Microsoft Word umarbekov ziyouz com doc


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/291
Sana05.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#203306
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   291
Bog'liq
umarbekov ziyouz com

www.ziyouz.com кутубхонаси 
134
— Ota, sizga qog‘oz keldi, — dedi u, — endi ozodsiz. Sulaymon ota angrayib qoldi. 
— Rost, ota. Ozodsiz. 
— Ket... ketavuraymi?.. — so‘radi tutilib Sulaymon ota. 
— Marhamat. 
Sulaymon ota barakka yugurdi. Lekin hech narsasini olmadi. Faqat choponini yelkaga tashladi. 
Ko‘chaga chiqqanida, tolning soyasida ikki kishi turardi. Sulaymon ota tanidi. Bular — Hakimbek 
aka bilan Xolparang ota edi. Yuragi qinidan chiqib ketay dedi. 
— Hakim?! Xolparang?! — dedi ko‘zi yoshga to‘lib. 
— Nima, o‘ldi devdingmi? — dedi Xolparang ota. 
Uch og‘ayni quchoqlashib ko‘rishishdi. 
— Nega kelmay ketdilaring? — chimirilib so‘radi Sulaymon ota. 
Hakimbek ota katta idoralarda yurishganini og‘zi to‘lib aytmoqchi edi, Xolparang ota turtib ko‘ydi: 
— Ha, endi, qarilik-da, oshna, — dedi vazminlik bilan. — Shunga ham xafa bo‘lasanmi? 
Aytganday, suyunchi ber!.. 
—  Xo‘sh? — so‘radi Sulaymon ota. 
— Marusya butunlay kelmasmish. O’g‘li olib qolibdi. — Uchalovi kulib yuborishdi, keyin 
choponlarini yelkaga tashlab yo‘lga tushishdi. Katta ko‘chaga chiqishganda, Hakimbek ota 
Akbarqorining ashulasini boshlab yubordi: 
Bog‘ aro qo‘ysam qadam, 
Sulaymon ota ilib ketdi: 
Gul g‘uncha qilmay xandadur... 
—  Bizning boboy-ku! — dedi devor orqasida g‘isht tashiyotgan Sashka. 
— Xuddi o‘zi! 
To‘lagan olifta havas va qandaydir yurakni chimchilovchi alam bilan ashula olislaguncha quloq 
solib turdi. 
1971 


SAYLANMA. Hikoyalar. O’lmas Umarbekov 
 
 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling