Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
85 davom ettirdi. Uning hikoyasidan Ivanga shular ma’lum bo‘ldi: usta bilan notanish ayol bir-birlarini shunchalik qattiq sevishganki, biri ikkinchisisiz bir kun ham tura olishmagan. Endi Ivan hovlidagi nastarin daraxti va devor tufayli hamisha nimqorong‘i bo‘lgan podvaldagi ikki xonani, u yerdagi qizil yog‘ochdan ishlangan, eskirib parti ketib, sharti qolgan mebellaru yozuv stoli — byuroni, byuro ustida turgan har yarim soatda zang chaluvchi soatni, nihoyat moylangan poldan is bosgan shiftgacha qalashib ketgan son-sanoqsiz kitoblarni ham, pechkani ham juda aniq tasavvur qila boshlagan edi. Ivanga yana shu narsa ma’lum bo‘ldiki, mehmoni bilan uning xufiya xotini o‘zaro aloqa bog‘lagan dastlabki kunlariyoq, bizning Tverskaya ko‘chasi bilan tor ko‘cha muyulishida bir-birimiz bilan uchrashishimiz taqdiri azalda peshonamizga yozilgan, binobarin, biz umrbod bir-birimiz uchun yaratilganmiz, degan qarorga kelgan ekanlar. Mehmonning hikoyasidan oshiq-ma’shuqlarning vaqtni qanday o‘tkazganlari ham ma’lum bo‘ldi. Ayol kela solib, birinchi navbatda fartuk taqar va torgina dahlizda (bechora bemor negadir faxrlanib tilga olgan o‘sha jo‘mrak bilan chanoq shu yerda edi) taxta stol ustida kerosinka yoqib nonushta tayyorlar, so‘ng birinchi xona o‘rtasida turgan cho‘zinchoq stolda dasturxon tuzardi. May oyida momaqaldiroq gumburlab, jala quygan paytlarda, yomg‘ir suvi sevishganlarning so‘nggi makonini g‘arq qilgudek xavf tug‘dirib nimko‘r derazalar oldidan darvoza tomon ayqirib oqqan paytlarda ular pechka yoqib qo‘rda kartoshka pishirishar edi. Barmoqlarini kulga bulg‘ab kartoshkaning qora po‘stini archishganda undan bug‘ chiqardi. Podvalda kulgi yangrardi, bog‘chadagi daraxtlar yomg‘irdan keyin singan shoxchalarini, oppoq popiltiriqlarini yerga to‘kardi. Momaqaldiroq sadolari tinib, issiq yoz payti kelganda ko‘pdan orzu qilingan va ikkovlari birday yaxshi ko‘rgan atirgullar guldonda paydo bo‘lardi. O‘zini usta deb atagan odam ish bilan mashg‘ul bo‘lar, ayol esa bigiz tirnoqli barmoqlarini sochlari orasiga botirib yozilgan sahifalarni qayta o‘qib, o‘qib bo‘lgach esa manavi qalpoqchani tika boshlardi. Ba’zida u yerga cho‘kkalab javonning pastki qavatidagi kitoblarning yoki stulga chiqib olib yuqori qavatdagi yuzlab kitoblarning chang bosgan sherozalarini latta bilan artardi. U adibga shonu-shuhrat bashorat qilib, uni tezroq ishlashga undarkan, ayni o‘sha paytda uni usta deb atay boshlagan edi. U Iudeyaning beshinchi prokuratori haqidagi kitobning va’da qilingan oxirgi jumlalarini o‘qishga musharraf bo‘lib, ko‘ngliga yoqqan ayrim jumlalarni qiroat bilan baralla takror-takror o‘qirkan, «bu roman — mening hayotimdir», degandi. Roman avgust oyida yozib tugatilib, qaysiyam bir notanish mashinistkaga berildi, mashinistka uni besh nusxada ko‘chirdi. Mana, nihoyat, xufiya makon tark etilib, hayot maydoniga chiqadigan kun ham keddi. — Ha, men qo‘limda romanim bilan hayot maydoniga chiqdim, lekin chikdimu hayotim nihoyasiga yetdi, — deb pichirladi usta va boshini xam qildi, sariq ip bilan «M» harfi tikilgan mash’um qora qalpoqcha uzoq vaqt tebranib turdi. Keyin u hikoyasini davom ettirdi, lekin endigi gaplari poyintar- soyintar bo‘lib chiqdi. Mehmonning bu gaplaridan faqat bir narsani anglash mumkin edi: uning boshiga nihoyatda og‘ir bir falokat tushgan edi. — Adabiyot olamiga birinchi marta qadam qo‘yishim edi, ammo hozir, hammasi adoyi tamom bo‘lib, halokatga uchraganim aniq bo‘lgandan keyin men uni mudhish hayrat bilan eslayman! — deb usta tantanavor pichirlarkan, qo‘lini ko‘tardi. — Ha, nihoyatda hayratga soddi u meni, nihoyatda! — Kim? — eshitilar-eshitilmas pichirlab so‘radi Ivan, hayajonlangan mehmonining so‘zini bo‘lishdan qo‘rqib. — Muharrir-da, aytyapman-ku, muharrib deb. To‘g‘ri, u o‘qishga o‘qib chiqdi. Lekin menga milki pilla bo‘lib, lunji shishib ketgan odamga qaraganday qararkan, ko‘z qirini xonaning burchagiga tashlagancha, ko‘ngli xijil bo‘lganday, hatto hiringlab ham qo‘ydi. U qo‘lidagi manuskirptni* hojatsiz g‘ijimlarkan hadeb tomoq qirardi. Bergan savollari menga ahmoqona bo‘lib tuyuldi. Chunki u roman to‘g‘risida hech nima gapirmay, mendan: kimsiz, qayoqdan paydo bo‘ldingiz, ko‘pdan beri qalam |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling