Microsoft Word usmon mushafi ziyouz com doc


QUR’ON NOZIL BO’LISHINING BOSHLANISHI


Download 175.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/45
Sana02.01.2022
Hajmi175.19 Kb.
#194291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi

QUR’ON NOZIL BO’LISHINING BOSHLANISHI 

 

Alloh taolo Qur’onni o‘zining payg‘ambari Muhammad (s.a.v.)ga hijratdan 13 yil 



avval, 24 ramazonda Makkadagi Hiro g‘orida nozil qila boshladi. Bu Allohning 

Muhammad (s.a.v)ni payg‘ambar qilib yuborgan va ul zotni Rasul ztib tanlagan yili edi. 

Shundan so‘ng, Qur’oni Karimni bo‘lak-bo‘lak qilib tushirish davom etdi. Chunki, 

Qur’onning shu tariqa nozil bo‘lishi da’vatning rivojlanishiga bog‘liq edi. Qur’oni 

Karimdan turli bo‘laklar da’vatning ehtiyojlariga qarab, voqe’likning holatidan kelib 

chiqib, da’vatning boshlanishidan to oxirigacha birin-ketin tusha boshladi. Bu hol yigirma 

uch yil davom etdi. Qur’oni Karimning ilgarigi samoviy kitoblar kabi yaxlit bir to‘plam 

holida emas, balki oyatlarning miqdoridagi tafovut bilan bo‘lak-bo‘lak qilib tushirishlik 

hikmatini Alloh taoloning O’zi iroda qilgan. Ba’zi paytlarda Qur’oni Karimdan bir oyat

gohida esa besh yoki o‘n oyat nozil bo‘lar edi. Bu to‘g‘rida Alloh taoloning Kalomida 

ochiq aytilgan: 

«Siz Qur’onni odamlarga asta-sekin o‘qib berishingiz uchun Biz uni qismlarga 

ajratdik va bo‘lib-bo‘lib nozil qildik». («Isro» 106). 

«Kofir bo‘lgan kimsalar: «Nega bu Qur’on unga (payg‘ambar alayhissalomga) bitta 

to‘plam holida nozil qilinmadi?» dedilar. (Ey Muhammad), Biz u (Qur’on) bilan dilingizni 

ustivor qilish uchun mana shunday (parchaparcha holda nozil qildik) va uni bo‘lib-bo‘lib 

bayon qildik». («Furqon» 32). 

 

 




Download 175.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling