www.ziyouz.com кутубхонаси
231
Katta yo‘lga chiqqanimizda, Umid mashinasini to‘xtatib, tushdi-da, mening mashinam oldiga,
ayollar bilan maslahat qilgani keldi.
— Bo‘lar ish bo‘ldi. Meni kechiringlar. O’n minutga bo‘lsa ham Tolibjon zavgarnikiga kirib
ketaylik. Mendan ko‘ngli qolmasin.
Ayollar rozilik berishdi. Avtomobilchi Tolibjon hech qayoqqa chiqmay ertalabdan beri bizni kutib
o‘tirgan ekan. Yangidan mehmondorchilik boshlandi. Hech kim ovqatga qaramadi, hamma biri olib,
biri ko‘yib, umrlarida birinchi marta ko‘rgan begona ayolning mehmondo‘stligini gapirardi.
Umida hammamizning eng yakin odamimiz bo‘lib ketgan. Tez-tez uchrashib turamiz. Umid xotini
bilan uni uzatishni o‘ylab ko‘p harakat qildi, ammo Umida ko‘nmadi. Bitta qizi bor. Biz mehmonga
borganimizda u lagerda edi. Hozir universitetni bitirayapti. Bizning yordamimiz shu bo‘ldi. Umidaning
fikri-zikri shu haqida, uning kelajagida. Qiz xuddi onasining o‘zi, harakatlari, qarashlari, zehni va aqli
bilan biz bundan yigirma yil burun ko‘rgan juvonni eslatadi.
1992 yil