Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
89 — Sen... sen? — dedimu tovushim chiqmay qoddi, keyin ikkovimiz pastga otiddik. U dahlizda paltosini yechib tashladi, so‘ng biz birinchi xonaga o‘kday otilib kirdik. U ohista chinqirib yuborib, yalang‘och qo‘lini shartta pechkaga tikdida, endi ostidan alanga ola boshlagan oxirgi dasta qo‘lyozmani tortib olib polga tashladi. Shu zahoti butun xona tutunga to‘ldi. Men oyoqlarim bilan tepib olovni o‘chirdim, u esa o‘zini divanga otib, o‘pkasi to‘lib, yum-yum yig‘lay boshladi. U axiri tinchidi, men gap boshladim: — Ko‘rarga ko‘zim yo‘q bu romanni, men qo‘rqaman. Betobman. Meni dahshat qamrab olyapti. U o‘rnidan turib o‘tirib, gapga kirdi. — Voy, xudoyim, kasal bo‘lib qopsan-u. Nega endi, nega axir? Baribir seni darddan forig‘ qilaman, seni qutqaraman. Bu qanday bedodlik? Men uning tutun va yig‘idan shishgan ko‘zlarini ko‘rdim, peshanamni silay boshlagan muzdek qo‘llarini his qildim. — Men seni davolab tuzataman, tuzataman, — deb g‘o‘ldirardi u yuzini yelkamga qo‘yib, — sen hali uni yana tiklaysan. Nega, nega bir nusxasini o‘zim saqlab qo‘ymadim! U darg‘azab qiyofada tishlarini irjaytirdi, yana allanimalarni gapirdi. Keyin lablarini chirt yumib olib, kuygan varaqlarni terib, tekislay boshladi. Bu — roman o‘rtasidagi bir bob edi. U kuygan varaqlarni avaylab taxlab qog‘ozga o‘radida, ustidan lenta bilan bog‘ladi. Uning butun xatti-harakatida qat’iyat mavjud edi, o‘zini qo‘lga olib olganligi yaqqol ko‘rinib turardi. U vino so‘rab, ichib oldi-da, keyin ancha bamaylixotir gapira boshladi. — Aldamchilik bilan yashashning oqibati shunaqa voy bo‘ladi, — derdi u, — bo‘ldi, endi hech aldamayman. Hoziroq sen bilan qolgan bo‘lardim-u, lekin bu tarzda ish tutishni xohlamayman. Uyidan tunda qochib ketganimni u doim alam bilan eslab yurishini istamayman. U menga hech qachon, hech qanday yomonlik qilmagan. Uni hozir to‘satdan chaqirtirib qolishdi, zavodlarida yong‘in bo‘lganmish. Lekin u hademay qaytib keladi. Men u bilan ertaga gaplashaman, boshqa odamni sevaman, deb aytaman unga, keyin butunlay sening yoningga kelaman. Qani, ayt, balki bunday qilishimni xohlamassan? — O, bechoraginam, — dedim unga, — bunday qilishingga yo‘l qo‘ymayman. Ahvolim yana mushkullashadi, shu bois seni ham men bilan birga nobud bo‘lishingni xohlamayman. — Faqat shu sababmii? — deb so‘radi u ko‘zlarini ko‘zimga yaqin olib kelib. — Faqat shu. U birdan ruhlanib ketdi, bo‘ynimdan quchib meni bag‘riga bosgancha dedi: — Unda men ham sen bilan birga nobud bo‘laman. Ertalab qaytib kelaman. Mana, hayotimda eslab qolganim oxirgi manzara — qiya ochilgan dahliz eshigidan tushgan yorug‘da uning hilpiragan soch tolasi, boshidagi beret va jur’at to‘la ko‘zlari. Yana ostonada uning qora ko‘lankasiyu qog‘ozga o‘ralgan oq tugunchak ham xotiramda qolgan. — Seni kuzatib qo‘ygan bo‘lardim-u, lekin yolg‘iz qaytib kelishga majolim yo‘q, qo‘rqaman. — Qo‘rqma. Yana bir necha soat sabr qil. Ertaga ertalab yoningda bo‘laman. — Bu uning hayotimdagi oxirgi so‘zlari bo‘ldi. — Tss! — deb bemor birdan o‘z so‘zini bo‘ldi-yu, barmog‘ini ko‘tardi, — bugun oydin tun juda beorom. U balkonga chiqib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Ivan koridordan aravacha g‘ildirab o‘tganini, kimningdir piqillab yig‘lagani yo zaifgina chinqirganini eshitdi. Hammayoq tinchigandan keyin mehmon yana qaytib keldi va 120-xonaga odam joylashtirilganini xabar qildi. Olib kelingan odam nuqul boshimni qaytarib beringlar, deb yolborarmish. Suhbatdoshlar avvaliga bezovta bo‘lishib jim o‘tirishdi, keyin ko‘ngillari joyiga tushgach, bo‘lingan suhbatni davom ettirishdi. Mehmon endi gapga og‘iz juftlagan edi... lekin bugungi tun chindanam notinch edi — hamon yo‘lakdan g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir ovoz eshitilardi. Oqibat, mehmon gaplarini eshitilar-eshitilmas pichirlab Ivanning qulog‘iga ayta boshladiki, uning: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling