Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
322 “Ey ulamolar, podshohlar hikmatni sizlarga tashlab qo‘yganidek, sizlar uning mulkini o‘zlariga qoldinglar”. 839. Shaqiq ibn Salama rivoyat qiladilar: “ Umar ibn Xattob (r.a.) Bashr ibn Osim Saqafiyni Havozin qabilasining zakotiga bosh qilib tayinladilar. Ammo u rozi bo‘lmadi. Umar (r.a.): “Nimaga rozi bo‘lmaysan, sen bizga itoat qilishing shart ekanini bilmaysanmi?” dedilar. Shunda Bashr aytdi: “Bilaman, lekin men Payg‘ambarning (s.a.v.): “Qaysi kishi odamlarga boshliq qilib tayinlansa, qiyomat kuni u keltiriladi-da, jahannam ko‘prigi ustida to‘xtatiladi. Agar yaxshi bo‘lgan bo‘lsa, najot topadi, agar yomon bo‘lgan bo‘lsa, ko‘prikdan yetmish yillik pastga qulaydi”, deganlarini eshitganman”. Keyin Umar (r.a.) xafa bo‘lib chiqdilar. U kishiga Abu Zarr (r.a.) duch kelib: “Nima bo‘ldi, xafa ko‘rinasiz?” deb so‘radilar. Hazrati Umar Bashr ibn Osimning gapini aytdilar. Abu Zarr: “Bu hadisni ilgari eshitmaganmidingiz?” dedilar. Umar: “Yo‘q” deb aytdilar. Abu Zarr shunda: “Guvohlik beramanki, men Nabiyning (s.a.v.): “Kim odamlardan loaqal bittasiga boshliq qilib tayinlansa, qiyomat kuni keltirilib, jahannam ko‘prigi ustiga to‘xtatiladi. Agar yaxshi bo‘lgan bo‘lsa, najot topadi va agar yomon bo‘lsa, ko‘prikdan yetmish yillik pastga qulaydi. U joy qop-qorong‘i zulmatdir”, deganlarini eshitganman”, dedilar”. 840. Oyisha onamiz (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot aytadilarki: “Qiyomat kuni adolatli qozi keltirilib, qattiq hisob qilinganidan so‘ng, hecham ikki kishi orasida hukm qilishni istamay qoladi”. 841. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Kim hukm chiqarishga tayinlansa, pichoqsiz so‘yilibdi”. Abu Hanifa (rahmatullohi alayh) Abu Jafar oldiga kirganlarida u: “Ey Abu Hanifa, bizning ishimizga yordam bering”, dedi. U zot aytdilar: “Men sizga yordam berishga qodir emasman”. Xalifa yana: “Subhonalloh, bizning ishimizga yordam bering”, dedi. Abu Hanifa aytdilar: “Ey mo‘minlarning amiri, agar meni rostgo‘y bilsangiz, demak haqiqatda qodir emasman, mabodo yolg‘on aytyapti, deb o‘ylasangiz, yolg‘onchini bu ishga tayinlashingiz halol emas”, deb javob qildilar. 842. Abu Muso Ash’ariy (r.a.) aytadilar. Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga kirdim, men bilan yana ikki kishi kirib: “Ey Rasululloh, bizlarga bir vazifa bering, ishlaymiz”, deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) shunda aytdilar: “Biz vazifa talab qilib kelgan kishiga vazifa bermaymiz”. 843. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilinishicha, u zot Ka’b ibn Ujraga: “Ey Ka’b, Alloh senga ahmoqlarning amirligidan panoh bersin”, deb uch marta aytdilar. Keyin davom etdilar: “U amirlar mendan keyin keladi. Kim ularning yolg‘on so‘zlarini to‘g‘ri desa va qilayotgan zulmlariga yordam bersa, ular mendan uzoqdirlar, men ulardan bezorman. Ey Ka’b, har bir go‘shtki, harom yo‘l orqali topilgan narsa bilan o‘sgan bo‘lsa, undan o‘t yaxshidir. Ey Ka’b, ro‘za to‘siqdir, sadaqa xatolarni o‘chiradi. Namoz yaqinlikdir. Ey Ka’b, odamlar ikki sinf bo‘ladi: nafsini sotib olib, so‘ngra ozod qilganlar va nafsini sotib, halokatga tushuvchilardir” 844. Muso ibn Abdusamad Zazzondan rivoyat qiladilar: “Biz Abdulloh ibn Abbos (r.a.) bilan birga u kishiga qarashli tepalikda edik. U kishi Payg‘ambarning (s.a.v.) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling