Microsoft Word umarbekov ziyouz com doc
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
umarbekov ziyouz com
www.ziyouz.com кутубхонаси
132 U fermaga borganda, Xolparang ota poyga uchun boqilib qo‘yilgan otlarning og‘ili yonida eski quti ustida chordona qurib o‘tirardi. — Ha, uzilib qoldingmi? — so‘radi Sulaymon ota uning og‘zi qulog‘iga yetgan basharasiga tikilib. — Ko‘rmayapsanmi? Haydaralining o‘zi tayinladi, — Haydarali kolxoz raisi edi. Sulaymon ota kuldi. — Ha, endi suv yo‘g‘ida tayammum, — Sulaymon ota shunday dedi-yu, ichida o‘rtog‘iga havasi keldi. Har holda bu ish, kechasi bilan qaqqayib o‘tirish emas. Shunday bo‘lsa ham, sir boy bermay, kulib ko‘ydi: — Qashlag‘ich ham berdimi? Xolparang ota g‘ijindi, lekin janjallashgisi kelmadi. — Hammasini berdi, oshna. Supurgi ham bor. Belkurak ham. Tomorqangga endi go‘ng kerak bo‘lsa har bitta aravakashga yalinib yurmaysan. Bir aravami, ikki aravami, o‘zim olib borib beraman. Yaxshisidan, tillasidan. Xolparang ota shunday dedi-yu, oxiri chidolmadi, uzib oldi: — Xafa bo‘lma, oshna, bu senga Marusyaning qorovulxonasi emas, rasmana erkaklarning ishi. — Shundoq degin? — Ko‘rib turibsan, oshna, ko‘rmassan-ku!.. — Ha, ishing yaxshi, — ma’qulladi Sulaymon ota. — Faqat ehtiyot bo‘l. — Nima demoqchisan? — Boquvda turgan otlar, bilib bo‘lmaydi, qaysi alvasti ekan bu deb, ikkinchi ko‘zingni ham ishdan chiqarishmasin. Xolparang otaning chap ko‘ziga o‘tgan yili oq tushgan edi. Shuning uchun o‘rtog‘ining bu gapidan ijirg‘andi-yu, o‘zini eshitmaganga soldi. — Sani chaqirganim, hozir kelinim osh olib keladi. Devziradan. Biz endi ishlik odam, vaqt yo‘q choyxonada yurishga. Yur, seylon choy damlaganman. Sulaymon ota o‘rtog‘ining oldidan qorong‘i tushganda qaytdi. Uyda ovqat yemadi. Miltig‘ini yelkasiga osib, omborxonaga jo‘nadi. Soat o‘nlarda Mirvosiq ombor darvozasini qulflab uyga ketdi. Sulaymon ota ombor hovlisini bir aylanib chiqib, qumg‘on tagiga tarasha qaladi, keyin choy damlab ichdi. Ko‘p o‘tmay butun kishloqni jimjitlik qopladi. Shu jimjitlik elitdimi, yo choy achchiqlik qildimi, ko‘zlarini uyqu bosdi. Sulaymon ota nimanidir «do‘p» etganini eshitdi. Ko‘zini ochib atrofiga qaradi. Hech kim yo‘q. «Mushuk bo‘lsa kerak», o‘yladi chol va yana ko‘zini yumdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tgani yo‘q, kimdir bo‘g‘ilib yo‘taldi. Sulaymon ota shoshib o‘rnidan turdi-da, quloq soldi. «Bo‘la qol!» dedi kimdir. Ovoz omborning orqasidan eshitildi. Sulaymon ota: «Hoy!» deganicha o‘sha tomonga yugurdi. Borib, qay ko‘z bilan ko‘rsinki, ikkita barzangi yigit omborning bo‘g‘otini buzib, burchakdagi mashinaning rezinka g‘ildiragini bitta-bitta devordan oshiryapti. Sulaymon ota «To‘xta!» deganini biladi, bittasiko‘zi aralash musht tushirdi. Chol gandiraklab yiqildi. Yotgan joyida beixtiyor miltiqni yelkasidan olib, qichqirdi: — Otaman! To‘xta! O’g‘rilarning bittasi devordan sakradi, ikkinchisi ham sakray deganda Sulaymon ota ko‘zini ochdi va o‘sha tomonga miltig‘ini to‘g‘riladi. «Varang!» etgan tovush yangradi. Ug‘ri qornini ushlaganicha devor tagiga engashdi. Ombor hovlisi birpasda qiy-chuv bo‘lib ketdi. Qayoqdandir Mirvosiq paydo bo‘lib qoldi. — Yashang, ota! — dedi u. — Anchadan beri qo‘lga tushirolmay yuruvdik. — O’q tegdi shekilli? — so‘radi Sulaymon ota hamon boshi lo‘qillab. — Battar bo‘lsin! Yarim soat o‘tar-o‘tmas rayondan «tez yordam» mashinasi kelib, o‘g‘rini olib ketdi. Shahodat xola esa uyqusiragan nevarasini to‘sib, ho‘l paxtani erining ko‘karib ketgan ko‘ziga bosdi. Ertasiga butun qishloq Sulaymon otaning uyiga yopirildi. Hamma uni maqtadi. Urtoqlari — Xolparang ota bilan Hakimbek aka ham chin yurakdan tabriklashdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling