Microsoft Word umarbekov ziyouz com doc
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
umarbekov ziyouz com
www.ziyouz.com кутубхонаси
130 MARUSYA XOLANING MILTIG’I Sulaymon ota qamalib qoldi. Umrida qamoqning ko‘chasidan o‘tmagan odam, qariganida uch yilga kesilib, o‘g‘ri, kissavurlarning orasida yuribdi. Albatta, oshna-og‘ayni, qarindosh-urug‘ uni yolg‘izlatib qo‘ygani yo‘q. Ikki marta kolxoz raisining o‘zi kelib ketdi. Kampiri katagiga kirolmagan tovuqdek, har kuni lager atrofida. «Peredacha»larni aytmaysizmi? Bo‘xcha-bo‘xcha non, tog‘ora-tog‘ora osh. Lekin qamoq—qamoq, tatirmidi. Bechora chol kim kelmasin, qaysi tugunni yechmasin, o‘pkasi to‘lib, ko‘ziga milt-milt yosh kelaveradi. U yig‘lab charchaydi, atrofdagilar ovutadi... Hamma balo Mirvosiqning mehribonchiligidan boshlandi. Suyagi mehnatda qotgan Sulaymon ota pensiyaga chiqib zerikib qoldi, ba’zi-ba’zida beli qirsillab qolishini nazarga olmaganda, qo‘l-oyog‘i baquvvat, ko‘zi ham joyida — ko‘zoynaksiz guruchni kurmakdan ajrata olardi. Shunday ekan, zerikmay bo‘ladimi? Tomorqada u-buga qaragan bo‘ladi, keyin choyxonaga chiqadi. Kolxoz unga o‘xshagan qariyalarni o‘ylab qishloqning chetidagi tolzorga choyxona qurib bergan. Stalingradda bir oyog‘ini qoldirib kelgan G’ulom aka choyxona mudiri. Mudir deganning xodimi bo‘ladi. Uning hech kimi yo‘q. Lekin maktabdan keyin nevaralari galma-galdan qarashib turishgani uchunmi, shiftga osilgan samovar qarnagining yonidagi «Spirtli ichimliklar iste’mol qilish man etiladi» degan plakat ostiga o‘z qo‘li bilan «Choyxona mudiri G’ulom Qoraboev» deb yozib qo‘ygan. Sulaymon ota ilgari bu yozuvga parvo qilmasdi. Pensiyaga chiqqandan beri turib-turib zardasi qaynaydigan bo‘lib qoldi. «Yo tavba, dunyoning ishlari ko‘p qiziq-da, — deydi, G’ulom akaning samovar atrofida g‘imirlashini kuzatib, — og‘zidan gapi tushib ketadigan odam choyxona mudiri. Oyog‘i butun bo‘lsa ham mayli edi». Shunday o‘ylaydi-yu, zarda bilan qichqiradi: — Hoy, cho‘loq! Ilgari choydan urarding, endi nima balo, shamadan ham uryapsanmi? Uning zardasini G’ulom aka tushunadi. Shuning uchun, jo‘rttaga yarasiga tuz sepadi: — Qari odamga achchiq choy ziyon, oshna. Yuraging ham pensaga chiqay deb turibdi. Tovoningga qolaymi? — Ha, cho‘loq, o‘lguday tiling zahar-a! G’ulom aka kuladi va yog‘och oyog‘ini do‘qillatib, o‘rtog‘iga yangi choy olib keladi. Choyxonada ko‘pincha ikkalovidan boshqa hech kim bo‘lmaydi. Kim ham bo‘lsin? Hamma ishda. Qariyalar ham. Borlari ham uydan chiqolmaydi. Ko‘rpa-yostiq qilib olishgan. Faqat Xolparang bilan Hakimbek aka kelib turishadi. Ular kelgan kuni Sulaymon otaning dili yorishadi. «Har holda yolg‘izmasman-ku!» o‘ylaydi u. Uch so‘m-uch so‘mdan yig‘ib G’ulom cho‘loqning nevarasini do‘konga yuborishadi. Xolparang ota oshga usta. Ilikdek qilib yuboradi. Osh pishguncha gap, gap, gap. Ular eslamagan voqea, ular eslamagan odam qolmaydi. Juda bo‘lmasa, Akbarqorining ashulasini xirgoyi qilishadi: Bog‘ aro qo‘ysam qadam, Gul g‘uncha qilmay xandadur... Namozgarda oshni yeyishadi. Keyin bitta-bitta yurib, har muyulishda to‘xtab uyga qaytishadi. Sulaymon ota yarim kechagacha mijja qoqmaydi. Charchamagan odamga uyqu kelarmidi? Uch-to‘rt bor hovliga tushib, olis-olislarda itlarning xurishiga, chigirtkalarning odamni elitadigan chirillashiga qulok soladi, yana uyga ko‘tarilib, o‘rniga chuziladi. Pensiyaga chiqibdiki, har kuni shu ahvol. Tomorqa, choyxona, uy... Bir kuni to‘rt og‘ayni odatdagidek choyxonada o‘tirishgan edi, ombor mudiri Mirvosiq kelib qoldi. — Otaxonlar, bir iltimos bor edi, — dedi u uyalinqirab, — cho‘cha Marusya yotib qoldi. Balniysaga tashlab keldim! Shu... o‘rniga vaqtincha bittangiz turib turmaysizmi? — Men turaman-da! — dedi shoshib Xolparang ota. — Bekor aytibsan! — dedi chimirilib Hakimbek aka. — Oldingdagi choyni zo‘rg‘a ko‘rasanu, qorovullik qila olarmiding? Men turaman! — Iya! He! — tutaqib ketdi Xolparang ota. — Hali ko‘r bo‘lib qoldikmi? Zaharingizga biz qilgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling