Microsoft Word umarbekov ziyouz com doc


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/291
Sana05.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#203306
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   291
Bog'liq
umarbekov ziyouz com

www.ziyouz.com кутубхонаси 
133
— Chumchukdek yuraging bo‘lsa kerak, deb yurardim, malades! — dedi Hakimbek aka. 
— O’g‘ri ot emas, do‘stim, — dedi Xolparang ota fermadagi gapga shama qilib, — duch kelgan 
joyingga tepmaydi, poylaydi. Ko‘zni ehtiyot qil. Ichimizda butunimiz sensan! 
Sulaymon ota tishini-tishiga qo‘ydi-yu, indamadi. Rais keldi. Barcha kolxozchilarning nomidan 
to‘n kiygizdi. 
— Siz hazilakam o‘g‘rilarni tutganingiz yo‘q, — dedi. — Ular — kolxozga ikki ming so‘mdan ortiq 
ziyon keltirishgan, uch marta omborni shipirishgan edi. Rahmat. 
Sulaymon ota ko‘zi bog‘liq bo‘lsa ham, kechgacha yangi kuyovdek yurdi, kampir, o‘rtoqlari ham 
uni o‘tkazgani joy topisholmadi. Kechqurun esa nevarasi, o‘g‘ri kasalxonada o‘lib qolibdi, degan xabar 
topib keldi. Hech kim, ayniksa, Sulaymon ota, buni kutmagan edi. Tun bo‘yi mijja qoqmadi. 
Kampirining: 
— Bo‘ldi endi, kuyganingiz bilan tirilib kelarmidi? O’z boshini o‘zi yedi, — deganiga ham quloq 
solmadi. 
Ikki kundan keyin sud bo‘ldi. Sulaymon ota avval besh yilga, keyin, keksaligi nazarga olinib, uch 
yilga kesildi. Bunday bo‘lishini bilganda Sulaymon ota, o‘g‘rilar omborni o‘pirib ketishsa ham, lom-
mim demasdi. Lekin nachora? Falokat oyoq ostida turadi, deb shuni aytadilar-da. 
— Ota, bir oz sabr qiling, — dedi Haydarali hukmdan keyin. — Men buni bu ahvolda qo‘ymayman. 
Miltiq berib qo‘ygandan keyin bir kunmas-bir kun u otiladi-da. — Sulaymon ota karaxt edi, eshitmadi. 
Eshitsa ham nima derdi? Sabrdan boshqa iloji bormidi. U suddagi hamma gapga tushundi, faqat 
bittasiga tushunmadi. Sud raisi: «To‘rt xil qorovul bor. Shuning uchtasi otish huquqiga ega. 
To‘rtinchisi ega emas. U faqat miltiq bilan qo‘rqitishi mumkin. Sulaymon ota shu toifaga kiradi», — 
dedi. U shu gapga tushunmadi. Bu gapni qamoqxona o‘z uyidek bo‘lib qolgan Sasha, To‘lagan olifta 
kabi azamatlar ham tushunti-rib berisholmadi. Bo‘lmasa ular jinoyat kodeksini suv qilib yuborishgan. 
Tushuntirishmasa ham cholning ko‘nglini olishdi: 
— O’zingizni ezmang, ota, — dedi To‘lagan olifta. — Bag‘-bug‘lashib yurasiz biz bilan. 
Innaykeyin, uning o‘zida ayb. Sog‘ qolganda, balki bo‘yniga olardi. Sekin kelib 
qo‘lingizdan miltiqni olib qo‘ymaydimi, ishi bitgandan keyin devordan uloqtirmaydimi? Usta 
ko‘rmagan ekan-da. 
—  Qaydam, bolam, — dedi o‘pkasi to‘lib Sulaymon ota. 
— Qaydam emas, ota, rost, — dedi chirt etib tuplab Sashka. — Usta ko‘rmagan. Bizning qo‘lga 
tushganda, bir yilda odam qilardik! Siz ham tinch edingiz o‘shanda, u ham ayshini surib yurardi. 
O’zidan ko‘rsin. Siz ezilmang, ota. Hukmni bekor qilishadi. Meni aytdi dersiz. Faqat nobop sudga 
tushib qolibsiz-da. Bir oz chidaysiz endi. 
Sulaymon ota chidadi. Ammo ertalab ham, kechkurun ham beixtiyor ko‘ziga yosh kelaveradi. Shu 
ahvolda uch oy o‘tdi. Butun qishloq kelib-ketdi desa bo‘ladi shu vaqt ichida. Xolparang ota bilan 
Hakimbek aka ham avval tez-tez kelib turishdi. Uchinchi oyga o‘tganda birdan kelmay qolishdi. 
Sulaymon ota xafa bo‘ldi, keyin kasal-pasal bo‘lib qolishdimi, deb xavotir oldi. 
—  Ular tinchmi? — so‘radi bir kun kampiri kelganda. 
— Otdek yurishibdi, — dedi kampir zarda bilan. — Ish topishibdimi, kunda shaharga qatnashadi. 
Endi, shularni ham o‘ylaysizmi? 
—  So‘radim-qo‘ydim-da, — dedi Sulaymon ota ranjib. 
—Haydarali salom deb yubordi. Yana ariza bilan yuqoriga chiqarmish. Mirvosiq ham sud qaynisiga 
uchrab kelibdi. 
—Gapirma o‘shani! — jerkib berdi Sulaymon ota. — Hamma ishni o‘sha qildi, hajiqiz! 
Uchinchi oy ham tugadi. Hech qanday yangilik bo‘lmadi. Sulaymon ota hammadan erta turib choy 
qaynatadi. Lagerning qabulxonasini supuradi. Odamlar ishga ketgach, yana bakka suv solib olov 
qo‘yadi. Bir kuni tushlikka choy qo‘yib, endi nima qilsam ekan, deb turgan edi, lager boshlig‘i chaqirib 
qoldi: 


SAYLANMA. Hikoyalar. O’lmas Umarbekov 
 
 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling