Microsoft Word usmon mushafi ziyouz com doc
Download 175.19 Kb. Pdf ko'rish
|
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Albatta bu eslatmani (ya’ni Qur’onni) Biz o‘zimiz nozil qildik va shubhasiz, o‘zimiz uni muhofaza qilguvchimiz»
www.ziyouz.com kutubxonasi
2
Qur’oni Karimni olamlarga bashorat beruvchi va ogohlantiruvchi bo‘lishi uchun O’zining rasuli Muhammad sollallohu alayhi vasallam (s.a.v.) ga nozil qilgan Allohga hamdu sanolar bo‘lsin! Alloh o‘zining Kalomi majidida (asta’izu billoh):
va’da bergan. («Hijr», 9). Alloh taolo Qur’oni Karimni eng mukarram va ulug‘ Kitob qilib, bizlarni uning tilovatiga musharraf etdi. Mazkur muborak Kitob orqali bizni diniy va dunyoviy ilmlardan boxabar qildi. Risolatni ado qilgan, amonatni bizlarga yetkazgan sayyidimiz Muhammad (s.a.v.)ga va u kishi bilan bizlarning o‘rtamizda vosita bo‘lgan hamda naql qiluvchilarning eng yaxshilari — avlodu ashoblariga salovotu salomlar bo‘lsin! Bu zotlar Payg‘ambar alayhissalomdan olgan ta’limotlarini, keyingi avlodlarga yetkazishdek yuksak burchni ado etganlarning eng ulug‘lari bo‘ldilar. Agar bu ta’limot bo‘lmaganida, bizlar hidoyat topmas edik. Buning uchun Alloh taolo hammalariga payg‘ambarlarning ummatlarga va ajdodlarning avlodlarga qilgan xizmatlari uchun beriladigan mukofotlaridan ato etsin. Qo‘lingizdagi risolani yozishdan maqsad butun Movarounnahr diyori faxrlanadigan va O’zbekiston yodgorliklar muzeyi uni saqlashdek sharafga ega bo‘lgan Usmon Qur’oni bilan tanishtirishlikdir. (Ushbu risola 1971 yilda chop qilingan. O’sha vaqtda mazkur Mushaf O’zbekiston davlat tarix muzeyida saqlanar edi. Tarjimon). Mazkur Mushaf bir paytlar Samarqandda bo‘lib, uning ulug‘ qadriyatiga hamma ham e’tibor bermas edi, uni asl mohiyati va tarixini bilmagan holda, tabarukkona ziyorat qilinardi, xolos. Chunki, o‘sha vaqtda bu o‘lkada ilmu irfon nuri susaygan va bid’atlar kuchaygan davr hukmron edi. Ruslar Samarqandni ishg‘ol qilgach bu qimmatli gavharga qiziqib qoldilar. Tezda uning dovrug‘i hamma yoqqa tarqaldi. Shu paytdan boshlab uning to‘g‘risida gazeta va jurnallarda maqolalar paydo bo‘la boshladi. Sovetlar davrida bu Mushafni tadqiq qilib o‘rganuvchilar ko‘paydi. Bu davrga kelib ilm-fanning ko‘p tarmoqlari vujudga keldi. O’zbekistonda har sohaning o‘z olimlari yetishib chiqdi. Toshkent asta-sekin ilm-ma’rifat markaziga aylandi. Poytaxtga jahonning barcha yurtlaridan delegatsiyalar, turli sayyohlar kela boshladilar. Ular Mushafning xabarini eshitgach, uni ziyorat qilish istagini bildirib, tarixi bilan qiziqdilar. Ayniqsa, musulmon delegatsiyalarining a’zolari bu muborak Mushaf to‘g‘risidagi haqiqatni bilishga katta ehtimom ko‘rsatdilar. Shu bois O’rta Osiyo va Qozog‘iston (hozirgi Movarounnahr. Tarj.) musulmonlari diniy idorasi bu Mushafi sharif to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida bir kitob yozishni zarur deb topdi. Kamina Allohdan madad so‘rab mazkur muhim vazifani ado etish uchun diyorimizda mashhur bo‘lgan Usmon Mushafiga taalluqli rivoyatlarni va mashhur asarlardagi unga tegishli xabarlarni jamlab, risola holida tasnif qildim. Uning avvaliga Qur’oni Karim tarixini va hazrati Abu Bakr va Usmon (r.a.) davrlaridagi uni jam’ qilishga taalluqli muhim masalalarni kiritdimki, ushbu Mushafi sharifimizning o‘rganilishi ana shularga bog‘liqdur. Risolani «Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi» deb atadim. Bu ishda mening xizmatim, faqatgina turli davrlardagi ma’lumotlarni yig‘ib, ularni tartibga keltirishdan iborat bo‘ldi, xolos.
Download 175.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling