Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Nizolashganlar o‘rtasini isloh qilish va arazlashishdan qaytarish bobi hadislari
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
Nizolashganlar o‘rtasini isloh qilish va arazlashishdan qaytarish bobi hadislari
823-hadis. Muttafaqun alayh. 824-hadis. Zaif. 825-hadis. Zaif. 826-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan. 827-hadis. Hasan. Ibn Hibbon, Bayhaqiy, Tabaroniy rivoyat qilgan. 828-hadis. Hasan-sahih. Termiziy, Ibn Mojja rivoyat qilgan. 829-hadis. “Kanzul-ammol”da keltirilgan. 830-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan. 831-hadis. Juda zaif. Ibn Abud Dunyo, Bayhaqiy, Asbahoniy rivoyat qilgan. 832-hadis. Sahih. Muslim, Molik, Ahmad rivoyat qilgan. 833-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan. 834-hadis. Muttafaqun alayh. 835-hadis. Isnodi noma’lum. “Al-majma’”ga qarang. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 321 YETMISH OLTINCHI BOB SULTONLARGA ARALASHISH 836. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) aytadilar: Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar (s.a.v.) aytganlar: “Olimlar sultonlarga aralashmasalar va dunyoga kirmasalar, payg‘ambarlarning omonatdorlaridir, agar sultonga qo‘shilsalar, dunyoga kirishib ketsalar, bas, ulardan uzilinglar va ehtiyot bo‘linglar”. 837. Ubayd ibn Umayr rivoyat qiladi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kishi sultonga qancha ko‘p yaqinlashsa, Allohdan shuncha ko‘p uzoq bo‘ladi. Agar unga ergashuvchilar ko‘paysa, demak, uning shaytonlari ko‘payadi, moli ko‘paysa, demak, hisobi qattiqlashadi”. Huzayfa (r.a.): “Fitnalarga muvofiq bo‘lib olishdan saqlaninglar”, dedilar. “Fitnaga muvofiq bo‘lish nima?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “Amirlarning eshigiga borish”. Ibn Umarga: “Biz sulton oldida bir so‘zni gapiramiz, chiqqandan keyin esa, uning teskarisini gapiramiz”, deyishdi. U kishi: “Biz bu narsani munofiqlik deb sanaymiz”, dedilar. Ibn Mas’ud (r.a.): “Agar dindor kishi saltanat egasi oldiga kirsa, dinsiz bo‘lib chiqadi”, dedilar. “Qanday qilib?” deb so‘rashdi. “Allohning g‘azabini keltiradigan narsalar bilan uni rozi qiladi”, dedilar Ibn Ma’sud (r.a.). Oldingilardan biri aytgan ekan: “Agar qorining boylar bilan aralashganini ko‘rsang, bilginki, u riyokordir. Agar olimning amrilar bilan aralashganini ko‘rsang bilgilki, u o‘g‘ridir”. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: “Bu ummatga uch narsadan zararliroq narsa yo‘qdir: pulni yaxshi ko‘rish, boshliq bo‘lishga intilish va sultonlar eshigiga qatnash. Batahqiq, Alloh taolo ulardan chiqish yo‘llarini ko‘rsatib qo‘ygandir”. Makhul (r.a.) aytadilar: “Kim Qur’onni o‘rganib, din ilmida faqih bo‘lganidan keyin sulton eshigiga xushomadgo‘ylik qilib kelsa va uning boyligidan tama’ qilsa, jahannamga g‘arq bo‘libdi”. Maymun ibn Mahron aytadilar: “Sultonning suhbati xatarlidir. Agar unga itoat qilsang, diningda xatar bo‘ladi, osiylik qilsang, nafsingga zarar. Yaxshisi, seni u tanimagani ma’qul”. Fuzayl ibn Iyoz (r.a.) aytadilar: “Agar kishi sultonlar bilan aralashmasa va farzlari ustiga farz qo‘shmasa, kunduzi ro‘za tutib, kechalari namoz o‘qib, haj va jihod qilib, ammo sultonlarga qo‘shilib yurgan kishidan yaxshidir”. 838. Hasan Basriy (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Modomiki, abrorlari fojirlarini ulug‘lamasa, yaxshilari yomonlarga do‘st bo‘lmasa, qorilari amirlariga mayl qilmasa, Allohning qo‘li bu ummatning ustida davomli bo‘ladi. Agar aksincha bo‘lsa, Alloh ulardan barakani ko‘taradi va ularga zolimni bosh qilib, qalblariga qo‘rqinch soladi va ularni kambag‘allashtirib qo‘yadi. Iso ibn Maryam (u zotga va onalariga Allohdan salovot va salomlar bo‘lsin) aytganlar: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling