliq bo‘lgan imom raiyatidan mas’uldir. Ahliga boshliq erkak ahlidan mas’ul, qul xo‘jayinining moliga boshliq va undan so‘raladi, xotin erining uyiga boshliq va u qo‘l ostidagi narsalardan so‘raladi. Ogoh bo‘linglarki, hammalaringiz boshliqsizlar va hammalaringiz qo‘l ostidagi narsasidan so‘raluvchisizlar”. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling