Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Shuningdek, (ya’ni, haq yo‘lga hidoyat qilganimiz kabi) sizlarni boshqa odamlar ustida guvoh bo‘lishingiz va payg‘ambar sizlarning ustingizda guvoh
- YETMISH UCHINCHI BOB ERNING XOTINI USTIDAGI HAQQI
www.ziyouz.com kutubxonasi
315 oyatlaringga ergashar va mo‘minlardan bo‘lar edik. Lekin u Sen buyurgan narsalarni bizlarga yetkazmadi”, deydi qavm. Nuhga (alayhissalom) keyin: “Sen ularga yetkazmaganingni da’vo qilishyapti. Senda ularga qarshi guvohlar bormi?” deyiladi. Nuh (alayhissalom): “Ha, bor”, deydilar. “Kim ular?” deb so‘raladi. Nuh (alayhissalom) aytadilar: “Ular Muhammadning (s.a.v.) ummatlaridir”. Shunda ular chaqirilib, so‘raladi. “Ha, bizlar Nuhga (alayhissalom) guvohlik beramiz, – deyishadi ular. – U kishi qavmiga yetkazdi”. Nuhning (alayhissalom) qavmi aytadi: “Sizlar bizlarga qanday qilib guvohlik berasizlar? Bizlar avvalgi, sizlar esa, keyingisizlar”. Ular: “Guvohlik beramizki, Alloh taolo bizga payg‘ambar yubordi va unga kitob tushirdi. Unga nozil qilingan narsada sizlarning xabarlaringiz kelgan”, deydi”. Abu Hurayra (r.a.) keyin aytdilar: “Bizlar (bu dunyoda) oxirgilarmiz, qiyomat kunida esa oldingilar. Bu Allohning so‘zidir: “Shuningdek, (ya’ni, haq yo‘lga hidoyat qilganimiz kabi) sizlarni boshqa odamlar ustida guvoh bo‘lishingiz va payg‘ambar sizlarning ustingizda guvoh bo‘lishi uchun o‘rta (adolatli) bir millat qildik” (Baqara, 143-oyat). ______________ Muhammad (s.a.v.) ummatlari fazli bobi hadislari 805-hadis. Isnodi mavzu’. 806-hadis. Sanadida uzilish bor, zaif. 807-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan. 808-hadis. Isnodi noma’lum. 809-hadis. Isnodi noma’lum. 810-hadis. Sahih. Buxoriy, Termiziy, Ahmad rivoyat qilgan. YETMISH UCHINCHI BOB ERNING XOTINI USTIDAGI HAQQI 811. Faqih aytadilar: “Bir a’robiy Payg‘ambarning (s.a.v.) oldlariga kelib: “Men Islomga kirdim. Yana biror narsa ko‘rsating, ishonchim ziyoda bo‘lsin”, dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Nima istaysan?” deb so‘radilar. “Anuv daraxtni chaqiring, oldingizga kelsin”, dedi a’robiy. Nabiy aytdilar: “Borib, uni chaqir”. A’robiy daraxt oldiga borib: “Allohning rasuliga javob ber”, dedi. Daraxt ag‘darildi. Tomirlari uzildi. Keyin bu tomonga, oldinga va orqaga ag‘darildi. Keyin tomirlari, shoxlari bilan yurib keldi. Payg‘ambar (s.a.v.) oldlarida to‘xtab, salom berdi. A’robiy tan berib: “Yetadi, yetadi”, dedi. Unga qaytishni buyurdilar. Daraxt qaytib ketdi, tomirlari o‘rniga qadalib, to‘g‘ri o‘rnashdi. A’robiy aytdi: “Ey Allohning elchisi, menga boshingizni va oyoqlaringizni o‘pishga ruxsat bering”. Unga ruxsat berdilar. Boshlarini va oyoqlarini o‘pganidan keyin: “Sizga sajda qilishga ruxsat bering”, dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Menga sajda qilma, maxluqlar (yaratilganlar) bir-biriga hech sajda qilmaydilar. Agar maxluqqa sig‘inishni biron kishiga buyurganimda, xotinga erining haqqini hurmatlashi uchun unga sajda qilishni buyurar edim”. 812. Ato ibn Omir (r.a.) rivoyat qiladilar. Bir xotin Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga kelib aytdi: “Ey Allohning elchisi, erning xotin ustidagi haqqi nima?” Nabiy (s.a.v.): “Agar eri tuyaning ustida turib uni xohlasa, e’tiroz qilmasligi; ramazondan tashqari har qanday nafl ro‘zani faqat erning izni bilan tutishi. Agar shunday qilmasa, erga ajr bor, xotinga gunoh. Yana erining ruxsatisiz ko‘chaga chiqmasligi. Agar chiqsa, rahmat va azob |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling