Microsoft Word umarbekov ziyouz com doc
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
umarbekov ziyouz com
www.ziyouz.com кутубхонаси
125 Smena tugabdi. Eski Jo‘vaga yetib olsa, bo‘ldi. Samad aka o‘tiradi rulga. Har holda erkak, yaxmalakdan qo‘rqmaydi. U shu xayol bilan bo‘lib yigitni unutdi. To‘qimachilar kombinati oldida uch minutcha turib, yana yo‘lga tushganda, beixtiyor orqasiga qaradi. Qay ko‘z bilan ko‘rsinki, yigit hamon o‘sha joyda, o‘rtadagi deraza yonida o‘tirardi. Yo‘lovchilar oz, besh-oltitagina odam chiqqandi, xolos. Zumrad sevinib ketdi. — O’rtoq passajirlar! Trolleybus Eski Jo‘vaga boradi. Bilet olishni unutmang! Yaxshi yigit! — dedi u jo‘rttaga ovozini baland qilib mikrofonga. Salonning oxirida o‘tirgan yosh bir yigit alanglab o‘rnidan turdi. — Yo‘q-yo‘q, siz emas, — Zumrad uni tinchitdi. — Uchinchi qatorda, deraza yonida o‘tirgan yo‘lovchi! — yigit qo‘lini ko‘kragiga bigiz qilib qadadi. — Ha, siz! Boyagi biletingiz eskirdi. Yangi bilet oling. Maydangiz bo‘lmasa, abonement olishingiz mumkin. Yigit o‘rnidan turib cho‘ntaklarini kovladi, keyin uning oldiga kelib, kabinaga boshini suqdi. — E’tiboringiz uchun rahmat, — dedi u oppoq tishlarini ko‘rsatib. — Unutib yubordingiz deb o‘ylovdim. — Uchrashmadingizmi? — so‘radi Zumrad. — Kim bilan? Zumrad «qizingiz bilan» demoqchi edi, o‘zini tiydi. — Uchrashadigan odamingiz bilan. — Uchrashadigan odamim siz. Zumrad unga yalt etib qaradi. Yigit jilmayganicha eshikka suyanib turaverdi. — Hazilingizni qo‘ying. Men ishdaman. — Yigirma minutdan keyin ishingiz tugaydi. Ungacha kutaman. — Yigit shunday deb, uch so‘mlik pul uzatdi. — Hammasigami? — so‘radi Zumrad pulni olar ekan. — Ixtiyoringiz, — dedi yigit. — Faqat unutmang, hali studentman. Zumrad bitta abonementni yirtib, qolganini pul bilan qaytardi. — Kelishdik-a? — so‘radi yigit. — Kutaman. — Xalaqit beryapsiz? — jerkib berdi Zumrad. Yigit joyiga borib o‘tirdi. Zumradning butun vujudini quvonch, g‘ulg‘ula qopladi. Shu quvonch, g‘ulg‘ula bilan Eski Jo‘vaga yetib kelganini ham payqamadi. — Sovqotdingmi, qizim? — so‘radi Samad aka kabinaga ko‘tarilib. — Unchalik emas, — dedi Zumrad shoshib unga kalitni berarkan. — Ha, endi sovuq tushdi. Yaxmalak otadiganga o‘xshaymiz. — Xayr, ehtiyot bo‘ling! Zumrad trolleybusdan sakrab tushdi. Shu zahoti oldida o‘sha yigit boyagidek jilmayib, paydo bo‘ldi. O’sha kuni yigit uni uyigacha kuzatib qo‘ydi. Ismi Komil ekan. Universitetning beshinchi kursida o‘qir ekan. Anchadan beri Zumrad bilan tanishmoqchi ekan. Nihoyat, bugun axd qilibdi. Ular ertasiga uchrashishdi. Komil uni «O’zbekiston» kinoteatriga, «Erkak va ayol» filmiga olib tushdi. Zumrad tsigeyka shubasini, qizil etigini kiydi. Filmning o‘rtasida, qahramonlar sevgisi eng oliy nuqtaga chiqqanda, Komil qizning tizzasiga qo‘lini ohista qo‘ydi. Qo‘li yonardi. Qorong‘i bo‘lsa ham, Zumrad, qizarib ketdi. Filmdan so‘ng, g‘arch-g‘urch qor bosib, piyoda uyga ketishdi. Komil indiniga ham keldi, undan keyin ham. Ular har kuni biron yoqqa borishar yoki piyoda tinch, odam siyrak ko‘chalarni aylanishardi. Zumrad baxtli edi. Qizidagi o‘zgarishni ko‘rib Risolat xola o‘zida yo‘q shod edi. Har kuni Zumrad ishga ketishi bilan, sandiqlarini ochib yiqqan bisotini ko‘zdan kechirar, xuddi to‘y ertaga bo‘ladiganday, qo‘ni-qo‘shnilari bilan ko‘rpa-yostiq, asbob-anjomlar haqida maslahatlashardi. U |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling