Microsoft Word usmon mushafi ziyouz com doc
Download 175.19 Kb. Pdf ko'rish
|
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi
www.ziyouz.com kutubxonasi
5 Qur’onning nozil bo‘lgan oyatlarini sahobalar yozganliklari va uni tarqatganliklariga Umar raziyallohu anhuning Islomga kirish voqealari ham dalil bo‘la oladi. Hazrati Umar singillarining uyiga bostirib kirganlarida, u yerdagi kishilarning qo‘lida Qur’on oyatlari bitilgan matoni ko‘radilar va uni o‘qib berishliklarini so‘raydilar. Oyatlarni eshitib, nihoyatda ta’sirlanadilar (Rivoyat). Imom Buxoriyning «Sahih»larida: «Bizlar kofirlar yurtiga qilingan futuhotlarda Qur’onni yonimizda olib yurishlikdan man’ qilingan edik », degan rivoyat ham bor. Mana shundan ma’lumki, Qur’oni Karim nozil bo‘lishining birinchi kunlaridayoq yozila boshlagan. Imom Buxoriy aytadilar: «Qur’on payg‘ambar alayhissalom davrlaridayoq to‘liqligicha yozilgan va hifz qilingan edi. Lekin, tarqoq holda, yassi toshtaxtachalar va xurmo po‘stloqlariga yozilgan edi. Uni Abu Bakr Siddiq xalifalik davrlarida sahifalarga jam’ qildirdilar».(«MalQur’on» kitobi, 215 bet.) Roviylardan Hokim va boshqalar, Qur’on birinchi marta payg‘ambar (a.s.) davrlarida jam’ qilindi, deydilar. Zayd bin Sobit aytadilar: «Rasulullohning huzurlarida terilarga yozilgan Qur’onni tartibga solar edik». Bayhaqiy: «Bu «tartibga solish»dan murod, nozil bo‘lgan parcha- parcha oyatlarni Rasulullohning ko‘rsatmalariga binoan joy-joyiga qo‘yib, suralarga jamlash bo‘lsa kerak», — deydilar. Horis al-Muhosibiy «Fahmus-sunan» kitobida «Qur’onning bitilishi yangidan qilingan ish (ya’ni bid’at) emas», deydi. Ibn Sirin rahimahullohdan: «Rasululloh davrlarida Qur’onni to‘rt kishi jam’ qilganligida ixtilof yo‘q. Bular: Muoz, Ubay, Zayd va Abu Zayd. Lekin quyidagi uch kishining ikkitalarida ixtilof bor. Ba’zilar Abud Dardo va Usmon, ba’zilar Usmon va Tamimud Doriy ham jam’ qilgan deydilar». Qur’onni to‘plam ( mushaf) holida jam’ qilganlar ichida Miqdod bin Amr va Abu Muso al-Ash’ariylar ham bor edi. Al-Ash’ariy keyinchalik o‘zining to‘plamini «Lubobul- qulub» deb atadi. Rasulullohning amrlariga muvofiq Qur’oni Karim turli hajmdagi 114 ta suraga bo‘lindi va har bir suraga muayyan nom berildi. Qur’onning oxirgi oyati payg‘ambar vafotlaridan taqriban sakson kun avval nozil bo‘ldi. As-Suyutiyning «Al-Itqon fi ulumil-Qur’on» kitoblarida al-Xitobiy degan zot, payg‘ambar (a.s.) davrlarida Qur’onning mushaf (to‘plam, muqovalangan) qilib jam’ qilinmaganligining sababi, Rasululloh (s.a.v.) Qur’onni ba’zi hukmlariga, uning tilovatiga nosix (bekor qiluvchi) oyatlar yoki ziyoda oyat kelib qolarmikan, deb kutganlaridadur. Payg‘ambarning vafotlari bilan Qur’onning nuzuli intihosiga yetgach va nosix yoki ziyoda oyat kelishlik ehtimoli tugagandan so‘ng, Alloh taolo payg‘ambar (a.s.) dan keyingi birinchi xalifaga Qur’onni to‘plam qilishlikka ilhom berdi,— deydilar. («Al-itqon», 1jild, 58 bet). Rasululloh va mo‘‘minlar Qur’ondan biron-bir oyat yo‘qolmasligiga ishonchlari komil edi. Bunda yozishdan ko‘ra yod olish qobiliyatiga ko‘proq e’timod qilinar edi. Arablar o‘zlarining muhofaza quvvatlariga juda ishonar edilar, ular ( o‘z yozuvlari bo‘lishiga qaramasdan. tarj.) yozmaydigan, o‘qimaydigan, omi ekanliklari bilan faxrlanar, uzun- uzun qasida va madhiyalarni bir eshitishdayoq yodlab olardilar. Shuning uchun ham ular Qur’ondan nimaiki nozil bo‘lsa, darhol dillariga jo etardilar. Qur’oni Karim Allohning muqaddas Kalomi ekanligiga sahobalarda hech qanday shubha yo‘q edi. Uni yod olishni Islomning farzlaridan biri deb, bilar edilar. O’z ahllari, yor-birodarlaridan yiroqda, hijron azobiga sabr qilgan, ko‘p aziyatlarni tortgan, hatto hayotlarini Islom diniga fido qilgan birinchi musulmonlar Qur’on oyatlarini yodlash va uni tilovat qilishlik bilan buyuk tasalli topar edilar. Ular Qur’oni Karimdan yangi oyat nozil bo‘lgan vaqtlarda, o‘zlarini qaytadan Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx Ismoil Maxdum
Download 175.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling