www.ziyouz.com kutubxonasi
91
shukur. Mana, yoz kirib kelyapti, Praskovya Fyodorovnaning va’da qilishicha, balkonimizni pechak
gul burkab olarmish. Kalitlar imkoniyatimni oshirdi. Kechalari oy chiqadi. Ie, botib ketibdi! Salqin
tushdi. Tun yarim kechadan og‘di. Men boray endi.
— Ayting-chi, Ieshua bilan Pilatning taqdiri nima bo‘lgan edi, — deb so‘radi Ivan, — shuni
bilmoqchiman, o‘tinaman sizdan, so‘zlab bersangiz.
— E, yo‘q, yo‘q, — dedi mehmon g‘ijinib kiftini uchirarkan, — romanimni eslasam butun vujudim
qaqshab ketadi. Anavi Patriarx ko‘lida tanishganingiz sehrgar buni mendan yaxshiroq so‘zlab berishi
mumkin. Suhbat uchun tashakkur. Xayr.
Ivan es-hushini yig‘ishga ulgurmasdan panjara ohista «shiq» etib yopildi-yu, mehmon g‘oyib
bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |