Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
usta va margarita lotin ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
92 U ko‘chadan kelayotgan shovqinga quloq solib bir oz utirdi. Hushtaklar sadosi hammayoqni tutib ketdi, keyin pasaya-pasaya axiyri tindi. Mojaro ham juda tez bosilib, Rimskiyni hayron qoldirdi. Ortiq qo‘l qovushtirib o‘tirib bo‘lmasdi, mas’uliyatning achchiq og‘usini ichish payti yetgandi. Tomoshaning uchinchi bo‘limi paytida telefon apparatlari tuzatilgan edi, demak qo‘ng‘iroq qilib, sodir bo‘lgan voqea haqida tegishli joyga xabar qilish, yordam so‘rash, yolg‘on gapirish, hamma aybni Lixodeevga ag‘darish, o‘zini oqlashga harakat qilish kerak edi va hokazo. Ana xolos — la’nati yana ishlamayapti! Xunobi chiqqan moliya direktori ikki marta trubkani olib yana qo‘yib qo‘ydi. Shu payt birdan teran sukutga tolgan xonada apparat juda qattiq jaranglab, moliya direktorini cho‘chitib yubordi, u qo‘rqqanidan taxta bo‘lib qoldi. «Asablarim ancha chatoqlashipti», — deb o‘ylab trubkani ko‘tardi. Lekin shu zahoti uni qulog‘idan uzoqlashtirdiyu rangi dokadek oqarib ketdi. Trubkada ayol kishining ohista va ayni. paytda shahvatga da’vat etuvchi mug‘ambirona ovozi pichirlab dedi: — Hech qaerga qo‘ng‘iroq qilma, Rimskiy, oqibati yomon bo‘ladi. Shunday deb u trubkani qo‘yib qo‘ydi. Moliya direktorining eti jimirlab ketdi, trubkani qo‘yib, negadir o‘z orqasidagi derazaga o‘girilib qaradi. U endigina yashil libos kiya boshlagan zarang daraxtining siyrak novdalari orasidan shaffof bulut parchasi orqasida suzayotgan oyni ko‘rdi. Rimskiy, negadir, novdalarga mahliyo bo‘lib qoldi, u tikilgan sari vujudini qo‘rquv tuyg‘usi ko‘proq qamrab ola boshladi. Nihoyat u oy mo‘ralab turgan derazadan zo‘r-bazo‘r yuzini o‘girib, o‘rnidan turdi. Endi biron yerga qo‘ng‘iroq qilish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas edi, moliya direktori endi faqat bir narsa to‘g‘risi-da — qanday qilib tezroq teatrdan jo‘nab ketish haqida o‘ylardi. U quloq soldi: teatr binosi suv quyganday jimjit. Rimskiy binoning ikkinchi qavatida anchadan beri o‘zidan bo‘lak hech kim yo‘qligini tushundi, tushundiyu go‘dakona kuchli qo‘rquv tuyg‘usi butun vujudini birdan mahv etdi. U hozir yolg‘iz o‘zi bo‘m-bo‘sh yo‘laklardan o‘tib borib zinadan tushishini o‘ylarkan, butun vujudi qaltirab ketdi. U gipnozchining stol ustida uyulib yotgan chervonlarini apir- shapir yig‘ishtirib portfelga soldi, o‘ziga bir oz bo‘lsa ham dalda berish uchun yo‘talib qo‘ydi. Lekin yo‘tali xirillab chiqib, zo‘rg‘a eshitildi. Shu mahal uning dimog‘iga kabinetning eshigi ostidagi tirqishdan badbo‘y zax hidi urilganday bo‘ldi. Moliya direktorining eti jimirlab ketdi. Buning ustiga, ayni paytda soat yarim kechaga jom chala boshladi. Hattoki shu soat zangi ham moliya direktorini larzaga keltirdi. Keyin esa, kimdir eshik qulfiga kalit tiqib ohista buray boshlaganda-ku, yuragi qinidan chiqib ketayozdi. U nam va sovuq qo‘llari bilan portfelni mahkam changallab olarkan, qulf teshigidagi «qitir-qitir» yana bir oz davom etgudek bo‘lsa, bu dahshatga toqat qila olmay, «dod» deb baqirib yuborishini sezdi. Nihoyat, eshik kimningdir ra’yiga yurib ochildi va kabinetga Varenuxa tovushsiz kirib keldi. Rimskiy turgan yerida kresloga tappa o‘tirib qoldi, chunki oyoqlarida darmon qolmagan edi. U o‘pkasini to‘ldirib havo oldi-da, xushomadgo‘y odamga o‘xshab tirjaydi va ohista dedi: — Yo alhazar! Qo‘rqitib yubording-ku meni! Ha, bunaqa qo‘qqisdan paydo bo‘lish har qanday odamni ham cho‘chitib yuborgan bo‘lardi, shunga qaramay, ayni paytda Varenuxaning kelishi katta shodiyona edi. Har qalay, bu chalkash jumboqning hech bo‘lmasa bitta uchi topildi-ku. — Qani, gapir tezroq! Xo‘sh, xo‘sh! — deya xirilladi Rimskiy, shu topilgan jumboq uchiga yopishib olib, — nima gap ekan? — Meni afv et, — deb g‘o‘ldiradi xonaga kirgan odam eshikni yoparkan, — seni ketib qolgandirsan deb o‘ylovdim. So‘ng u kepkasini yechmay, kreslo oldiga bordi-da, stolning u tomoniga o‘tirdi. Shuni aytib o‘tish kerakki, Varenuxaning javobi sal g‘alatiroq bo‘lib tuyuldi, shunda sezgirlikda dunyodagi eng yaxshi seysmik stantsiyaning seysmografi bilan ham bellashishga qodir bo‘lgan moliya direktori xushyor tortdi. Ie, bu qanaqasi bo‘ldi? Agarki, Varenuxa moliya direktorini kabinetda yo‘q deb faraz qilgan ekan, nega bu yerga keldi? Axir uning o‘z kabineti bor-ku. Bu — bir. Ikkinchidan: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling