Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
“Ey payg‘ambarlar, halol-pok taomlardan yenglar va yaxshi amallar qilinglar!”
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
“Ey payg‘ambarlar, halol-pok taomlardan yenglar va yaxshi amallar qilinglar!”
(Mo‘minlar, 51-oyat), bu ummatga qarata: “Ey mo‘minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz pokiza narsalardan yenglar!” (Baqara, 172-oyat), dedi. 3. Har bir payg‘ambar uchun aytdi: “Menga duo qiling, ijobat qilaman”, dedi, bu ummat uchun esa: Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 313 “Menga duo-iltijo qilinglar, Men sizlarga (qilgan duolaringizni) mustajob qilurman” (G‘ofir, 60-oyat), deb va’da berdi”. Aytishlaricha, Alloh taolo musulmon ummatini beshta narsa bilan ikrom qilgan: 1. Kibrlanmaslik uchun ularni zaif qilib yaratdi. 2. Ovqat, ichimlik va kiyimga bemalol bo‘lsin, deb ularni kichkina qildi. 3. Gunohlari kam bo‘lsin uchun umrlarini qisqa qildi. 4. Hisob-kitoblari qiyomatda oson bo‘lsin uchun ularni kambag‘al qilib yaratdi. 5. Qabrlarida kamroq yotsin, deb ularni oxirgilardan qildi. Zikr qilinishicha, Odam (alayhissalom) aytganlar: “Alloh taolo Muhammadning (s.a.v.) ummatiga menga bermagan to‘rtta mukarramlikni beradi: 1. Mening tavbam Makkada qabul bo‘ldi. Muhammadning (s.a.v.) ummati qaerda tavba qilsa, Alloh qabul qiladi. 2. Men kiyimda edim, gunoh qilganimdan keyin yalang‘och holga tushdim. Muhammadning (s.a.v.) ummati esa, yalang‘och holda gunoh qiladi, so‘ngra Alloh ularni kiyintirib qo‘yadi. 3. Gunoh qilganimda men va xotinim orasini ajratdi. Muhammad (s.a.v.) ummati gunoh qiladi, lekin ular bilan xotinlari orasini ajratmaydi. 4. Men jannatda gunoh qildim va meni u yerdan chiqardi. Muhammad (s.a.v.) ummati jannatdan tashqarida gunoh qiladi. So‘ngra tavba qilib, unga kiradi”. 809. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) bilan muhojiru ansorlar birga o‘tirgan edik. Shu vaqt yahudiylardan bir jamoa keldi. “Ey Muhammad, – deyishdi ular, – bizlar sendan Alloh taolo Muso ibn Imronga bergan, payg‘ambar va muqarrab farishtalaridan boshqa hech kimga berilmagan kalimalar haqida so‘raymiz”. Payg‘ambar (s.a.v.): “So‘ranglar-chi”, dedilar. “Bizga ummatinga Alloh farz qilgan besh vaqt namozning xabarini ber”, deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Quyosh zavolga ketib, peshin namozi vaqti kirsa, hamma narsa Parvardigoriga tasbeh aytadi. Asr namozi vaqtidagi bir soatda Odam (alayhissalom) daraxtdan yedi. Shom namozidagi bir soatda Alloh taolo Odamning (alayhissalom) tavbasini qabul qildi. Qaysi mo‘min bu namozni chin ko‘ngildan o‘qisa, keyin Allohdan bir narsani so‘rasa, Alloh u narsani unga beradi. Xufton namozini mendan oldingi payg‘ambarlar ham o‘qigan. Bomdod namozi, esa quyosh u vaqtda shaytonning ikki shoxi orasidan chiqadi va hamma kofirlar Allohni qo‘yib, unga sig‘inadi”. Yahudiylar: “To‘g‘ri aytding, ey Muhammad, endi namoz o‘qiganga qanday savob borligining xabarini ber”, deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Peshin namozi vaqtida jahannam qizdiriladi. Qaysi mo‘min bu namozni o‘qisa, Alloh taolo qiyomat kuni jahannamning shiddatli, issiq shamollarini unga harom qiladi. Asr namozini o‘qisa, Alloh taolo uni onasidan tug‘ilgandek gunohlaridan poklab qo‘yadi”. So‘ng bu oyatni o‘qidilar: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling