Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/266
Sana08.01.2022
Hajmi1.26 Mb.
#253612
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   266
Bog'liq
usta va margarita lotin ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
86
tebratib turasizmi, nega siz haqingizda shu paytgacha hech eshitmaganmiz, deb so‘ray boshladi, hatto 
yana: bunday alomat mavzuda roman yozishni sizga kim maslahat berdi, degan savol ham berdiki
mening fikrimcha, bundan ortiq ahmoqona savol bo‘lmaydi. Axiyri, savollari jonimga tegib ketgach, 
romanimni chop qilasizmi o‘zi, yo yo‘qmi, deb dangal so‘radim. 
Shunda u besaranjom bo‘lib, lattachaynarlik qildi, so‘ng bu masalani shaxsan o‘zi hal qila 
olmasligini, asarim bilan muharrirlar hay’atining o‘zga a’zolari ham, ya’ni tanqidchilardan Latunskiy 
bilan Ariman hamda adabiyotshunos Mstislav Lavrovichlar tanishib chiqishlari kerakligini aytdi. U, 
ikki haftadan keyin keling, deb iltimos qildi. 
Ikki haftadan keyin borgan edim, muttasil yolg‘on gapiraverganidan ko‘zlari g‘ilay bo‘lib qolgan 
bir qari qiz qabul qildi. 
— Ha, u Lapshyonnikova, redaktsiya kotibasi, — dedi jilmayib Ivan: mehmon g‘azablanib 
ta’riflayotgan muhit ahli unga tanish edi. 
— Bo‘lsa bordir, — shart so‘zini bo‘ldi mehmon, — xullas, shu ayol hammayog‘i dog‘-dug‘ va 
ancha g‘ijimlangan romanimni qaytarib berdi. U ko‘zini ko‘zimdan olib qochishga urinib: 
— Hozir redaktsiyamiz ikki yilga yetadigan qo‘lyozmalar bilan ta’minlangan, shunga ko‘ra, 
romaningizni chop qilish masalasi, menimcha, boshqa ko‘rilmasa kerak, — dedi. 
— Yana nimalar esimda qoluvdi-ya? — deb g‘o‘ldirardi usta, chakkalarini ishqalarkan. — Ha, 
qo‘lyozma hoshiyasiga sochilgan qip-qizil gulbarglar, yana mahbubamning ko‘zlari esimda. Ha, uning 
ko‘zlarini eslab qolganman. 
Mehmonning hikoyasida dudmallik, allaqanday chala-chulpa gaplar ko‘proq uchray boshladi. U 
qiyalab yog‘an yomg‘irni esladi, podvaldagi makonida boshidan kechirgan mushkulotlar haqida, yana 
allaqayoqlarga borgani to‘g‘risida gapirdi. U, o‘zini kurashga da’vat etgan ayolni aslo ayblamasligi, 
ha, ha, unda hech gunoh yo‘qligi haqida pichirlab chinqirdi! 
— O, esimda, esimda gazeta orasida ilova qilib kiritilgan varaq, — deb g‘o‘ldirardi mehmon, 
gazeta varag‘ining tasvirini havoda ikki barmog‘i bilan chizib ko‘rsatarkan, shunda Ivan mehmonning 
chalkash gaplaridan fahmladiki, boshqa bir muharrir ustaning romanidan kattagina parchani gazetada 
bosib chiqaripti. 
Uning gapicha, oradan ikki kun o‘tar-o‘tmas, boshqa bir gazeta tanqidchi Arimanning: «Muharrir 
qanoti ostidagi dushman», degan maqolasi paydo bo‘lipti, bu maqolada yozilishicha, Ivanning 
mehmoni muharrirning beparvoligi va nodonligidan foydalanib, matbuotda Iisus Xrist madhiyasini 
yoritishga uringanmish. 
— Ha, esimda, esimda! — deb chinqirib yubordi Ivan. — Lekin familiyangiz esimdan chikdi! 
Takror aytaman, familiyamni qo‘yaylik, endi u yo‘q, — deb javob qildi mehmon. — Gap 
familiyada emas. Bir kundan keyin boshqa bir gazetada Mstislav Lavrovich imzosi bilan boshqa 
maqola paydo bo‘ldi. Bu maqola muallifi pilatchilikka, hamda uni matbuotda yoritmoqchi bo‘lgan 
(yana o‘sha la’nati ibora!) dindor musavvirga zarba berishni, bergandayam, ayovsiz zarba berishni 
taklif qilgan edi. 
Men bu «pilatchilik» so‘zidan dong qotib qolib, uchinchi gazetani varaqladim. Bu gazetada ikki 
maqola bor edi: biri — Latunskiyniki, ikkinchisiga esa «N. E.» deb imzo qo‘yilgan edi. Men sizga 
aytsam, Ariman bilan Lavrovichning maqolalari Latunskiy yozgan maqola oldida «holva» edi. 
Latunskiy maqolasiga qo‘yilgan sarlavhaning o‘zi ham sizga kifoya: «Eski mazhabning jangari 
namoyandasi». O‘zim to‘g‘rimda yozilgan maqolalarni o‘qishga shunchalik berilib ketibmanki, 
mahbubamning (eshikni berkitishni unutgan ekanman) qo‘lida jiqqa ho‘l zontik va namiqqan bir dasta 
gazeta bilan qanday tepamga kelib qolganini ham payqamabman. Uning ko‘zlaridan o‘t chaqnar, 
muzdek sovuq qo‘llari qaltirar edi. Oldiniga u o‘zini bag‘rimga otib, meni o‘paverdi, o‘paverdi... 
keyin, qo‘lini stolga tap-tap urgancha, hirqiroq ovoz bilan Latunskiyni albatta zaharlab o‘ldirajagini 
aytdi. 
Ivan sal xijolat bo‘lib tomoq qirib qo‘ydi-yu, lekin hech nima demadi. 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 
 
 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling